Murobitlar
Murobitlar (Arabcha — rabotda yashovchilar) — shimoliy Afrikadagi Zohid, darvishlarning harbiylashgan diniy jamoasi a’zolari. 11 —12-asrlarda Murobitlar Marokashni zabt etgan va Al-Murobitun sulolasi va davlatiga asos solgan. Keyinroq musulmon avliyolarini, yo’lboshchilarini yoxud darvish jamoalarining tashkilotchilarini ham Murobitlar deb atashgan.
O‘xshash so‘zlar
- Murod 1
- Murod II
- Murodbaxsh
- Murodobod
- Murodov Abduqodir
- Murodov Bayramgeldi
- Murodov Hotamboy
- Murodov Jo’rabek











