Mordoviya

Mordoviya, Mordoviya Respublika- si — Rossiya Federasiyasi tarkibidagi respublika. Sharqiy Evropa tekisligi- da Volga havzasida joylashgan. Mayd. 26,2 ming km2. Aholisi 937,1 ming kishi (1999). Poytaxti— Saransk sh. Ma’- muriy jixatdan 22 tuman, 7 shaharga bo’linadi. Davlat tuzumi. M.— respublika. Davlat boshlig’i — respublika boshlig’i. Qonun chiqaruvchi organi — davlat maj- lisi (parlament). Ijroiya hokimiyatni hukumat amalga oshiradi. Tabiati. M.ning shim.-g’arbiy Tshe- Mila oka-don tekisligi, Jan.-Sharqiy qismida Volga bo’yi qirlari bor. Foyda- li qazilmalari: ohaktosh, dolomit, torf, mergel, gil, qumtosh. Iklimi mo’tadil kontinental. Yanv. ning o’rtacha t-rasi -11,2°, iyulni- ki 19,2°. Yillik yog’in 450-525 mm. M. hududidan Okaning irsha va sura Daryo- lari oqib o’tadi. Tuprog’i — podzollash- gan qora tuproq, kulrang o’rmon, chimli podzol, dare vodiylarida allyuvial va torf-botqoqli tuprokdar. Respublika hududining 1/4 qismi o’rmon. Bo’ri, Los, bo’rsiq, Qunduz, Krot, ondatra, tulki, oq va malla tovushqonlar, qushlardan qur, kulrang kaklik, karqur bor, suvda baliq ko’p uchraydi. M. qo’riqxonasi tashkil etilgan. Aholisi. M.da mordvalar (32%), rus- lar (61%), tatarlar (5%) yashaydi. Rasmiy til —rus tili. Shaxar aholisi — 57,8%. Yirik shaharlari — Saransk, Ruzaevka, Kovilkino. Tarixi. M. hududidan topilgan qad. yodgorliklar neolit davriga mansubli- gi aniqlangan. Mil. AV. 7-a.dan — mil. 5-a.gacha yashagan qabilalar o’troq qayot ke- chirib, dehqonchilik, chorvachilik, ovchi- lik va baliqchilik b-n shug’ullanishgan. Mordva kabilalari birinchi marta 6-a.ga oid yozma manbalarda kayd etilgan. 10-a. da Vizantiya imperatori Konstantin VII Mordiyu (Mordiu) mamlakatini tilga olgan. 13-15-a.larda mo’g’ullar zulmiga qarshi mordvalar rus xalqi b-n birga kurashdi. Qozon xonligi kulagach (1552), mordvalar Rossiya davlati tarkibida. Ammo dehkrnlar va hunarmandlarga og’ir soliqlar solinishi, mordvalarga xri- stian dini zo’rlik b-n tiqishtirilishi sababli ular ommaviy ravishda Volga orqasiga, keyinchalik Ural va Sibir- ga qochishga majbur bo’ldilar. Shundan keyingi yillarda Rossiya imperiyasi tarkibidagi boshqa Millatlar boshi- ga tushgan kulfatlarga mordva xalqi ham duchor bo’ldi. Oktyabr inkilobidan so’ng M.da sho’ro hokimiyati o’rnatildi. 1928 y.da O’rta Volga o’lkasi tarkibida Mordva okrugi tashkil etildi. U 1930 y.da Muxtor okrugga, 1934 y.da Muxtor respublikaga aylantirildi. 1990 y.dek. da respublikaning davlat suvereniteti haqida Deklarasiya qabul qilindi. 1991 y.da prezident lavozimi joriy etildi. 1994 y.dan Mordoviya Respublikasi deb atala boshladi. Xo’jaligi. M. — industrial-agrar o’lka. Yalpi mahsulotning 70% sanoatda hosil qilinadi. Mashinasozlik va me- Tall ishlash (elektrotexnika, asbobsoz- lik, og’ir va kimyo mashinasozligi), kimyo, yog’ochsozlik, engil va oziq-ovqat sanoati, binokorlik materiallari i.ch. sanoat- ning asosiy tarmoqlari hisoblanadi. Sanoat i.ch.da mashinasozlikning salmog’i 50% ni, engil va oziq-ovqat tarmog’ining salmog’i esa 30% ni tashkil etadi. “Lisma”, “Layme” aktsiyadorlik jamiyatlari elektr chiroklar, yoritkich texnikasi uskunalari, rangli televizor- lar, “SAREKS”, “Tsentrolit” korxona- lari ekskavatorlar, avtomobil sanoati uchun uzel va detallar ishlab chikaradi. Umet, Kiselevka, Ardatovda yog’ochsozlik, Kondrovka, Temnikovda tsel-lyulozaqog’oz, Shiringushi, Insarda engil sanoat, sa- ranskda rezinatexnika korxonalari bor. Tibbiyot asbob-anjomlari va doridar- monlar ham ishlab chiqariladi. Yiliga o’rtacha 1,5 mlrd. kVtsoat elektr energiya xreil qilinadi. Q.x. go’shtsut chorvachiligiga (70%) ixtisoslashgan. M.ning shim.-sharqida cho’chqachilik va parrandachilik rivoj- langan. Donli ekinlardan arpa, javdar, bug’doy ko’proq ekiladi. Qand lavlagi, kartoshka, sabzavot, tamaki, kungabokar xam etishtiriladi. Asal-arichilik b-n shug’ullaniladi. Bog’lar ko’p. Xalq xo’jaligi yuklari, asosan, Avto- mobil (uz. -5 ming km dan ortiq) va t.y. (uz. — 543 km) transportida tashiladi. Saransk orkali gaz quvuri o’tkazilgan. Saransk aeroporti bor. M. chetga, asosan, mashina va jihozlar (ko’proq elektr to- varlari), shuningdek, televizorlar, gaz- mol chiqaradi. Sog’liqni saqlash. 1913 y. M. da hammasi bo’lib 517 o’rinli 29 kasalxona bo’lgan. 2000 y. respublikada 4,5 mingdan ortiq vrach ishlagan (10 ming kishiga 44 vrach). Vrachlar va tibbiyot xodimlari M. unti hamda tibbiyot bilim yurtlarida tayyorlanadi. M.da 2 sanatoriy va balchiq shifoxonasi bor. Maorifi, madaniy-ma’rifiy va il- miy muassasalari. 2000 y. respublika- dagi 823 maktabda 133 ming o’quvchi, 21 o’rta maxsus o’quv yurtida 14 ming o’quvchi, 2 oliy o’quv yurtida 21,4 ming talaba ta’- lim oldi. I. t., loyiha konstruktorlik in-tlari mavjud. M.da 600 dan ortiq ommaviy kutubxona, 800 dan ziyod klub muassasasi, kinoqurilmalar, 12 muzey, 3 teatr, filarmoniya bor. Matbuoti, radioeshittirishi va tele- videniesi. M.da bir kancha gaz. va jur. lar nashr etiladi. “Mordoviya” davlat teleradiokompaniyasi ishlaydi. Mos- kvadan radio va teleko’rsatuvlar retran- slyasiya qilinadi. Saransk sh.da telemar- kaz bor. Adabiyoti. Mordva xalqining yozma adabiyoti 20-a.ning 20-y.larida vujudga keldi. Erzya va moksha adabiy tillari bor. Xalq og’zaki ijodi rivojlangan. Z.F. Dorofeev (1890-1952) va ya.P. Grigo- Shin (1888-1938) zamonaviy mordva ada- biyotining asoschilaridir. 30-y.larning o’rtalariga kelib respublika yozuvchilari poema, drama, qissa janrida ijod qildi. Shu yillarda A.M. Lukyanovning “Ki- nel”, A. D. Kutorkinning “qora ustun”, T.A. Rapta-novning “Chixangora ostida” romanlari yaratildi. Mordva adabiyoti- ning klassiklari P. S. Kirillov, M. I. Bez-borodov va b. ham o’z ijodiy faoli- yatlarini shu davrlarda boshlaganlar. 50-y.lar oxiri va 60-y.lar boshidan sosial roman vujudga kela boshladi (K. G. Abramovning “o’rmon shovullashni qo’ymadi” trilogiyasi, S. S. Bebanning “Bahorgi qushlar” romani va b.). 90-y. lardan mordva adabiyoti rivojida yangi davr boshlandi. Adabiyot maydoniga ki- rib kelgan yoshlar xalqning mashaqqatli hayoti va kelajak orzularini ifodalay boshladilar. Me’morligi va tasviriy san’ati. M. hududidan jez davriga oid naqshli so-Pol idishlar topilgan. Ilk temir davridayoq] qarorgohlar vujudga kela boshlagan. Shoksha va Kelginin qabristonlaridan 9— 11 -a.larga oid jez taqinchoqlar to- pilgan. M. dehqonlarining turar joyla- ri ruslarnikiga o’xshash bo’lsada, Le- kin yashash joyi va xo’jalik imoratla- ri qo’rg’onning ichkari qismida bo’lgan. Eski qishloqlar uya rejasida edi. 18-a. dan ular ko’cha rejasi bo’yicha qayta kuri- la boshladi. Keyingi davrda shaharlarni qayta qurishga kirishildi. M.da kash- tachilik, yog’och o’ymakorligi, metall bez- aklar yasash avj olgan. Tasviriy san’at rivojlana boshladi. 20-a.ning boshlari- dan haykaltarosh S. D. Erzining ishla- ri mashhur bo’ldi. Keyingi yillarda I. N. Abramov, N.B. Erushev, V. A. Berezin va b.ning asarlari yuzaga keldi. Musiqasi Volga bo’yi xalqlari ijodi- ga yaqin. Mavsum va mehnat (dehqonchilik) qo’shiqlari mordva xalqining qad. qo’shiq janri hisoblanadi. Lirik va epic qo’shiqlar b-n bir qatorda la-parlar, raqs tushib va xor bo’lib aytiladigan qo’shiqlar ham tarqalgan. Kad. musiqa as- boblari — qamish nay, skripka; keyin- chalik garmon, balalayka, gitara, bayan raem bo’ldi. Professional musiqa ma- daniyati 1930-y.lardan rivojlana bosh- ladi. Saranskdagi opera va balet teatri (1937-48) milliy musiqa madaniyati- ning rivojlanishiga katta hissa qo’shdi. “Umarina” qo’shiq va raqs ansambli, L. P. Ki-ryukov nomidagi musiqa bilim yurti, Xalq ijodiyoti uyi, uning qoshida “Kelu” qo’shiq va raqs xalq ansambli, bo- lalar musiqa maktablari bor. Teatri. M. milliy teatr san’ati- ning ildizlari to’y marosimlari va xalq o’yinlariga borib taqaladi. 1891 y.da Sudosev qishlog’i (hoz. Chamza tumani) da dehqonlarning opera truppasi tash- kil etildi. Unda “g’anim kuchi”, “er- MAK”, “Ilya Muromes”, “Rossiya tong- gi” kabi operalar sahnalashtirildi. Jamoa ko’pgina shaharlarda tomosha ko’rsatdi va 1914 y.da o’z faoliyatini to’xtatdi. 1901 y.da Ichalka qishlog’ida tashkil etilgan xalq teatri bir necha yil FA-oliyat ko’rsatdi. 20-y.lar arafa- sida milliy havaskorlik teatri vujudga kelib, dolzarb mavzularda va ertaklar asosida spektakllar ko’rsatdi. 1930 y. Saranskda birinchi musiqali drama studiyasi tashkil etildi. 1932 y. u M. davlat drama teatriga aylantirildi va “Momaqaldiroq”, “aybsiz aydorlar”, “Revizor” kabi mumtoz asarlar hamda mordoviyalik dramaturglarning pesa- lari sahnalashtirildi. 1959 y.dan u musiqali drama teatri sifatida ishlay boshladi. Keyingi yillarda mahalliy mualliflarning asarlariga ko’proq e’tibor berila boshladi. Saranskda qo’g’irchoq teatri (1935 y.dan) ishlaydi. Teatr arboblari orasida S. I. Kolga- Nov, A. A. Arjadeeva, V. V. Dolgov, N. A. Ivanov, I. G. Kudelkina, G. M. Mele-Xin va b. bor.