Muste madaniyati

Muste madaniyati, m uste davri — ilk paleolit davriningeng so’nggi madaniyati (mil. AV. 150-40 ming yillik). 19-a.ning 60-y.larida frantsuz arxeologi g. Mortile Frantsiyaning Jan.-g’arbidagi Le-muste (Le Moustier) g’oridan suyak va tosh qurollar topganli- gi uchun shu nom b-n yuritiladi. Bu davr- da yashagan odamlar ne-andertallar nomi b-n fanga kirgan. M.m. uchun gardishsi- mon nukleus va 3 burchakli tosh parrakcha- lar xos bo’lib, ular yog’och yo’nish, ishlash, kiyim va qurol tayyorlashda ishlatilgan. Muste davrida nayzasimon tosh qurol, o’roq, randa, qumtosh yoki ohaktoshdan yasalgan sharlar, M.m.ning oxirida esa keskich asboblar — qirg’ich, pichoq hamda suyak qurollar paydo bo’lgan. Muste davrida odamning jismonii qiyofasi takomillasha borgan. Qad. odam (pite- kantrop va sinantrop) o’zgarib, hoz. tip- dagi odamga yaqinroq bo’lgan neandertal shakliga kiradi. Bu odam miyasida nutq markazi yuzaga keladi hamda uning jis- monii qiyofasi o’zgara boradi, bu uning ish vaqtida erkin harakat qilishini ta’minlaydi. Olovni saqlab qo’yishdan uni ishqalash yo’li b-n hosil qilishga o’tilishi muste davrining muhim yutug’idir. Toshni ishlashda levallua tex- nikasidan foydalanilgan. M.m.da g’or va ochiq manzil-gohlarda neandertal odam- lar yashab, mamont, ayiq, shim. bug’usi kabi hayvonlarni ovlab, iste’mol qilishgan hamda terimchilik b-n shug’ullangan. Mu- ste davri qarorgohlarida o’choq, kuygan suyak va kabrlar uchraydi. Qabrlar va ular- dan topilgan buyumlar dafn marosimla- rida diniy e’tiqodlar turila boshla- ganini ko’rsatadi. M.m. yod-gorliklari Evropa, Afrika, Yaqin Sharqda, Rossi- yaning Evropa qismida, Kavkaz, O’rta Osiyo va Qozog’istonda topib tekshiril- gan. O’zbekistonda — Surxondaryo (Te- shiktosh g’ori), Samarqand (Omonqo’ton g’ori, Qo’tirbuloq ma-koni, Zirabuloq, Xo’jamazgil makoni), Toshkent viloya- ti (Obirahmat g’ori, Ko’lbuloq makoni, Xo’jakent makoni, Paltov), Farg’ona vo- diysi (Qal’acha makonlari, So’x daryosi- dagi makonlar), Navoiy viloyati (Uchtut) da M.m. yodgorliklari topilgan va tek- shirilgan. Hoz. vaqtda O’rta Osiyoda ne- andertal zamondoshlari yashagan makon- lar 90 dan ortiq joyda uchratilgan. Ad.: O’zbekiston xalqlari tarixi, 1-j., T.. 1992.