Mo’ylovoyoqlilar

Mo’ylovoyoqlilar (Cirri pedia) qisqichbaqasimonlar sinfiga mansub turkum (boshqa sistema bo’yicha kenja sinf). Suv ostidagi turli narsalar, ko’pincha harakatlanuvchi hayvonlar ta- nasiga yopishib yashaydi. Yumshoq tana- si alohida yaproqlardan iborat chig’a- noqb-n qoplangan. Bunday “uycha” ichi- dagi M. qorin qismi tepaga qaragan bo’ladi. Mo’ylovga o’xshash ko’krak oyoqlar uychaning ochiladigan “tomcha”sidan chiqarilib, Elpig’ich singari yoyiladi. M. mo’ylovoyoqlari yordamida suvdan mayda filtratlarni tutib oziqdanadi. Ay- Rim turlari (mas, sakkulina) tekinxo’r bo’lib, o’noyokli qisqichbaqasimonlar ta- nasida parazitlik qiladi. O’rtoq hayot kechirish ta’sirida M.ning ko’p organla- ri (ko’zlari, antennalari, bosh va qorin bo’limlari) o’zgargan yoki reduktsiyaga uch- ragan. Ko’pchilik M. germafrodit. 1000 dan ortiqturi ma’lum. Dengizlarda har xil chuqurlikda hayot kechiradi. M.dan dengiz yong’oqchalari (balanuslar) va den- giz o’rdakchalari (Lepas) deyarli barcha den- gizlarda uchraydi. Dengiz yong’oqchalari kemalarning suv ostki qismlariga yopi- shib olib, yil sayin ko’payib borishi tufayli kema og’irligini oshirib, uning tezligining pasayishiga sabab bo’ladi.