Mulk

Mulk — moddiy va ma’naviy ne’matlarning muayyan kishilar ega- ligida bo’lishi va ular tomonidan o’zlashtirilishi; M.ga egalik huquqi hamda mulk ob’ektlariga egalik, ular- ni bo’lish, taqsimlash bo’yicha kishilar o’rtasida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlar. M. ob’ekti er va er osti boyliklari, korxona, bino, inshootlar, mashina va uskunalar, tayyor mahsulot, pul, qimmatli qog’ozlar, san’-at va ada- biyot asarlari, ilmiy va texnikaviy ishlanmalar va b. bo’lishi mumkin. Mod- diy va ma’naviy ne’matlarni amalda o’zlashtiruvchilar mulk sub’ektlari, ya’ni egalari hisoblanadi. Bularga ay- Rim kishilar, oilalar, jamo-alar va, nihoyat, davlat kiradi. Mulkdan amalda foydalanib, bundan naf ko’rish mulkni iqtisodiy tasarruf qilish hisoblanadi. Kishilarning moddiy ne’matlarni yaratishdagi, ularni taqsimlash va is- te’mol etishdagi o’rni, siyosiy hayotda tutgan mav-qei, asosan, i.ch. vositalari- ga egalik qilishlariga bog’liq. Jami- yat taraqqiyoti tarixida egalik qilish shakliga ko’ra M.ning bir necha turi bor: ibtidoiy jamoa tuzumida ishlab chiqaruvchi kuchlar g’oyat past rivojlanga- nidan kishilar birgalikda, guruh-guruh bo’lib mehnat qilishgan. Shubhasiz, shunday sharoitda mehnat qurollari va mahsulotlari jamoaning umumiy M.i bo’lgan. Mehnat qurollari va mehnat malakasi yuksalgach, kishilar yakka holda mehnat qila oladigan bo’ldi. Bu o’zgarish tufayli jamoa M.i parchalanib, xususiy M.ka aylangan. Xususiy M. — bu mulkni o’zlashtirishning xususiy usuliga asos- langan shakli. U 2 xil bo’ladi: 1) indi – vidual — yakka xususiy M, ya’ni ayrim shaxslar yoki oilalarga tegishli M.; 2) korporativ xususiy M., bu ham ayrim kishilarga qarashli, lekin aktsiyadorlar jamiyatidagi umumiy M.ning bir kismi si-fatida mavjud bo’lgan M.. Korporativ M. dividend keltiruvchi M.dir. Jamoa M.i — bu jamoaga ixtiyoriy ravishda Birlashgan kishilarning umumiy M.i bo’lib, bu M.ning egalari shu jamoada mexnat qilishi shart. Bu erda M. egasi ayni bir vaqtda shu M.ni amalda ishla- tuvchi ham hisoblanadi. Davlat mulki — davlat ixtiyorida bo’lgan M., davlat hokimiyati organlari tomonidan tasar- Ruf etiladigan monopollashgan M.dir. Bunday M. ob’ekti — er, tabiat resurs- lari, asosiy vositalar, binolar, moliya, moddiy resurslar, axborot, moddiy va ma’naviy boyliklar bo’lishi mumkin. Bu M. ijtimoiy ne’matlarni yaratishga xiz- mat qiladi. Davlat bor erda uning M.i mavjud, Le- kin ushbu M.ning milliy iqtisodiyotdagi ulushi turli mamlakatlarda farklanadi va mamlakat iqtisodiyotining modeli- ga bog’liq (q. Davlat mulki). Fuqarolik jamiyati doirasida davlat M.i tobora ijtimoiy yo’nalish olmoqda, ya’ni umum- milliy manfaatlarni himoya qilishga yo’naltirilgan. Ijtimoiy M. — tari- Xan sobiq so-tsialistik mamlakatlarda mavjud bo’lgan. Bunda kishilar M. egasi sifatida teng bo’ladi, shuning uchun har bir kishining jamiyatdagi mavqei, tur- mush darajasi uning mehnati b-n belgi- langan. M.ga egalik va uni tasarruf etish mu- ayyan iqtisodiy munosabatlarni paydo etadi Vau mulkchilik munosabatlari deb ataladi. M. paydo bo’lishi uchun mulkka aylanadigan narsalar naf keltira oli- shi zarur. M.chilik munosabatlari M.ni kishilarning o’ziniki yoki o’zganiki ekanligini bildiradi. Bunday munosa- batlarning 3 jihati bor: 1) M.ka egalik qilish, ya’ni mulkdorlik huquqining M. egasida saqlanib turishi; 2) M.dan foy- dalanish va uni amalda ishlatish. M.dan foydalanilganda shaxsiy ehtiyojlarni qondirish yoki daromad topish yuz beradi. Mulkdor o’z M.ini ishlatganda egalik qilish va M.dan foydalanish bir qo’lda to’planadi, M. keltirgan nafni uning egasi tanho o’zlashtiradi. M. o’zgalar qo’lida ishlatilganda bundan olingan daromadni mulkdor M.ni amalda ishla- tuvchi b-n baham ko’radi; 3) M.ni tasar- Ruf etish — bu M. taqdirini mustaqil hal qilish, ya’ni M.ni sotish, merosga qoldirish, hadya etish, garovga qo’yish kabi xatti-harakatlarni erkin amalga oshirilishidir. Mulkiy munosabatlarda M.ni ijaraga berish muhim o’rin tutadi. Er, suv havzalari, bino va inshoot kabi ko’chmas M.lar oddiy ijaraga beriladi. Qimmatbaho mashina va uskunalar (trak- tor, kombayn, samolyot, teplovoz, paroxod, yuk avtomashinalari va vagonlar) ijara- si lizing shaklida amalga oshiriladi. M. bo’lgan pul mablag’larni o’z egasi to- monidan, o’zgalarga foydalanib turish uchun berish kredit shakliga kiradi. M. milliy boylikni hosil etadi. Ad:. Shodmonov Sh., Alimov R., Jo’raev T., Iqtisodiyot nazariyasi,T., 2002. Ahmadjon O’lmasov.