Musiqali film

Musiqali film – kino va televidenie asari; unda musiqa aso- siy o’rinni egallab, filmning Jan- ri va dramatik qurilishini belgilay- Di, syujet rivojlanishi, asar g’oyasi va qahramonlar ichki dunyosini ochishga xizmat qiladi. 20-y.larning oxirida ovozli kino b-n bir vaqtda M.f. ham rivojlana boshladi. Rivojlanishning turli bosqichlarida M.f.ning tuzilishi o’zgarib bordi. Dramaturgiya, musiqa, vo- kal, xoreografiya va ijrochilik san’ati sintezi turli ko’rinishlarda shakllana boshladi. Birinchi M.f. AQSh (“jaz xonanda- si” va b.)da, keyinchalik Germaniya (“ta- bassumlar mamlakati”, “Ko’rshapalak” va b.)da yaratilgan. 30-y.larga kelib M.f.ning asosiy janrlari — lirik ki- nokomediya, filmrevyu, operetta, opera, balet shakllandi. O’zbekistonda M.f. yaratish 40-y. lardan boshlandi. 2-jahon urushi yil- larida yaratilgan filmlarning aksari- yatini film-kontsertlar tashkil etdi. “Film-kontsert” (y. A’zamov), “Front- dagi do’stlarga”, “Vatan sovg’asi” (K. Yor- matov), “besh respublika kon-tserti” (3. Sobitov) va b. shular jumlasidan. “Doy- ra raqsga chorlaydi”, “musiqiy torla- rimiz siri” film-kontsertlari, “dil- barim” film-Komedi-yasi, “Dilorom” birinchi o’zbek film-operasi, “jon- langan miniatyuralar” (“Suhayl va Mex- ri”, L. Fayziev; M. Leviev) filmbale- ti va b. filmlarda musiqadan o’rinli foydalanishga, mav-zuga hamohang ekran tilini kashf etishga muvaffaq bo’ldilar. “O’zbektelefilm” da yaratil- gan “Shashmaqom” (T. Akromov), “Menga qo’shiqchizib ber” (L. Inozemseva), “Men balerina” (Sh. Mahbubov) kabi fil- mlarda milliy madaniyatni, o’zlikni anglash, qadri-yatlarimizni e’zozlash va yangi ijodiy izlanishlar ko’zga tashla- nadi. An’anaviy o’zbek aytim (vokal) va cholg’u musiqa san’atini tiklash va ri- vojlantirishni targ’ib qiluvchi “Xiva vaqti b-n soat ettida”, “Boysunda qor eriganda”, “Qalbingda xalq ohanglarini e’zozla” kabi film-kontsertlar o’zining milliyligi b-n ajralib turadi. 1987 y. O’zbekiston televideniesida birinchi bor “To’maris” (rej. N. Mahmudov; U. Mu- saev) telebaleti qo’yildi. “Maysaraning ishi” (M. Abzalov), “Yulduzimni ber, OS- mon” (F. Davletshin), “Monolog”, “sev – gi qo’shig’i” (Bahodir Zokirov), “mesh polvon” (M. Abzalov) va b. keyingi yil- lar yaratilgan eng yaxshi M.f.lardir. Mohina Ashirova.