MUNCHOQTEPA YODGORLIKLARI

MUNCHOQTEPA YODGORLIKLARI qad. arxeologik yodgorliklar maj- muasi. Namangan viloyati, Pop sh.dan 2 km Jan.da, Sirdaryo bo’yida joy- lashgan. Munchoqtepa, Balandtepa, Temirqasmoqtepalardan iborat. Arxe- ologik qazishmalarga ko’ra, Balandte- Pa (1-8-a), Temirqasmoqtepa shahar xarobalari, Munchoqtepa esa shahar qabristoni (1-8-a.) hisoblanadi. M.yo. guruhida 1988 y. jahonshumul ahamiyatga molik arxeologik kashfiyot qilindi. Munchoqtepa I yodgorligida yakka tartib- dagi qabrlar, Munchoqtepa II da esa, 5-8- a.larga oid er osti xilxonalari kavlab ochildi. Ularni bunyod etishda loy, g’isht, yogoch kabi qurilish materiallaridan foydalanilmagan. Xilxona tuzilishi 4 qismdan iborat: 1) kirish qismi oldi- dagi maxsus tekislangan maydon; 2) ki- rish qismidagi in-Shoot (peshayvon); 3) er osti yo’lagi va uning oxirida pastga (jasadxonaga) tushiladigan zinapoya; 4) jasadxona. Keyingi 2 qism: yo’lak (zina- poya b-n) va jasadxona er ostida gilloy qatlamlarda o’yib yasalgan. Jasadxo- na xuddi uyga o’xshab shiftlari arksi- mon qilinib, devorlari va poliga juda ustalik b-n jilo berilgan. Xilxonalar seysmik jihatdan juda mustahkam qilib qurilgan, ularga kuchli er silkinishlari ham ta’sir eta olmagan. Xilxona ichiga qamish tobutlarda marhumlar jasadi qo’yilgan. Tobutlar — saralangan qamish poyalari yumaloqlanib yog’och ponalar yordamida bir-biriga bi- riktirilib, ularga o’ziga xos quti (to- but) shakli berilgan. Hamma tayyorlan- gan tobutlar qamishdan qilingan qopqoq b-n berkitilib, ustidan yana qamishdan belbog’ (qilib) bog’lab qo’yilgan. Qamish tobutlar xilxona poli ustiga qatormaqator qilib, bir qator to’lgach ustiga keyingisi qo’yilib joylashti- rilgan. Xilxonalarning 8 tasi ochilgan. Marhumlar tobutlariga ust- boshlari, qurol-yarog’lari, zebziynatla- ri, idishtovoqlari va asbob-uskunalari b-n dafn etilgan. Bulardan tashqari, ko’pchilik marhumlar yoniga har xil taom va mevalar ham qo’yilgan. Qo’y va parranda go’shti, mevalardan: shaftoli, o’rik, gilos, yong’oq, xandon lista va er yong’oq (xotin yong’oq) danaklari topilgan. Topilmalar orasida paxta ko’saklari diqqatni tortadi, ular hoz. ipak paxta ko’sagiga juda o’xshaydi. Er osti xilxonalaridan chiqqan topilmalar orasida kulolchilik, te- mirchilik, to’qimachilik, zargarlik, ko’nchilik mahsulotlari ko’plab uchraydi. Marhumlar yonida aniqlangan zebziynat va taqinchoklar soni salkam 10000 ga, mehnat va jangovar qurol-yarog’lar esa 3000 ga boradi. Kiygan libosi va yoni- dagi buyumlarga qarab marhumlarning hayotligidagi kasb-hunarlarini aniqlash mumkin. Mac, musiqachi tobuti ichidan musiqa asboblari, etikdo’znikidan yog’och qolip va maxsus pichoq, ovchinikidan o’q-yoy topilgan. Xilxonalardan topil- gan eng qiziqarli buyumlar ichida kiy- im qoldiqlari ahamiyatga ega. Xususan, ipakli, ipli, junli matolar nafaqat O’zbekiston, balki O’rta Osiyo xalqlari kiyimlari tarixining shu vaqtgacha ma’- lum bo’lmagan sahifalarini to’ldirishga yordam beradi. Bundan tashqari, oyoq kiy- im namunalari, peshonaband, ro’mol qoldikdari ham qayd etildi. Bular barchasi, ya’ni matodan tayyorlangan kiy-imlar, charm va oyoq kiyim qrldiqlari ajdodlarimizni kundalik kiyim-bosh tayyorlashga alohida e’tibor bergan- ligini ko’rsatadi. Topilmalar orasi- da yana maxsus yog’och g’ilofga solingan musiqa asboblarini keltirish mumkin. Ulardan biri so’zsiz hoz. qo’shnayning o’zginasidir. Bundan kelib chiqadiki, qo’shnay kamida 1500 y.lik tarixga ega. Demak, M.yo.dan topilgan buyumlar ko’hna farg’onaliklarning xo’jalik yuri- tish, turmush tarzi va eng asosiysi is- lomga qadar mavjud bo’lgan dafn maro- simlari xususida muhim ma’lumotlar beradi. Boqijon Matboboev.