Muzeylar

Muzeylar (Yun. musion — muzalar- ga bag’ishlangan joy) — tarixiy, mod- diy va ma’naviy yodgorliklarni to’plash, saqlash, o’rganish va targ’ib qilish ish- larini amalga oshiruvchi ilmiy, ilmiy- ma’rifiy muassasalar. M. xazinasida, asosan, moddiy va tasviriy narsalar, shuningdek, san’at asarlari jamlanadi, shu b-n birga yozma manbalar (qadimdan hoz. davrgacha bo’lgan tarixiy qimmatga ega qo’lyozmalar, bosma hujjatlar, Kito- blar) saqlanadi. Zamonaviy M.ning ko’plariga tadqiqot va ta’limtarbiyaviy vazifa- larning bir butunligi xos. M.ning o’ziga xos ilmiy ommaviy va tarbiyaviy shak- llari — ekspozisiya, ko’rgazmalar. Zamonaviy ilmiy tasnifda M. tur va sohalar bo’yicha farqlanadi. Ijtimoiy vazifasiga ko’ra ilmiy tadqiqotma’rifat (M.ning asosiy qismini tashkil etadi, ba’zan ular xalq M., ommaviy M. deb ham ataladi), tadqiqot (ilmiy tadqiqot in- tlari qoshida o’ziga xos lab. vazifasini o’tovchi) va o’quv M.iga bo’linadi. Sohalar bo’yicha tarix, q.x., tabiatshunoslik, san’atshunoslik, adabiyot, texnikaga oid va boshqa M.ga bo’linadi. Shuningdek, M.ning memorial muzeylar, maj-mua o’lkashunoslik kabi turlari bor. M. katta ilmiy tadqiqiy va tarbiyaviy ishlarni olib boradi: to’plamlarni but- laydi va o’rganadi; ilmiy qujjatlarni tayyorlaydi, muzey ashyolarini saqlash va ta’mirlash tartibini yaratadi, mono- grafiya, katalog, yo’l-ko’rsatkichlar nashr etadi; zamonaviy muzeyshunoslik ishlab chiqqan ilmiy usul va metodologiya asosi- da ekspozi-tsiyalarda ilmiy tashviqotlar olib boradi. Tomoshabinlar b-n ishlash- ning eng muhim shakli ekskursiyadir. Siyosiy, ilmiy, madaniy, iqtisodiy ehtiyojlarni qondiruvchi M.ning pay- do bo’lish tarixi uzoq qadimga borib taqaladi. M.ning o’tmishdoshlari tabiat va ijtimoiy hayotdan olingan asl buyum- larni xo’jalik maqsadlarida va moddiy boylik sifatida emas, balki memorial guvohnoma va estetik qimmatli asl nar- Salar sifatida saqlana boshlagan davr- da yuzaga kelgan. Kritdagi Knos saroy xazinasi (mil. AV. 16-a.), Vanlar saroyi va Ink ko-hinlarining arxivi (mil. AV. 13-12-a.lar, Xitoy), Nineviya saroy kutubxonasi (mil. AV. l-z..) va b. shular jumlasidan. Kdtsimdan ibodatxona, keyinroq xususiy to’plamlarda (mil. AV. 3-a.dan) asosan san’at asarlari jamlan- gan (Varres, Sulla galereyalari, Servi- liy, Krase, Lukull, Pompei, Tsezar va b. to’plamlari). Vizantiya sobor va Mona- stirlarida, keyinroq Frantsiya, Italiya, Germaniya va b. mamlakatlar soborlarida turli xil to’plamlar saqlangan. Evropa- da ilmiy vazifalar yuklatilgan M.ning paydo bo’lishi buyuk geografik kashfiyot- lar, amalga oshayotgan davr — Uyg’onish davriga to’g’ri keladi; bu davrda xayvonot va o’simlik dunyosi namunalari, mineral- lar, geodeziya va astronomiya asboblari, etnografik ahamiyatga ega narsalar jam- langan; tabiiy, ilmiy, etnografiya va tarixiybadiiy noyob narsalar jamlan- gan saroy to’plamlari (kunstkameralar, myuntskabinetlar va b.) Shuxrat krzongan. Dastlab M. va ular haqidagi dastlabki tavsiflar, shuningdek, muzeyshunoslik haqidagi nazariy asarlar ham shu davr- da paydo bo’ldi. Florentsiya (L. Medi- chi, 15-a.), Rim (Vatikan muzeyi, 16-a.), Drezden (avgust Saksonskiy, 16-a.) va b. joylardagi antik davr yodgorliklari to’plamlari shu davrga mansub. 17-18-a. larda keyinchalik ko’plari davlat mil- liy M. negizini tashkil qilgan xususiy to’plamlar (tarixiy, arxeologik, tabiat- shunoslik, san’atshunoslik) shakllandi. O’zbekistonda M. 19-a.ning 2-yarmida tashkil etila boshlagan. 20-a. boshida O’zbekistonda faqat 3 muzey — tosh- kent o’lkashunoslik muzeyi (1876, hoz. O’zbekiston tarixi muzeyi), Samarqand xalq muzeyi (1896, hoz. A. Ikromov no- midagi O’zbekiston xalqlari madaniya- ti va san’ati tarixi muzeyi), Farg’ona xalq muzeyi (1899, hoz. Farg’ona viloyat o’lkashunoslik muzeyi) bor edi. Ular- ning to’plamlari kam, ekspozi-tsiyalari- ning kupi tasodifiy materi-allardan tashkil toptan. 20-a. 20-y.laridan turli sohadagi M. tashkil etila boshladi. Mu- zeylar va madaniyat yodgorliklari davlat ixtiyoriga o’tkazilib, muhofaza qilina boshlandi. Ilmiy ekspedisiyalar uyush- tirilib, M. uchun kollektsiyalar to’plash ishi yo’lga qo’yildi, ko’plab M. tashkil etildi. Hozir O’zbekistondagi M.ning asosiy qismi O’zbekiston madaniyat ish- lari vazirligi qaramog’ida. Yirik M.: O’zbekiston tarixi muzeyi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, O’zbekiston san’- at muzeyi (1918), A. Ikromov nomidagi O’zbekiston xalqlari madaniyati va san’- ati tarixi muzeyi, O’zbekiston tabiat muzeyi (1876) va b., Respublikaning de- yarli barcha viloyatlarida o’lkashunoslik M.i, jahon ahamiyatiga molik memorial M. bor. M., ta’limtarbiya va ilmiy vazifa- larga ega bo’lgan M. tizimi taraqqiyotiga ob’ektiv ehtiyojlar ortib bormoqda. AQSh, Italiya, Frantsiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Rossiya va b. mamlakatlar eng taraqqiy etgan M. tizimiga ega. M.ning xalqaro maydonga chiqishi b-n ularning ta’sir doirasi kengay- ib bormoqda. Bunda ko’rgazmalar ay- irboshlash birinchi o’rinda turadi. M. jahonning turli mamlakatlariga o’z xazinalarini yuboradi, ayni paytda chet mamlakatlarning ko’rgazmalarini o’zlarida qabul qiladi va ko’rgazma hamda M.da namoyish etadi. M. xalqaro madaniy alokalarni kengaytirishga yordam bermoqda, milliy madaniyatlar- ning o’zaro boyishi va xalqlar o’rtasida hamfikrlikni rivojlantirishga katta hissa qo’shmoqda. Jahon M.i xalqaro tashkilotga bir- lashgan, YUNESKO tarkibida muzeylar xalqaro kengashi (IKOM) mavjud, uning tarkibiga milliy M.ning qo’mitalari kirgan. Ad.: Sadikova N. S, Muzeynoe delo v Uzbekistane, T., 1975; Sadikov X., Glase Yu. I., Soy E., Muzei Uzbekistana, T., 1978; Sodiqova N. S, madaniy yodgorli- klar xazinasi, T., 1981. Nafisa Sodisova.