MULTIPLIKASION FILM

MULTIPLIKASION FILM (lot. multiplicatio — ko’paytirish) — kino san’ati turi. Kinoasarlari chi- zilgan (rasmli multiplikasiya) yoki hajmiy (hajmiy multiplikasiya) ob’- ektlar harakatining ketma-ket fazalari- ni suratga olish yo’li b-n tayyorlanadi. Tasmaga tushirilgan raem va xdjmiy ob- razlarning sekundiga 24 kadr tezligida- gi proektsiya tasviri ekranda harakatni, ya’ni “jonlanish” ni yuzaga keltiradi. Multiplikasiya rasmli va hajmiy bo’lib, ularning har biri yana chizma, si- luetli, qo’g’irchoq, barelefli turlarga bo’linadi. Keyingi paytda kom-pyuterli multiplikasiya ham keng taraqqiy etib boryapti. Multiplikasiya kinematogra- fiya ixtiro etilguniga qadar bunyod etil- gan. Rasmli kino birinchi marta frantsuz rassomi va muhandisi E. Reynoning ancha mukammalroq moslamasi orqali 1892 y.da namoyish qilingan. Kadrmakadr suratga olish yo’sini bo’yicha ishlangan dastlabki rasmli filmlar muallifi — E. Kol. Hajmiy multiplikasiyaning asoschisi rus operatori va rej. V. Stare- VICh (“go’zal Lyukanida yoki Shoxdorlar va mo’ylovdorlar urushi”). Birinchi rasm- li M.f. — “Jasur chum-chuqcha” (V. Ar- sentev, 1969). 1978 y.da “O’zbekfilm” kino studiyasi qoshida qo’rirchoq. Va rasmli filmlar ijodiy uyushmasi tashkil etilgach, rasmli multiplikasi- yada janr va mavzu doiralari kengaydi; harakat va voqea tezligiga, yumorga e’- tibor kuchaydi (“Kvakva kvarteti”, “Lo- chin va Yulduz haqida ballada”, “sehrli samovar”, “Yulduzli ertak”, “sahroda ko’l” va b.). 80-y.larda turlarining im- koniyatlarini almashtirib turish US- lubiga asoslanib, yassi qo’g’irchoklardan keng foydalanishga o’tildi, multipli- kasiya b-n rasmli figura va jonli Per- sonajlarni qo’shib, suratga olish tajri- basi ijobiy samara berdi (“kor odam”, “Xrizantemalar bog’i”, “begona”, “Xo’ja Nasriddin”, “oyimning jumboklari” va b.). Ichki imkoniyatlardan dadil foy- dalanishi, umuminsoniy mavzulardan falsafiy xulosalar chiqara olish o’zbek multiplikasiyasiga muvaffaqiyat kel- tirdi. 1984 y. Leypsigda bo’lib o’tgan 27-xalqaro festivalda amerikalik fan- tast yozuvchi Rey Bredberi hikoyasi aso- sida yaratilgan “yoqimli yomg’ir yog’adi” (rej. N. To’laxo’jaev, rassom S. Ali- Bekov, kompozitor F. Yanov-Yanovskiy) filmi festivalning bosh sovrini “ol- tin kabutar” b-n taqdirlandi. 1987 y.da “O’zbektelefilm” ham o’zining M.f. “Nonvoy va yalkrv” (rej. M. Boymuha- medov)ni yaratdi. O’zbekiston mustaqilligidan so’ng filmlar o’zbek tilida suratga olina boshladi. Ular “O’zbekfilm” aktsiyador- lik jamiyatining multfilmlar ustaxo- nasida ishlanadi. O’zbek mumtoz shoiri va yozuvchilarining adabiy meroslari mul- tiplikasiya tasviriy vositalari yorda- mida ekranlashtirilmoqda. Multipdi- kasiyaning imkoniyatlari yanada kengayib bormoqda. Keyingi yillarda zamonaviy suratga olish ki-nokameralari b-n bir qatorda kompyuter yordamida filmlar yaratishga o’tilmoqda. “Sindbadning sar- guzashtlari”, “billiardxona voqeasi”, “Bahrom va Dilorom” (M. Mahmudov), “Oltin ketmon”, “kora saroy” (V. Niki- tin), “Yayugar quyon” (D. Vlasov), “Dalada- gi gullar” (N. To’laxo’jaev) va b. so’nggi yillar yaratilgan eng yaxshi filmlar- dir. M.f.lar bolalarni o’zaro yordam, ezgulik, do’stlik, ahillik, mehnatkash bo’lishga o’rgatadi. O’zbek M.f. larine dunyoga tanitishda rej.lardan D. Sali- mov, N. To’laxo’jaev, M. Mahmudov, A. Akbarxo’jaev, D. Vlasov, Q. Kamolova va b.ning xizmatlari katta. Mahsura Mirzamuhamedova.