Mo’yna

Mo’yna — mo’ynali hayvonlar te- risi. Suvsar, oq sichqon, sassiqko’zan, ti-yin, tulki, tovushqon, norka, Qunduz, ondatra, nutriya, sug’ur, yumronqoziq va b. M.si qadrlanadi. M.ning qishki va baqorgi xillari bo’ladi. Sifati juni va terisiga karab belgilanadi. Junining asosiy xossalari: uzunligi, qalinligi, yo’g’onligi, elastikligi (mayinligi), rangi, yaltirokligi, pishiqligi; terisi- ning qalinligi, puxtaligi, tig’izligi, o’lchami, vazni, issiq o’tkazuvchanligi va b. M. terisi hamda junining xossalari hayvon tirik vaqtida, shuningdek, shi- lib olinganidan keyin ham o’zgarishi mumkin. Hayvonning tirik vaqtidagi o’zgarishlar ikdim, yil fasli, yashash muhiti, ozikdar va organizmning Fi- ziologik qolatiga bog’liq. Mavsumiy o’zgarishlarga qarab, 1, 11, III, ba’zan IV navlariga bo’linadi. Kishki M. I, kech kuzgisi II, erta kuzgisi va bahorgisi III qamda IV navlarga o’tadi. Terini dastlabki ishlash yog’idan to- zalash, eni-bo’yini tortib to’g’rilash va quritish, oshlash yoki maxsus reaktivlar b-n ishlab konservalashdan iborat. Ko’p qo’llaniladigan konservalash usuli hech qanday kimyoviy modda ishlatmay, te- rini quritishdir. Bunda terilar rama- larga yoki yog’ochlarga tortib quritiladi. Qurigan teri namligi 16-18% bo’lishi kerak. Qalin terilar oshlanadi, key – in quritiladi. Terini hasharot (kuya va terixo’r)lardan saqlash uchun teri hamda binoga xlorofosning 1% li eritmasi (1 m2 ga 60-100 ml) sepiladi. M. sifati hayvonni so’yish, terini shilish, dast- labki ishlov berish va uni saklash reji- miga ham bog’liq.