MODDANING AGREGAT HOLATLARI

MODDANING AGREGAT HOLATLARI — ayni bir modda (mas, suv, temir, oltingugurt va b.) ning qattiq, suyuq va gaz holatlari. Ko’pchilik moddalarning qattiq holati kristall tuzilishga ega. Mas, deyarli barcha mi- nerallar va barcha metallar qattiq holatida kristall bo’ladi. Ayrim modda- larning qattiq holati amorf tuzilishga ega bo’lib, bunday jismga o’ta sovitil- gan suyuqlik deb qarash mumkin. Modda- larning asosiy qismi 3 agregat holatda bo’lish ehtimoli bor. Agar moddaning qattiq holati kristalldan iborat bo’lsa, uning bir holatdan ikkinchisiga o’tishi aniq t-ra va aniq bosimda yuz beradi hamda bu o’tishlarda zichlik, erkin ener- giya, entropiya kabi fizik kattaliklar sakrab o’zgaradi. Mas, suv normal bosim (r= 101325 Pa) va 0° t-Rada kristallanib muzga aylanadi; normal bosim va 100° t-Rada esa qaynab bug’ga aylanadi. Mod- daning qaysi agregat holatda bo’lishi uning tarkibidagi molekulalarning yo o’zaro bog’lanish energiyasiga yoki ular- ning betartib harakatdagi kinetik ener- giyasiga bog’liq bo’ladi. Gazni tashkil qiluvchi moleku- lalar orasidagi masofa juda katta bo’lganligidan ularning o’zaro torti- shish kuchlari e’tiborga olinmaydi. Shuning uchun gaz aniq shakl va aniq hajmga ega bo’lmaganligidan o’zi turgan idishning butun hajmini egallaydi hamda idish shakliga ega bo’ladi. Suyu- kliklarda molekulalar bir-birlariga juda yaqin joylashganliklari tufayli, har bir molekula o’zining atrofidagi qo’shni molekulalar b-n o’zaro ta’sirla- shib turadi. Bu molekulalar qandaydir vaqt oralig’ida o’troq holat deb ataluvchi holatdagi muvozanat vaziyat atrofida te- branma harakatda bo’lib, vaqt-vaqti b-n o’z o’lchamlariga yaqin bo’lgan masofaga teng uzokdikka o’tib, yangi muvozanat vaziyat- ni egallab boradi. Shu tarzda suyuklik molekulalari hajmi bo’yicha betartib ravishda ko’cha boshlaydi. Natijada suyu- klik aniq hajmga ega bo’lishiga qaramay, ma’lum shaklni saklab qola olmaydi va idishni o’zi egallagan qismining shakli- ni oladi. Suyuklik xossalari uni tash- kil etuvchi molekulalarning uzluksiz betartib xarakati va molekulalar orasi- dagi o’zaro ta’sir kuchlarining qo’shgan xissalariga bog’liq. Qattiq holatdagi moddani tashkil etuvchi molekulalar orasida kuchli uzaro ta’sir kuchlari mavjud bo’lib, bu kuchlar ham o’zaro itarish kuchlaridan, ham o’zaro tortishish kuchlaridan iborat. Har bir molekula o’zi turgan qismdagi o’rtacha va- ziyat atrofida tebranma harakat qiladi. Tebranish yo’nalishi va amplitudasi vaqt o’tishi b-n o’zgarib turadi. Lekin molekula o’zi turgan qismdan boshqa qismlarga ko’chib o’ta olmaydi. Shuning uchun qattiq holatdagi har qanday modda o’zining aniq hajmini va aniq shakli- ni saklab qoladi. Bu hajm va shaklning o’zgarish intensivligi tashqi ta’sirga bog’liq bo’ladi. Moddaning 3 agregat holatidan tashqari, yana plazma holati ham mavjud. Uning alohida holatga ajratilishga sa- bab, plazma zaryadlangan zarralar (ion- lar va elektronlar)dan tashkil topgan gaz bo’lib, bu zaryadlangan zarralar katta masofalarda ham o’zaro ta’sirlashadi. Buning natijasida plazmaning o’ziga xos xususiyatlari vujudga keladi.