Musulmon huquqi

Musulmon huquqi – jahondagi asosiy huquqiy tizimdardan biri (kon- tinental va anglosakson huquq tizimla- ri b-n bir qatorda). Arab xalifaligida 7-10-a.larda yuzaga kelgan M.h.ning aso- siy mohiyatini Islom talablaridan ke- lib chiqadigan, musulmonlarning o’zaro muomala va axloq qoidalari hamda ular- ni buzganliklari uchun qo’llaniladigan (odatda, diniy ruxdagi) jazolar tashkil etadi (q. Shariat). Quron, sunna, ijmo, qiyos, urf-odat M.h.ning asosiy manba- lari hisoblanadi. M.h. faqat Musul- monlar o’rtasidagi munosabatlarda amal qiladi. Birok, musulmonlar aholining asosiy ko’pchiligini tashkil etgan Osiyo va Afrika mamlakatlarida qam M.h.ning mavqei kuchli bo’lishiga karamay, u yangi ijtimoiy munosabatlarni hisobga olgan holda qonun va odatlar b-n to’ldirilib kelingan. Shuning uchun diniy M.h. b-n musulmon davlatlari huquqini fark- Dash lozim. 1869— 77 y.larda M.h.ning majburiyat va Pro-tsessual normalari kodifikasiyalash asosida, Usmonli turk imperiyasida fuqaroviy kodeks vazi- fasini bajargan al-majalla e’lon qilindi. M.h. Turkiyada 1926, Livanda 1932, Suriyada 1949, Iroqda 1951 y.gacha amalda bo’ldi. Bu Kodeksning ta’siri qisman Iordaniya, Isroil va Kiprda ham saqlangan. 19-a.ning 2-yarmidan bosh- lab musulmon mamlakatlarida G’arbiy Evropa mamlakatlarining huquqidan foydalanish asosida jinoyat, savdo, Pro- tsessual va b. kodekslar qabul qilindi. M.x,. oila, meros va b. munosabatlarni tartibga solishda muhim o’rin tutadi. M.h.ning bu tarmoqdarini kodekslash MAP, Suriya, Iroq, Iordaniya, Tunis, Marokash, Xindi-ston, Pokiston va b. mamlakatlarda maxsus qonunlar qabul qilish shaklida amalga oshirilmoqda. Ayrim Arab mamlakatlarida, Hindiston, Pokiston, Indoneziya va b. da musulmon- larning shaxsiy maqomi (statuti) ma- salalari yuzasidan (ayrim masalalar bo’yicha musulmon bo’lmaganlarga nisba- tan ham) kodekslashtirilgan M.h.ning ta’siri saqlanib qolgan. Bir qancha Arab mamlakatlarining konstitusiyalarida M.h. qonunchilikning asosi hisoblanib, fuqarolik huquqi va b. sohalarda uni qo’llashga ruxsat etiladi; bu mamlakat- larda shariat asosida ish ko’radigan sudlar saqlangan. Sharqiy va Markaziy Afrikadagi ayrim mamlakatlarda M.h. oddiy huquq tarzida qo’llanadi. A’zamjon Rahmonov.