MONOPOLIYAGA QARSHI Qonunchilik

MONOPOLIYAGA QARSHI Qonunchilik — davlatning mono- poliyaga karshi kurash siyosati. Dunyo taj- ribasiga ko’ra, M.k.q., asosan, quyidagi yo’nalishlar bo’yicha shakllandi. Bi- rinchidan, i.ch. (tarmoq)ni boshqaruvchi qonunlar. Bu qonunlarga binoan, odat- da, hech bir korxona (korporasiya)ning biror turdagi mahsulot i.ch.ning yarmi- dan ortig’ini nazorat qilishga huquq berilmaydi. Ikkinchidan, barcha yirik korporasiyalar ishtirokchilari boshqa korporasiyalar aktsiyalarining ma’lum cheklangan mikdoridan ortig’iga ega bo’la olmasligi belgilab qo’yiladi. Uchinchi- dan, narxlarni bozor muvozanati bel- gilagan darajadan yuqori yoki past tu- rishini, narx ustidan kelishib olishni taqiqlovchi kartellarta karshi qonunlar joriy qilinadi. Davlatning monopoliyalarga qarshi siyosati milliy iqtisodiyotida raqobat oddindan shakllanib bo’lgan mamla- katlarda raqobatchilik muhitini ta- komillashtirishga, bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan mamlakatlarda esa bu muhitni shakllantirishga qaratilgan. Bozorda monopoliyani o’rnatishga urinishlar va monopol mavqeni suiiste’mol qilishni taqikdaydigan trestlarga qarshi birin- chi qonun — Sherman qonuni AQShda 1890 y.da qabul qilingan. M.q.q. va uni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan choratadbir- lar har bir mamlakatda sharoit taqozo etgan shakllarda amal qiladi. Rivoj- langan barcha davlatlarda sog’lom raqobat muhitini himoya qilish maqsadida turli ko’rinishdagi, monopolistik foaliyat- lar ustidan davlat tomonidan tartibga solish amalga oshiriladi. Mac, AQShda monopoliyaga qarshi davlat siyosati — Federal savdo komissiyasi va Adliya departamentining trestlarga qarshi boshqarmasi, Rossiyada — monopoliyaga qarshi siyosat va tadbirkorlikni qo’llab- quvvatlash vazirligi, Yaponiya va Jan. Koreyada — halol raqobat bo’yicha komis- siya, Evropa Ittifoqida esa — raqobat bo’yicha komissiya tomonidan amalga oshi- riladi. O’zbekistonda monopoliyaga qarshi organ 1992 y. da O’zbekiston Respubli- kasi Moliya vazirligining monopoliyaga karshi va narx siyosati bosh boshqarmasi sifatida tashkil qilindi. 1996 y. 15 mayda ushbu boshqarma negizida mo- liya vazirligi huzurida mo-nopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo’mitasi tashkil etildi. 2000 y. 2 avg.da O’zbekiston Respublikasi Prezidenti- ning “O’zbekiston Respublikasi mono- poliyadan chiqarish va raqobatni rivoj- lantirish Davlat qo’mitasini tashkil etish to’g’risida”gi farmoniga asosan monopoliyaga qarshi organ Moliya vazir- ligi tarkibidan chiqarilib, mustaqil davlat qo’mitasiga aylantirildi. O’zbekiston davlatining raqobatchilik muhitini shakllantirish- ga qaratilgan siyosatida xususiylashti- rish, davlat mulki hisobidan mulkchi- likning boshqa shakllarini vujudga kel- tirish asosiy o’rin tutadi. Xususiylash- tirish natijasida, birinchidan, mulk o’z egalari qo’liga topshirilsa, ikkinchidan, ko’p ukladli iqtisodiyot va raqobatchilik muxiti vujudga keladi. Raqobatni shakllantirishda iqtisodiyotning davlat korxonala- ri saqlanib qolishi kerak bo’lgan sohalardagi korxonalar uchun ularning bo- zor sharoitlariga tarkiban moslashuviga imkon beradigan xo’jalik yuritish mexa- nizmini i.ch. muhim o’rin egallaydi. Bu mexanizm davlat korxonalari iqtisodiy jihatdan erkin bo’lishini, ularning faoliyati tijoratlashgan bo’lishini nazarda tutadi. Bozor iqtisodi-yotiga o’tish davrida raqobatning asosiy usu- li narx bo’lganligi sababli, narxlar- ni erkin qo’yib yuborish raqobatli muhitni vujudga keltirishning aso- siy talabi hisoblanadi. Shu maqsadda O’zbekistonda “monopolistik faoliya- tini cheklash to’g’risida”gi qonun (1992 y. 3 avg.) qabul qilindi hamda uning asosida raqobatchilikni rivojlanti – rishga karatilgan bir turkum norma- TIV hujjatlar ishlab chiqildi. Mazkur qonunga ko’ra, bozorda ataylab takchillik yaratish, narxlarni mo-nopollashtirish, raqobatchilarning bozorga kirib bori- shiga to’sqinlik qilish, raqobatning g’irrom usullarini qo’llash man etiladi. Hoz. davrda O’zbekistonda, agar korxona ishlab chiqargan muayyan mahsulotlar tovarlar bozoridagi shun- Day mahsulotning 35% dan ortiq bo’lsa, bu korxona monopolist korxona sifati- da Davlat reestriga kiritiladi (oziq- ovqat tovarlari guruhi uchun bunday me- zon darajasi 20% qilib belgilangan). Respublikada monopoliyalar ro’yxatiga kirgan korxona (tarmoq)lar- ning bozordagi mavqeini tartibga so- lishda bir qator usullardan: a) monopol mav-qedagi mahsulotlarga narxlarning eng yuqori darajasini yoki rentabellik chegarasini belgilab qo’yish; b) o’z mono- Pol mavqeini suiiste’mol qilgan mono- polik birlashmalarni bulib tashlash yoki maydalashtirish usullaridan foy- dalaniladi. O’zbekiston Respublikasi- ning “iste’molchilarning hu-qukdarini himoya qilish tug’risida” (1996 y. 26 apr.) qonuni asosida g’irrom raqobatga, shu jumladan, bozorlarga belgilangan tala- blarga javob bermaydigan tovarlarning kirishiga yo’l qo’ymaydigan mexanizmni yaratishga ham alohida e’tibor berilgan. O’zbekiston Respublikasining “To- var bozorlarida monopolistax fao- liyatni cheklash va raqobat to’g’risida” qonuni (1996 y. 27 dek.) monopolist- lar tomonidan hukmronlik mavqeini suiiste’mol qilishning oldini olish va mo-nopoliyadan chiqarish va sog’lom raqobat muhitini yaratish maqsadlarini ko’zlaydi. Iqtisodiyotning ayrim tarmoqdarida raqobat muhitini shak- llantirish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas. Bu tarmoqdagi korxonalar, odatda, “tabiiy monopoli- yalar” deb ataladi. O’zbekiston Respu- blikasining “tabiiy monopoliyalar to’g’risida”gi qonunida (1997 y. 25 apr; yangi tahrirda 1999 y. 19 avg.) Respubli- kada tabiiy mo-nopoliyalarga nisbatan davlat siyosatining huquqiy asoslari belgilab berildi. O’zbekistonda iktiso- diy islohrtlarning tub mohiyatidan ke- lib chiqqan holda monopoliyalarga qarshi va tabiiy monopoliyalar to’g’risidagi Qonunchilik takomillashtirilib, ular- ning Evropa Ittifoqi va b. rivojlangan Qonunchilik andozalariga mos kelishi ta’minlab borilmoqda. Salimjon Do’smatov.