“MUSULMON BIRODARLAR”
“MUSULMON BIRODARLAR” (“al-Ixvon al-muslimun”) — diniy – si- yosiytashkilot. 1928 y. Misrning Ismo- Iliya sh.da tuzilgan. Asoschisi — Shayx Hasan al-Banno (1906-49). Uning siyo- siy qarashlari Muhammad al-G’azoliy, Muhammad Abdu, Jamoliddin al- Afg’oniy, Rashid Rizo kabi panislomiy modernistlarning ta’sirida shakllan- gan. U Islomning sunniylik oqimi ta’limotidan chetga chiqmagan holda “jihod”, “Islomiy milliyatchilik”, “is- Lomiy davlat”kontsepsiyalarini ishlab chikdi. Sayyid qutb, Mustafo as-Siboi tashkilotning tanikli mafkurachila- ri bo’lgan. Sayyid Qutbning “Islomda ijtimoiy adolat” asari uyushma ta’li- motining shakllanishiga katta ta’sir ko’rsatdi. Tashkilotning maqsadi Musul- mon o’lkalarda “Islomiy adolat” tamoy- illariga asoslangan jamiyat barpo etish- dan iborat. Bunga esa “Islomiy taraqqiyot yo’li” b-ngina erishish mumkin. “M.b.» mafkurasining g’oyaviy asosini “Islom faqatgina diniy e’tiqod bo’lmasdan, balki mukammal dunyoqarash hamda ij- timoiy tuzumdir”, degan aqida tash- kil etadi. “M.b.”murakkab tuzilmali, harbiylashgan bo’limlarni o’z ichiga ol- gan. Misrdan boshqa mamlakatlar (Suriya va Livan)da ham bo’limlari bor. Uning faoliyati keng ijtimoiy qatlamlarni qamrab olgan bo’lsada, tashkilot a’zola- ri talaba-yoshlarni o’zlarining asosiy Zarbdor kuchi deb hisoblaganlar. “M.b.» xayr-ehson qilish va ma’rifatchilik FA- oliyatidan (1928-36) to siyosiy hayotda terror metodini keng qo’llashda faol ishtirok etishgacha bo’lgan murakkab taraqqiyot yo’lini bosib o’tdi. 1930-y. larning o’rtalaridan xalifalik sha- klidagi “Islomiy davlat” qurish g’oyasi targ’ibotiga zo’r bera boshladi. Hasan al- Banno vafotidan so’ng “M.b.”faoliyati yanada siyosiylashib bordi. Natijada u 3 yo’nalishga bo’linib ketdi: “mo”tadil birodarlar” (asosan, Hasan al-Banno va Sayyid qutb izdoshlari); “Islomiy demokratlar” “Islomiy sosializm” ta’limotining turli kurinishlari ta- rafdorlari; xarbiylashgan ekstremi- stik Islomiy tashkilotlar (“Katoib Muhammad”, “Junud Alloh”, “at-takfir va-l-Hijra”, “at-tahrir al-Islomiy”). “Xizb uttaqrir al-Islomiy” diniy- siyosiy partiyasi xam shular jumlasiga kiradi. “M.b.”uyushmasi bo’linishi tu- fayli yagona tashkilot sifatini yo’qotdi va 1950-y.lardan “M.b.”harakati (“al- Ixvoniyya”) deb yuritila boshladi. Shu davrdan boshlab “M.b.”harakati eks- tremistik faoliyati uchun faqat Misrda emas, balki boshqa davlatlarda ham g’ayri qonuniy deb e’lon qilinib man etilgan. “M.b.”harakati Misr, Suriya, Iordaniya va Livanda faoliyat ko’rsatib, bu mam- lakatlardagi siyosiy jarayonlarga katta salbiy ta’sir qilmoqda. “M.b.”ning birinchi jur. “al-Ixvon al-muslimun” 1933 y.dan chiqa boshlagan. 1980-y.lar- dan boshlab “ad-da’va” (“da’vat”) jur. “M.b.”ning asosiy nashridir. Ad.: Miloslavskaya T. P., Deyatel- nost “Bratev-musulman” v stranax Vostoka, M., 1982; Korovikov F. V., Is- lamskiy ekstremizm v arabskix stranax, M., 1990; Borisov A. B., Rol islama vo vnutrenney i vneshney politike Egipta. XX vek, M., 1991; Husniddinov 3., Is- lom: yo’nalishlar, mazhablar, oqimlar, T., 2000. Zohidillo Munavvarov.