Moskva

Moskva — RF poytaxti, Moskva viloyati markazi, federal axamiyatidagi shaxar. RFning yirik siyosiy, iqtisodiy, ilmiy va madaniy markazi. M.da Rossiya Federasiyasi Prezidenta, Federal Maj- lis, RF hukumati, Konstitusiey sud, Oliy sud, Oliy arbitraj sudi, RF Pro- kuraturasi qarorgohlari joylashgan. 10 ma’-muriy okrugga (Markaziy, Sharqiy, Jan.-Sharqiy, Janubiy, Jan.-G’arbiy, G’arbiy, Shim.-G’arbiy, Shimoliy, Shim.- Sharqiy hamda Zelenograd sh.) bo’lingan. Shahar chegarasi, asosan, Moskva halqa avtomobil yo’lidan o’tadi. Maydoni (M. meriyasiga karashli bo’lgan Zelenograd va b. aholi punktlaridan tashkari) 994,0 km2, shu jumladan, Moskva halqa avtomo- bil yo’li doirasida 878,7 km2. Aholisi 8305,0 ming kishi (2001; M. shahar ma’- muriyatiga qarashli aholi punktlari b-n 8600 ming kishi)dan ziyod. Rossiya- ning Evropa qismida Smolensk-Moskva qirlari, oka-Moskvoresk tekisligi va Meshchyora pasttekisligi tutashgan joy- da, oka va Volga daryolari orasida, mo- skva daryosi sohillarida joylashgan. Shahar hududining asosiy kismi 120 m balandlikda, keng tarqalgan qayirlar va qayir usti terrasalariga ega bo’lgan mo- skva daryosi va uning irmoklari (Yauza, Setuni va b.)ning keng vodiyli morena va flyuvioglya-tsial tekisliklari chegara- si ichida o’rnashgan. Suvayirg’ichlar (shu jumladan, “etti tepalik” — Kreml, Sreten, Tver, Tryoxgorka, Tagan, Le- Fort, Vorobyov tepaliklari)ning bir oz ko’tarilgan qismlari Daryo vodiy- lari va jarliklar b-n almashib bora- Di. Relefning eng yuqori nuqtalari Teplostan qirlari (bal. 254 m gacha) kirib borgan Jan.-Sharq va Smolensk – Moskva qirlarining Jan. yon bag’ridagi Ximki suv havzasi xududida joylash- gan. Shaharning Sharqiy, Jan.-Sharqiy qismlari Meshchyora pasttekisligining g’arbiy chekkasida o’rnashgan. M.ning Mar- kaziy r-nlarida qayta ishlangan grunt, ko’chalar va h.k. qoldiqlaridan tarkib topgan madaniy qatlamning qalinligi 4-6 m (ko’milgan jarliklar, kichkina soylar, hovuz va botqoqliklar o’rnida 10-20 m)ga etadi. 100 dan ziyod soy, shu jumladan, Neglinnaya er osti quvurlari orqali o’tkazilgan. M. iqlimi mo”tadil kontinental. Qishi mo”tadil sovuq. Yanv. ning o’rtacha t-rasi -10,2°. Yozi issiq, iyulning o’rtacha t-rasi 18,1°. Shahar Mar- kazi t-rasi chekkalarga nisbatan o’rta hisobda 1,5—2° yuqori. Yillik yog’in 540-650 mm (eng kupi iyul— avg.da). Rossiyada ilk bor barpo qilingan Los Oroli milliy bog’i M. hududida joy- lashgan. M. to’g’risidagi dastlabki ma’lumot 1147 y.dagi solnomada berilgan. Suz- dal va Buyuk Kiev knyazi Yuriy Dolgo- rukiy an’ana bo’yicha M.ning asoschisi hisoblanadi. 1156 y. chamasi Borovisk tepaligida, Neglinnaya da-ryosining Moskva daryosiga quyilish joyida dastlabki Qo’rg’oncha o’rnida ke-yinroq Kreml nomini olgan yog’och-tuproqdan istehkom qurilgan (q. Kreml). Vla- Dimir-Suzdal Rusining chekka shahri hisoblangan. M. Chernigovdan Kievga boradigan yo’llar chorrahasida shak- llangan. 1237 y.da, mo’g’ullar bosqini davrida, Botuxon qo’shinlarining bo- stirib kirishi natijasida M. vayron qilindi, lekin, tez orada qayta tikla- nib kichikroq udel knyazligining Mar- kazi bo’ldi. Knyaz Yuriy Danilovich (1303-25 y.larda boshqargan) knyazlik- ka yorliq olgan birinchi Moskva knyazi bo’ldi. 14-15-a.larda M. rus erlarini birlashtirish, mo’g’ullar zulmidan ozod bo’lishga qaratilgan kurashning tashki- lotchisi, markaziga aylandi. M. atrofi- da rus erlarining astoydil birlashti- rishni boshlagan Knyaz I. D. Kalitaning (1325-40) faoliyati katta ahamiyatga ega bo’ldi. Taxm. 1326 y.da M.ga Vladimir sh.dan rus pravo-slav cherkovi Mitro- politlarining qarorgohi ko’chirildi. Knyazd. I.Donskoy (1359-89) davrida M. mo’g’ullar zulmiga qarshi kurash Mar- kaziga aylandi. 1380 y.da Kulikovo may- donida mo’g’ullar qo’shinini mag’lubiyatga uchratgan umumrus qo’shini M.da shak- llandi. 15-a. oxirida ulug’Knyaz Ivan III Vasilevich (1462-1505) davrida M. yagona rus davlatining poytaxti bo’ldi. 15-a. oxiri — 16-a. boshlarida Kremlni qayta qurilishi, uning hududida Moskva davlatining bosh soborlari — Uspe- Nie, Arxangelskiy va Blagoveshchenie qad ko’tardi. 1547 y.da ulug’Knyaz Ivan IV Grozniy (1533-84) podsho unvonini qabul qildi. Romanovlar sulolasining birinchi podsholari Mixail Fyodoro- VICh va Aleksey Mixaylovichlarning hukmronligi davri — notinch yillar- da yoqib tashlangan M. yangidan qurildi. 1687 y.da slavyan-grek lotin akademiyasi ochildi. 1708 y.da shahar M. gubernyasi- ning markazi bo’ldi. Rossiya poytaxtining Sankt- Peterburgga ko’chirilishi (1712) b-n mo- skva birinchi poytaxt, muhim siyosiy, iqtisodiy va madaniy markaz sifatida- gi ahamiyatini saklab qoldi. M.da impe- ratorlarga toj kiygizish marosimlari o’tkazib kelingan. 1703 y.dan boshlab pod- sho Petr I ning tashabbusi b-n “Vedomo- sti” birinchi rus bosma gaz. nashr qilina boshlandi. 17-a. oxiridan shaharning o’zini o’zi boshqarish tizimi shakllan- Di. Izchillikb-n shahar bo-shqaruvi or- gani sifatida Burmistr palatasi, ra- tusha, magistrat, 1785 y.dan — umumiy va olti ovozli Duma, ke-yinroq (1870 y.da) shahar Dumasi tuzildi, 1812 y.dagi urush davrida Moskva sent.-okt. oylari- da Napoleon I ning frantsuz qo’shinlari qo’lida edi. Katta yong’in shahar binola- rining 2/3 qismini yo’q qildi. Frantsuz- lar M.ni tashlab chiqib ketdilar. Sanoat va t.y. qurilishining rivojlanishi b-n M. Rossiyaning iqtisodiy va transport markazlaridan biriga aylandi. 1917 y. noyabrda shaharda bolsheviklar xrki- miyati o’rnatildi. 1918 y. 12 martda poy- taxt yana M.ga ko’chirildi. SSSR tashkil qilingandan keyin (1922 y. 30 dek. da) M. uning poytaxti bo’ldi. 1929 y.dan M. — Moskva viloyati markazi. 1935 y.da M.ni birinchi Bosh plani qabul qilindi. O’sha yili M.da metropolitan ishga tushirildi. 1941 y. dek.da nemis qo’shinlari M. ostonalariga etib keldi va shaharni bombardimon qila boshladi. Ke-yinroq nemislar chekinishga majbur bo’ldi. 1945 y. 24 iyunda M.da g’alaba Pa- radi bo’lib o’tdi. 1965 y. 8 mayda M.ga qaxramon shahar unvoni berildi. 1950-y. lar o’rtalaridan shaxarda keng miqyosda uy-joy va madaniy qurilish avj oldi. 1980 y.da M.da 22-Olimpiada o’yini bo’lib o’tdi. SSSR qulagach, M. (1991 y. 25 dek.dan) — RF poytaxti. M.da aviasiya, raketa-kosmik, radio- elektronika, priborsozlik sano-atla- rining etakchi korxonalari joylashgan. Shuningdek, mashinasozlikning muhim tarmoqlaridan stanok-as-bobsozlik (M.da Rossiya metall kesuvchi stanoklar- ning 9,3% hamda asboblar, temirchilik- press uskunalari, sanoat robotlari, avtomat va yarim avtomat liniyalar va b.), turli elektronika, avtomobilsoz- lik (6,8% Rossiya yuk avtomobillari va 6,3% engil avtomobillar) sanoati ri- vojlangan. Sovitkich, kompressor va ko’targich (Rossiya liftlarining 64%) uskunalar, podshipnik, soatlar va b. ishlab chiqariladi, kimyo sanoati (shu jumladan, avtomobil shinalari, tex- nik rezina mahsulotlari, bo’yoklar, ma- ishiy kimyo mollari), neftni qayta ish- lash z-dlari mavjud. Kora metallurgiya korxonalarida sifatli po’latdan turli xil mahsulotlar, quvurlar, metall bu- yumlar ishlab chiqariladi. M. — engil, asosan, to’qimachilik (Rossiya ip gazla- ma i.ch.ning 5,9%, ipakning 9,4%, hamda jun gazlamalar) va tikuvchilik sano- atining an’anaviy markazi. Poligra- fiya, oziq-ovqat (Rossiya qandolatpazlik mahsulotlarining 22% hamda ko’pgina tamaki mahsulotlar) sanoatlari bor. Amo “zil”, AZLK avtomobil z-Di, “Moskva podshipniki” va aviasiya kor- xonasi ishlab turibdi. Shahardan turli yo’nalishlarda t.y. liniyasi ketgan. Har kuni M.ning 9 ta t. y. vokzali orqali 2 mln. ga yaqin yo’lovchi kelib-ketadi. M.da 3 yirik dare porti (G’arbiy, shim. va Jan.) bor. M. 13 avtoyo’l orqali Ros- siyaning yirik shaharlari, uzoq va yaqin xorij davlatlari b-n bog’langan. M. mamlakat havo yo’llarining eng yirik tugunidir (Sheremetevo, Domodedovo, Vnukovo, Bikovo aeroportlari). M.da Rossiyaning to’ng’ich va eng katta masofaga cho’zilgan (1999 y. da 160 stantsiya) metro- politeni mavjud. Poytaxtda Rossiya FA, Rossiya tibbiyot fanlari akademiyasi, Rossiya q. x. akademiyasi, Rossiya ta’lim akademiyasi, Rossiya badiiy akademiyasi va b. faoliyat ko’rsatadi. 1000 dan ziyod i.t. instituti va konstruktorlik byuro- lari ishlab turibdi. 80 dan ziyod oliy o’quv yurti, shu jumladan, 13 un-t mav- jud. Shaharda 140 dan ziyod professio- nal teatr bor, shulardan: katta teatr, K. S. Stanislavskiy va V. I. Nemirovich- Danchenko nomidagi, operetta teatrla- ri; dramatik teatrlar — kichik teatr, M. Gorkiy nomidagi Moskva badiiy akademik te-atri, Evgeniy Vaxtangov nomidagi, V. Mayakovskiy, Mossovet, M. N. Ermolova nomidagi, Rossiya armiyasi Markaziy teatri, Tagankadagi, kichik Bronniy, Satira, “Sovremennik”, A. I. Raykin nomidagi “Satirikon”, S. V. Obraztsov nomidagi Markaziy qo’g’ir-choq teatri va b. 2 tsirk, konservatoriya, P. I. Chaykovskiyning kontsert zali va b. bor. M.da “Mosfilm” kino-kontserni va b. kinostudiyalar joylashgan. M. mamlakat tele – va radioeshittirish tizimining markazi, bu erda mashhur Ostankino te- leminorasi mavjud. M.da 70 dan ziyod muzey bor. Ular ora- sida A. S. Pushkin nomidagi tasviriy san’at muzeyi, tarixiy muzey, Politex- Nika muzeyi, Kremlning qurol-aslaqa palatasi, A. V. Shchusev nomidagi me’- morlik muzeyi, Moskva tarixi muzeyi, A. A. Baxrushin nomidagi teatr muzeyi, Adabiyot muzeyi, V. M. Vasnesov uy- muzeyi, M. Gorkiy, M. Yu. Lermontov, A. N. Ostrovskiy, A. S. Pushkin, L. N. Tolstoy, M. I. Svetaeva, A. P. Chexov, F. I. Shalyapin muzeylari va b. mavjud. M.ning eski qismi radialhalqa tsha- klidagi tuzilishga ega. M.ning tarixiy markazi — Moskva Kremli ansambli- dir, uning yonida Kizil maydon, Vasiliy Blajenniy ibodatxonasi joylashgan. Saklanib qolgan edgorliklar orasida — Kolomenskoedagi Voznesenie cherkovi, monastirlar me’moriy majmuasi (An- dronikov, Donskoy, Svyato-Danilov, No- vodevichiy, Simonov va b.), qo’rg’onlar ansambllari (Kuskovo, Ostankino, kuz- Minki, Tsarisino va b.), 17-a. cherkov va ayrim binolari, 18-a. — 19-a. larning 1-yarmidagi klassisizm uslubidagi tu- rar joy va jamoat binolari — Pashkov uyi (hoz. Rossiya davlat kutubxonasi bi- nosi), Oliy Majlis binosi, M. univer- sitetining eski binosi, katta teatr bor. 1920-70 y.larda M. markazi va yirik magistrallar qayta tiklandi (bu jara- yon davomida ko’pgina Nodir tarixiy va me’morii edgorliklar buzib tashlandi). 50-y.lar o’rtalaridan zamonaviy loyixa bo’yicha katta shahar r-nlari qurildi, yangi mikrorayon va yirik jamoat insho- otlari, baland binolar (shu jumladan, Vorobev te-paligidagi un-t), Lujni- kidagi Markaziy stadion majmuasi, Kremldagi s’ezdlar saroyi, yangi Arbat ansambli, Olimpiya ob’ektlari barpo qilindi. 1990-y.lar boshlaridan ko’pgina me’morii va tarixiy edgorliklar (shu jumladan, Iso payg’ambar ibodatxonasi) ta’mirlanmoqda. Poklonnaya tepaligi- dagi Zafar bog’i memorial majmuasi va Manej maydonidagi savdo majmuasi qurildi, Lujnikidagi Markaziy stadi- on ta’mirlandi, shahar va uning atrofi transport infrastrukturam yaxshilan- Di. Moskva atrofida RF dagi eng yirik shaqar aglomera-tsiyasi vujudga keldi. 2001 y.da M.dagi Dobrininsk maydoni- da Alisher Navoiyga haykal o’rnatildi (haykaltarosh J. Mirtojiev).