Muruntov oltin koni

Muruntov oltin koni – Mar- kaziy Qizilqumning Muruntov ruda maydoni mintakasidagi kon. Navoiy sh.dan 180 km shim.da, Zarafshon sh.dan 40 km Sharqda, Tomditovning Jan. eta- gida joylashgan. Ruda zaxiralarining ko’lami, rudani qazib olish texnolo- gik sharoitlarining qulayligi, ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatining yuqoriligi va b. xususiyatlariga ko’ra dunyodagi noyob konlar sirasiga kira- Di. Markaziy Osiyo, xususan, Markaziy Qizilqum va Nurota tog’larida, oltin rudalari mavjudligi mil. AV. 6-5-a. lardan ma’lum bo’lgan. O’lkada oltin konlarini izlash bo’yicha dastlabki Max- sus tadqiqot ishlari I.V.Mushketov, G.D.Romanovskiy, G.D.Obruchev va b. to- monidan amalga oshirilgan. Markaziy Qizilqumda oltin konlari bo’lishi mum- kinligini geolog olimlar A.E.Fersman va D.I.Shcherbakovlar 20-a.ning 30-y. laridagi geologik tadqiqotlari aso- sida bashorat qilganlar. 1930-y.larda Tomditovning Jan. etaklarida oltin zarralari bo’lgan bir necha kvars va kvarsdala shpati tomirlari aniqlandi, 1934 y.da besapan qishlog’i yaqinida ol – tin mineraliza-tsiyasi zonasi belgilan- Di. Shundan ke-yin besapan, Oltintov, Taxtatov manzillarida, Tomditovning Jan. yon bagridagi kremniyli slaneslar- da keng ko’lamda oltin qidiruv va raz- vedka ishlari olib borildi. 1951-53 y.larda I.h.Hamroboev O’zbekistonning g’arbiy hududida oltinni ko’pincha margi-mush b-n uzviy bog’liq holda uch- rashi qonuniyatini aniqladi. Shu asos- da 1954-56 y.larda O’zbekistonning g’arbiy qismida 2 xil oltin konlari bor- ligi: birida oltin margimush kolchedani (arsenopirit minerali) b-n, ikkinchisi- da juda siyrak xrlda kvars tomirlarida uchrashi ma’lum bo’ldi.1958 y. oltinmar- Gimush bog’liqligi asosida Muruntov yonida margimushga boy bo’lgan anomaliya maydonlari belgilandi. O’sha yili Mar- gimushning yuqori kontsentrasiyasi mav- jud bo’lgan anomaliyalardan biri — Mu- runtov rudali maydonida olib borilgan izlanishlardan keyin bu ruda maydoni o’ta istiqbolli deb baholandi. Mazkur ruda maydonida 1959-62 y.larda olib borilgan batafsil qidiruv ishlari na- tijasida konning asosiy hududi belgi- landi va oltinga boy uchastkalarining o’lchamlari juda yirikligi aniqlandi. M. o.k.ningochilishigasalmokli hissa qo’shgan bir guruh geolog olim va mutaxas- sislar (I. H. Hamroboev, H.T.To’laganov, P.V.Xromishkin, V.G.Garkoves va b.) mamlakatning oliy mukofotiga sazo- vor bo’ldilar (1966). 1965-69 y.larda M.o.k.ning sa-noat o’zlashtirishi ishla- ri bajarilib, 1969 y. 21 iyulda dastlab- ki mahsulot — Muruntov quyma oltini chiqarila boshlandi va bu kon nomi dunyo- ga mashhur bo’ldi. Dunyoda eng yirik ka- rerlardan biri — “Muruntov” Kare- rining uz. 3,5 km, eni 2,7 km va chuqurligi 430 m. Karerdan yiliga 35-37 mln. m3 hajmida tog’jinslari qazib olinadi, shu b-n bog’liq bo’lgan Zarafshon sh.dagi oltin i.ch. kompleksi yiliga 24 mln. T rudani (2001 y.) qayta ishlaydi. Bu kom- pleks jahonda oltin ishlab chiqarish b-n mashhur bo’lgan eng yirik korxona- lar qatorida 2-o’rinda (Indoneziyadagi “Grosberg” korxonasidan keyin) turadi. M.o.k.da 1995 y.dan “Zarafshon- Nyumont” qo’shma korxonasi faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Mazkur qo’shma kor- xona 1995-2001 y.lar mobaynida ba- lansdan tashqari bo’lgan va juda katta hajmda yig’ilib qolgan mineralli ; jinslar ag’darmasining 84 mln. t sini ‘qayta ishlab 82 t sof oltin ajratib olishga erishdi. M.o.k. proterozoy erasining boshla- Nishida hosil bo’lgan cho’kindi meta- ; morfik tog’jinslaridan tashkil top- gan toshqazigan va besapan svitalari kdtlamlaridan iborat. Ushbu katlamlar- ning quyi qismi yuqori darajali meta- morfizmga uchragan yashil Amfi-bolli va kvars-slyudali slaneslardan, kvar- tsit va ohaktoshlardan tuzilgan. Yuqori qismida yashil slaneslar miqdori kamay- ib, terrigen tog’jinslarining miqdori ortib boradi. Konda k oltinli rudalar katlamlarning ayni shu qismida Alev- rolit, qumtosh va fillitsimon sla- neslardan tashkil topgan terrigen tog’ jinslarining ordoviksilur davriga mansub besapan svitasi qatlamlarida namoyon bo’lgan. 1 bevosita oltin ruda- sini o’zida mujassam etgan mazkur svita katlamlarini 3 qismga bo’lish mumkin: ruda usti katlami (“yashil” besapan) — qalinligi 1600 m gacha; rudali qatlam (“aralash” besapan) — qalinligi 2000 m gacha; ruda osti katlami (“kulrang” be- sapan) — qalinligi 2000 m gacha. Oltin rudasi, asosan, svitaning o’rta qismi — “aralash” besapan qatlamida joylashgan. Oltin zarralari mavjud bo’lgan ayrim kvars tomirlari svitasining ostki “kulrang” besapan va ustki — “yashil” besapan qatlamlarida ham uchraydi. Maz- kur besapan svitasidagi oltin minera- lizasiyasini quyidan toshqazigan svita- siga mansub cho’kindi chegaralab turadi. Magmatizm hosilalari tomirsi- mon struktura (dayka) larda joylashgan leykokrat tartibli tog’jinslaridan iborat. Daykalar kon hududida turli tomonlarga yo’nalgan bir necha tasmalar hrsil qilgan, uz. 70 m gacha. Tarkibi esa sienitdiorit-granofirli Muruntov magmatik kompleksiga kiruvchi granit- porfir, sferolit-porfir va Monso- nit porfirlardan tuzilgan. M.o.k.ning Jan.-Sharqiy chegarasida Markaziy Osi- yoda yagona bo’lgan eng chuqur burg’i qudug’i SG-10 yordamida er qa’rining 4000 m dan ortiq chuqurligida Muruntov granito- ID intruzivi mavjudligi aniqlandi. Bu dalil oltin konining qosil bo’lish jarayonidagi asosiy omillaridan biri- dir. Mazkur intruziv massivi kaliyna- triy qo’shslyudali leykokrat va biotitli granitlardan tashkil toptan. Konning hoz. tuzilishini yuzaga kelishida, shu- ningdek, ruda tarqalishi va joylashi- shida muhim ahamiyatga ega strukturalar quyidagilardir: 1) o’q chizig’i M.o.k.dan janubrokda o’tuvchi toshqazigan anti- klinalining shim. qanotini shakllan- tiruvchi Muruntov antiklinali va Jan. sinklinal; 2) Muruntov “juft” er yorig’ini tashkil qilgan Jan. va struktu- rali er yoriqlari, kenglik yo’nalishida joylashgan, vertikal yoki ancha tik Jan. og’ish xrlatiga ega, ruda tarqalishi va joylashishida asosiy ahamiyatga ega; 3) shim.-g’arbga 60-70° burchak ostida og’ib yotuvchi shim-Sharqiy yo’nalishdagi er yoriqlari. Tik joylashgan rudali zonalar oltinga eng boy bo’lib, o’zaro parallel joylashgan kvars tomirlaridan va kvar- sli, kvarssulfidli, kvars-turmalinli va karbonatli tomirchalardan iborat. Qiya yotuvchi ruda zonalarida oltin mik- dori kam. Ruda tarkibi oltin, pirit, ar- senopirit.xalkopirit, galenit, sfale- rit, molibdenit, sheelitdan, noruda mi- nerallar esa kvars, dala shpati, biotit, turmalin, akti-nolit, muskovit, kaltsit kabilardan tashkil topgan. Oltin yirik va o’rta donali kvars tomiri va tomir- chalarida bir kancha sulfidli mineral- lar, sof vismut va kumush sulfasollari b-n birgalikda uchraydi. M.o.k. rudala- rining asosiy qismi (85% gacha) shee- lit-oltinkarbonatkaliy shpati-kvars minerallarining paragenetik assosi- asiyasini tashkil etadi. Assosiasiyada bo’lgan oltinning probasi 830 dan 980 gacha o’zgaradi va bu oltinning tarkibi- da qo’shimcha 3,84 — 9,36 % kumush ham uchraydi. Ikkinchi darajali bo’lgan mi- nerallar assosiasiyasi (kondagi oltin rudalarining 5 % ini tashkil qiladi) — bu oltin-arsenopirit-kvars mineral- lari assosiasiyasi. M.o.k. rudalarining kimyoviy tarkibi turlicha bo’lib, o’rtacha 1,0 — 29,0 g/t oltin, 0,8 — 7,2 g/t kumush, 0,003 — 0,6% volfram oksidi, 0,07 — 2,19% oltingugurt, 0,03 — 1,73% margi- mush va b. noyob elementlar kam mikdorda bor. Kon rudasidagi 50-60% oltin zar- ralarining kattaligi 0,01—0,02 mm bo’lib, ularni faqat mikroskopda ko’rish mumkin. Bu o’ta mayda dispersli ruda tarkibidan oltin zarralarini ajratib olishda maxsus faol kimyoviy moddalar- dan foydalaniladi. Bunday hollarda oltin ajratib olish texnologik jara- yonida atrof muhitga zarar etkazmaslik maqsadida bir qancha maxsus uskunalar va moslamalar qo’llaniladi va zarur tex- nologik tadbirlar bajariladi. So’nggi yillarda M.o.k.ni qo’shimcha o’rganish maqsadida 20 dan ortiq i. ch. tashkilot- lari tomonidan i.t. muassasalari b-n x.amkorlikda bir necha dasturlar amalga oshirilmoqda. Ad.: Dalimov T.N. i dr., Geologiya i poleznie iskopaemie Respubliki O’zbekiston, T., 1998; Zolotorudnoe me- storojdenie Muruntau, T., 1998; Kuche reki y N. I., Zoloto Kizilkumov, T., 1998. Muhammadjon Mansurov, Abdurahim Abduvahobov.