Murodov Normoy

Murodov Normoy (1947.6.8, Qamashi tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (2001). Buxoro pedagogika institutini tugatgan (1973). 1966 yildan Buxoro shahridagi 24-ko’zi ojiz bolalar maxsus internat maktabida matematika fani o’qituvchisi. Murodov darslarni ko’zi ojiz bolalarning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda o’tkazadi.