Multivibrator
Multivibrator (multi… va lot. vibro — tebrataman) — ikki kuchay- tirgich (lampa) li elektr tebranishlar generatori. Ikkala kuchaytirgich o’zaro musbat teskari aloqa b-n bog’langan. M.ning elektron lampalar, tranzistor, tiristor va integral sxemapardan yasal- gan bir necha variantlari bor. M.da te- branish birdaniga bir holatdan (lampa L1 — ochiq, lampa L2 — berk) ikkinchi teskari holatga (lampa L, — berk, Lam- Pa L2 — ochiq) o’tadi (1rasm). M.da Gts dan minglarcha kgs chastotali to’lqinlar hosil qilish mumkin. Tranzistorli M. keng qo’llanadi. Agar bir tipdagi (r—p—r yoki p—r—p) tranzistorlardan foydalanilsa, kuchaytirgichlar galmagal uyg’onadi (g, vaqtda bir kuchaytirgich, T2 vaqtda ikkinchi kuchaytirgich uyg’ongan holatda bo’ladi, 2rasm). Bunday M. ikki fazali M. de-yiladi. Ko’p fazali (p FA- zali) M.lar ham bor. M. televidenie, radiolokasiya va b.da aloqa impulelari olish, chastotani ko’paytirish va bo’lish hamda elektr zanjirlarni kontaktsiz almashlab ulashda qo’llanadi.