Miya

Miya — 1) odam va hayvonlar nerv sistemasining Markaziy bo’limi, M. or- ganizmning eng murakkab hayotiy funk- tsiyalari va muhit o’zaro munosabatla- rining boshqarilishini ta’minlaydi. Umurtqasiz hayvonlarda M. ko’ndalang va bo’ylama tutashtirgichlar orqali o’zaro tutashgan nerv hujayralari to’plami — nerv tugunlari (gangliylar)dan iborat. Halqali chuvalchanglar, tuban mollyuska- lar va bo’g’im-oyoklilarda nerv tugunlari qorin nerv zanjirini hosil qiladi. Bu hayvonlarning ko’pchiligida qorin nerv zanjirining halqum usti va halqum osti nerv tugunlari kuchli rivojlan- gan bo’lib, bosh miya deyiladi.M. qattiq , o’rgimchak uyasisimon va tomirli parda b-n qoplangan. Bo’g’imoyoklilar va bosh-oyoqli mollyuskalarning halqum usti nerv tu- gunlari 2-3 bo’limdan tashkil topgan. Tuban xordali hayvonlar M.si naysi- mon, alohida qismlarga bo’linmagan. Umurtqali hayvonlar va odam M.si bosh hamda orqa miyadgm iborat. Evolyusiya ja- rayonida bosh M. oldingi, o’rta va keying yoki rombsimon M.ni, bundan keyingi ri- vojlanish davomida oldingi M. oxirgi va oraliq M.ni, rombsimon M. orqa va uzunchoq miyani hosil qiladi. Bir qancha umurtqalilarda oxirgi miya (M. katta yarim sharlari) kuchli rivojlanadi. Sut emizuvchilar va odamda organlar faoliya- tini boshqaruvchi sifatida M. katta yarim sharlari po’stlog’i shakllanadi. Oxirgi M.ning ostki yuzasida 2 ta hidlash pi- yozchasi joylashgan. Oralik, M.da ko’rish bo’rtiklari va 2 ta o’simta: ustki epi- fiz va pastki gipofiz hosil bo’ladi. O’rta M. tuban umurtqalilarda yaxshi rivojlangan. Yuksak umurtqalilarning o’rta M.sida ko’rish, eshitish va muvo- zanat organlari b-n bog’langan 4 tepa- lik shakllanadi. Baliklar, suvda va quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruv- chilar, qushlarda rombsimon M. miyacha- dan iborat. Sut emizuvchilarda romb- Simon M.ning pastki qismida Varoli ko’prigi hosil bo’ladi. Uzunchoq M. hamma hayvonlarda bir xilda tuzilgan; orqa M. uning bevosita davomi hisoblanadi. Umurtqali hayvonlar M.si M. po’sti b-n qoplangan. M. po’stlari oralig’ida orqa M. suyukligi (likvor) bo’ladi. M. odamda tafakkur organi hisoblanadi; 2) odam va umurtqali hayvonlar suya- gi bo’shliqlarini to’ldirib turadigan to’qima (ko’mik).