Mustafo Cho’qay

Mustafo Cho’qay (Cho’qaev) (1886, Oqmachit, Qozog’iston — 1941.27.12, Ber- Lin) — Turkiston mustaqilligi uchun ku- rashchi, Turkiston muxtoriyati hukumati Bosh vaziri. Otasi Cho’qaybey To’rg’ay dodxoh o’g’li (1912 y.v.e.) bo’lis (volost) boshlig’i edi. M.Ch. boshlangich ma’lu- motni Oqmachitda olgach, Toshkentdagi rus gimnaziyasida o’qidi (1902-10), Pe- terburg untining huquq f-tini tugatdi (1917). Rossiya 4-Davlat dumasining mu- sulmonlar fraktsi-yasida Turkiston ish- lari bo’yicha kotib bo’lib ishladi (1917 y. Fev.gacha). Keyinchalik muvaqqat hukumat Bosh vaziri A. F. Kerenskiy boshchili- gidagi komissiya tarkibida Turkiston- da bo’ddi. 1917 y. apr.da Petrograddan Tosh-kentga qaytdi va siyosiy voqealar ichida bo’ldi. Turkiston o’lkasi Musul- monlari Markaziy Sho’rosi raisi, “bir- lik tug’i” (qozoqcha) gaz.ning muharriri. Turkiston muxtoriyati hukumatining tashqi ishlar vaziri (1917-18), Bosh va- zir (1918 y. yanv. dan). Muxtoriyat qizil askarlar tomonidan tugatilgach, M.Ch. Toshkentga kelib, bolsheviklardan yashi- rindi. Keyin Tiflisda musulmonlar uchun “yangi dunyo”, “shafaq” gaz.larini chiqardi. 1919 y. Fev.da u Evropa davlat- lariga maxsus memorandum b-n muroja – at qilib, Turkistondagi istiqlolchilar kurashini qo’llab-quvvatlashga, bolshe- vikcha rejimni ag’darishgachaqirdi. M.Ch. muhojirlikda yashab, turli xalqaro an- jumanlarda ishtirok etdi, matbuotda maqolalari b-n qatnashib turdi. Jum- ladan, “Turkistondagi milliy kurash” (Parij, 1923) maqolasida o’lkaning mustaqillik yo’lidagi vazi-falarini ko’rsatib berdi. “Turkistondagi bosma- chidik harakati” (London, 1928) asari- da bu harakat milliy istiqlol kurashi ekanligini ta’kidladi. “O’rta Osiyodagi Sovetlar” (Parij, 1928) kitobida Turkistonda o’rnatilgan sovet rejimining asl mohiyatini ochib tashladi. M.Ch. 1929 y.dan boshlab tur- kiston Milliy birligi Markaziy qo’mitasining raisi bo’ldi. Parij va Berlinda o’zbek tilida “yosh Turkiston” jur.ni chiqarib, unga muharrirlik qildi (1929-39). Parijda nemislar tomonidan qamoqqa olinib, Kompen konslagerida tutqunlikda saqlandi. U erda yuqumli kasallikka chalinib va- FOT etdi. M.Ch. Berlindagi musulmonlar qabristoniga dafn etilgan (1942 y. 2 yanv.). M.Ch. rus, o’zbek, qozoq, turk, frantsuz, ingliz, nemis, polyak tillarida tur- kistonning 20-a. tarixiga oid ko’plab maqolalar, kitoblar yozdi. “1917 yil, xotira parchalari” (Berlin, 1937; o’zbek tilida) kitobi Shuhrat qozondi. Bu asari turk (Anqara, 1988), rus (Germaniya, 1989; Tokio—Moskva, 2001), o’zbek (Toshkent, 1992) tillarida alohida kitob bo’lib nashr qilindi. 2 jildli “tanlangan asarlar” kitobi (Olmaota, 1998— 99) qozoq va qisman rus tilida bosilib chik- Di. As: Turkestan pod vlastyu Sovetov, Parij, 1935; Istiqlol jallodlari (1917 y. xotiralari), T., 1992. Ad.: Sharafiddinov O., Mustafo Cho’qay, Cho’lpon, Otajon Hoshim, T., 1993; Iz istorii Rossiyskoy emigrasii: pis- ma A. 3. Validova i M. Chokaeva (1924- 1932 gg.), M., 1989; O’zbekistonning yangi tarixi, 2-kitob [O’zbekiston sovet mu- stamlakachiligi davrida], T., 2000; Raja- bov K,., Haydarov M., Turkiston tarixi, T., 2002. Qahramon Rajabov.