Munke

Munke, mangu (1208-1259) -Mo’g’ullar davlatining 4-buyuk xoni (kroni), Chingizxonning nabirasi, Tu- lixonning to’ng’ich farzandi. 1251 y. Qoraqurumt bo’lgan qurultoyda bo- tuxonning qaroriga binoan qoonlik shohsupasiga o’tirgan. Qurultoy payti- da M.ning hukmdor etib saylanishiga qarshi chiqmoqchi bo’lgan O’qtoyxon ta- rafdorlari hibsga olinadi. 77 kishi qurultoydan keyin qatl etiladi, she- ramun va b. xonzodalar afv etiladi va mamlakatning turli chekka viloyatlari- ga jo’natiladi. M. dushmanlik ruhida bo’lgan Chig’atoy va O’qtoy uluslarini bo’ysundirish hamda tasarrufidagi erlar chegarasini Botuxonga tegishli bo’lgan Jo’ji ulusi sarhadlarigacha etkazishga muvaffaq bo’ladi. Chig’atoy ulusiga er- Gana xotun (Orqina xotun) hukmdor etib tayinlanadi. Chingiziylar imperiyasida Chingizxon asos solgan yakka hokimlik o’rnida Botuxon va M. rahbarligidagi ikki hokimlik vujudga keladi. Sharqiy Turkiston, Quljin, Ettisuv M. tasarru- figa kiradi. Movarounnahr Botuxonga bo’ysunadi. M. davriga muayyan viloyat yoki yurtning millati va dinini e’ti- bordan qochirmagan holda boshqarishga katta e’ti-bor qaratiladi. Shu bois qoon devonida barcha millat vakillari faoli- yat ko’rsatar, birorbir yurt, elat xalqiga qarata qabul qilinadigan qaror yoki mu- rojaatnomalar shu xalqning tilida va yozuvida bitilar edi. M. soliq undirishning O’qtoyxon vaqtida o’rnatilgan tartibini qayta joriy etadi va bu boradagi mavjud boshboshdoqlikka chek qo’yadi. Soliqning miqdori aniq belgilangan, asosan, pul shaklida yig’ilgan. Rashiduddin- ning fikricha, jonbosh solig’i Xitoy va Movarounnahrda eng kupi 15 dinor, Xu- roson va Eronda eng ko’pi 7 dinor, eng kami esa, 1 dinorni tashkil qilgan. M. Chingizxon vafotidan so’ng qabul qilingan barcha yorliq va payzalarni be – kor etadi. Natijada xonzodalar barcha amallarini buyuk qoonning noiblari b-n maslahatlashgan holda amalga oshirishga majbur bo’ldilar. M. 1259 y. Xitoyga qarshi olib bori- layotgan urush chog’ida vabo kasaliga chali- nadi va 8 kunlik xastalikdan so’ng vafot etadi. Uning jasadi o’g’li Asutoy tomo- nidan Mo’g’ulistonga keltiriladi. M. Burhon Xoldun mavzeida Chingizxon va Tulixon qabrlari yaqiniga dafn etiladi. Ad.: Rashid ad din, Sbornik letopi- Sey, t. 2, M. —L., 1960; Bartol D V. V., Sochineniya, t. 1, M., 1963; Abulg’ozi, Sha- jarayi turk, T., 1992; Mirzo ulug’-bek, To’rt ulus tarixi, T., 1994. Hamidulla Dadaboev.