MULTIPROGRAMMALASH

MULTIPROGRAMMALASH (multi… va programma) — turli masa- lalarga taalluqli bir necha dastur (Pro- gramma) ni raqamli hisoblash mashinasi (RHM) da bir vaqtda bajarish usuli. Ko’p dasturli rejimda RHM xotirasida bir yo’la bir necha masala dasturi bo’ladi. Bir dastur tugashi b-n (yoki bir dasturni bajarish kechiksa) M. 2das-turga o’tishga imkon beradi. Agar RHM bir vaqtda bir necha abonentning dasturi b-n band bo’lsa, u ko’p dasturli rejimda, bir abonentning dasturi b-n band bulsa, bir dasturli re- jimda ishlayotgan hisoblanadi. M.dan asosiy maksad — RHM qurilmalarining bo’sh turib qolishiga yo’l qo’ymaslik, ish unumdorligini oshirish. Boshkaruvchi dastur (monitor) bir dastur tugashi b-n 2dasturning bajarilishini ta’minlay- Di. M. apparat va dastur vositalari b-n amalga oshiriladi. Apparat vositalari-ga xotira muhofazasi va to’xtatishlarni tashkil qilish kiradi. Dastur vositala- ri dispetcherdasturlar va programmalash tillaridan iborat.