Munavvarqori

Munavvarqori, Abdurashidxo- Nov Munavvar qori (1878, Toshkent — 1931.23.4, Moskva) — O’rta Osiyo jadid- chilik harakatining yo’lboshchisi, 20-a. o’zbek millim mat-buoti va yangi usuldagi milliy maktab asoschisi, yangi milliy teatr tashkilotchilaridan biri, adib va shoir. Tosh-kentning Shayxontohur dahasidagi Darxon maxallasida ziyoli oilasida tug’ilgan. Otasi Abdurashid- xon soti-boldixon o’g’li mudarris, ona- si Xosi-yat otin Xonxo’ja Shorahimxo’ja mudarris qizi otinoyi bo’lgan. U oklada uchinchi o’g’il bo’lib, katta akalari A’zam- xon (1872-1919) va Muslimxon (1875— 1954) muallim bo’lishgan. Otasidan yosh etim qolgani tufayli dastlabki ta’lim- tarbiyani onasidan olgan. So’ng o’z davri- ning mashhur o’qituvchisi Usmon domla- dan ilmi qiroat va tajvidni o’rganib, hofizi Qur’on bo’lgan. 1885-90 y.larda Buxorodagi Mirarab madrasasida tehsil olgan, ammo tahsilni oxiriga etkazmay, Tosh-kentga qaytib, imomlik va mual- limlik b-n shug’ullangan. Eshonquli dodxoh madrasasida tahsilni davom et- tirgan. 1901 y.da usuli jadid maktabini ochgan va shu maktablar uchun maxsus o’quv dasturini tuzgan, darsliklar yozgan. 1904 y.dan ijtimoiysiyosiy, madaniy xayot- ga aralasha boshlagan. 1906 y.dan “O’rta Osiyoning umrguzorligi, taraqqiy”, “Taraqqiy” gaz.larida adabiy xodim. Shu yili noshir va muharrir sifatida “xur- shid” gaz.ni tashkil etgan. “Shuhrat” (1907), “Tujjor” (1907), “Osiyo” (1908) gaz.larini g’oyaviy boshqargan va ada- biy xodim vazifasini bajargan. So’ng “Sadoyi Turkisshon” (1914-15) gaz.da mas’ul muharrir muovini, “Al-isloh” jur. (1915-17)da maxfiy muxarrir, “Najot” va “Kengash” (1917) gaz.larida mas’ul muharrir. M. turli jamiyat va uyushmalar tashki- lotchisi. U “Jamiyati Imdodiya” (1909), “Turon” (1913), “Turkiston kutubxo- nasi” (1914), “Umid” (1914), “maktab” (1914), “ko’mak” (1921) jamiyat, tashki- lot, shirkat va uyushmalarida muassis, muovin, rais, a’zo. Sho’rolar hukumati davrida Xalq dorilfununi sho’rosining raisi, Turkiston maorif xalq komissar- ligi turk sho”basining ish yurituvchisi (1918), Toshkent sh. maorif noziri, Sharq xalqlari s’ezdi (1920, Boku) delegata va hay’ati a’zosi. BXSR maorif nozir- ligi vaqf bo’limi boshlig’i (1920-21), Toshkent sh. ijtimoiy tarbiya bo’limi mu- diri (1921), Akademmarkaz raisi (1922), Navoiy nomidagi maktab, Narimonov no- midagi ped. texnikumi, ayollar ped. in- tida muallim (1923 — 25), Samarqand sh. muzeyida ilmiy xodim, O’zbekiston osori-atiqalarni saqlash qo’mitasining Tosh-kent-Farg’ona bo’limida mas’ul ko- tib (1927-28). M. bir qancha darslik muallifidir. Uning “Alibi avval” (1907), “adib US- soniy” (1907), “usuli hisob”, “tarixi qavm turk”, “tajvid” (1911), “Havoyiji diniya”, “tarixi anbiyo”, “tarixi is- lomiya” (1912), “er yuzi” (1916-17), 4 qismdan iborat “O’zbekcha til sabokli- gi” (Shorasul Zunnun va Qayum Ramazon b-n birga, 1925-26, 4qismi musodara qilingan) darsliklari bir necha marta chop etilgan. 1914 y.da taraqqiyparvar o’zbek shoirlarining she’rlarini jam- lab, “Sabzavor” nomi b-n nashr etgan. M. ijtimoiy-pedagogik faoliyat b-n birga badiiy ijod b-n ham shug’ullangan. Uning ixcham hikoyalari, talaygina she’- rlari o’sha davrdagi matbuot va o’zi tuz- gan hamda yozgan darsliklarga kiritil- gan. Shuningdek, u o’tkir publisist adib sifatida tanilgan. Makrlalarida inson va jamiyat, din va dindorlik, axloq, mu- stamlakachilik va Xurriyat, ziyolilik, uyushma, tashkilot, davlat idorasi masa- lalariga alohida e’tibor qaratgan. M. o’z faoliyati davomida pedagogik, matbuotchilik, muharrirlik, adiblik b-n cheklanmay, jiddiy siyosiy faoliyat ham olib borgan, shu sababli mustamlaka hukumati tomonidan bir necha bor hibs qilingan. Evropa savdosanoat, ilm-fanini o’rganishga chaqirgan, ma’naviy qoloqlikni qoralagan. Chor va sho’ro hukumatlari olib borgan mustamlakachi- lik si-yosatiga karshi izchil kurash olib borib, 1917-1924 y.larda “Sho’royi is- lom”, “Turk adam markaziyat”, “Ittihod va taraqqiyot”, “Milliy Ittihod”, “Nash- ri maorif” kabi jamiyat, firqa va tash- kilotlar faoliyatiga rahbarlik qilgan. U vijdon erkinligini inkor etmagan dunyoviy demokratik davlat tarafdori bo’lgan. Shu sababli Qo’qon sh.da tashkil topgan Turkiston muxtoriyatinm (1917) qo’llab-quvvatlagan. Umr bo’yi o’z vatani- ni mustaqil ko’rishni istagan. M. 1929 y. 6 noyab.da qamoqqa olinib, Moskva sh.dagi Butirka qamoqxonasida qatl qilingan va Vagankova qabristoniga dafn etilgan. 1991 y.da rasman reablita- tsiya qilingan. As: Xotiralarimdan, T., 2001; tan- langan asarlar, T., 2003. Ad.: Ziyo Sayd, tanlangan asarlar, T., 1974; O’zbekistonning yangi tarixi, 1ki- tob [Turkiston chor Rossiyasi mustamla- kachiligi davrida], T., 2000; Markaziy Osiyo XX asr boshida: islohotlar, yangi- lanish, taraqqiyot va mustamlakachilik uchun kurash, T., 2001. Sirojiddin Ahmedov.