Multiplikator

Multiplikator (ing. multiplier — ko’paytiruvchi, oshiruvchi) — iqtisodiyotdagi moliyaviy okimlar- ning ikki (ba’zan ikkitadan ko’prok) ko’rsatkich (parametr)lari o’rtasidagi bog’lanishlarni [mas, davlat byudjeta xarajatlarining o’sishi b-n yalpi ichki mahsulot (YAIM)ning hajmi, depozitlar hajmi b-n muomalada bo’lgan pul massasi o’rtasidagi) tavsiflovchi ko’rsatkich. AK- selerator (i.ch. hajmini oshirish nati- jasida i.ch.ga jalb etiladigan yangi in- vestisiyalar necha marta ko’payishini aks ettiradigan makro-iqtisodiy ko’rsatkich) b-n birgalikda qo’llanadi. “M.”tushun- chasini iqtisodiy amaliyotga birinchi marta J. M. Kepns kiritgan. P. Samuel- son va b. tomonidan rivojlantirilgan. Xarajatlar, daromadlar, investisiya- lar yoki boshka moliyaviy okimlarning kaysi to-ifasi boshlang’ich asos tarzida olinishiga qarab M.larning investisiya xarajatlari M.i., hukumat xarajatlari M.i., xarajatlar M.i. va b. turlari bor. Multiplikativ samara (M. samarasi) asosida iktisodiyotning bir sub’ekti xarajatlari boshka sub’ektning daro- Madini hosil kilish hodisasi yotadi. Mas, davlat byudjetining xarajatlari (ijtimoiy ehtiyojlar, sog’likni saqlash, yangi kurilishlar, harbiy texnika so- tib olish, davlat apparatini saklash va h.k.) turli korxonalar, muassasalar da- romadlarini (sog’liqni saqlash muassa- salari va tibbiyot xodimlari, qurilish tashkilotlari, harbiy qurol-yarog’ishlab chiqaruvchi korxonalar) hamda, umuman, fukarolar (pensionerlar, davlat muas- sasalari xodimlari va b.) daromadlari- ni yaratadi. O’z navbatida bu korxonalar, tashkilotlar va fukarolarning xarajat- lari ular b-n texnologik zanjir bo’yicha bog’liq bo’lgan korxonalar daromadini hosil qiladi; byudjet hajmining bir birlikka ortishi YAIM hajmini 2, 3 va undan ortiq birlikka ko’payishiga olib kelishi mumkin. Xuddi shunga o’xshash davlat xarajatlari ko’lamining kamayi- shi M.ga, YAIM xdjmini tegishlicha pasa- yishiga olib keladi. Bu davlat xarajat- lari M.idebataladi. Soliq M.i — soliq to’lovlari hajmi oshganda (kamayganda) YAIM hajmining pasayishi (ko’payishi) ko’lamini ko’rsatadi. M u vozanatl i byudjet M.i — davlat xarajatlarining ko’payishi (qisqarishi) soliqlarni oshi- rish (pasaytirish) b-n qoplanadigan sharoitlarda YAIM o’sishi (pasayishi) ni tavsiflaydi. Pul M.i — pul bazasi- ning (bevosita Markaziy bank tomoni- dan muomalaga chiqariladigan pullar) o’sishi natijasida pul massasining ko’pay-ishini tavsiflaydi. Pul M.i umuman iqtisodiyotning, xususan bank tizimining muomaladagi pul massasini ko’paytirish imkoniyatlarini aks ettira- Di. Pul M. ba’zan kredit M.i. depozit- lar M.i yoki bank M.i deb ham ataladi. Ahmadjon O’lmasov.