Musiqa nima?

Qani, bir tasavvur qilib ko’ring-chi: deylik, siz yog’och stolni barmog’ingiz bilan chertdingiz. Tovush hosil bo’ladi, sado chiqadi. Mabodo siz jomni ursangiz, u ham sado taratadi — daranglaydi. Darvoqe, uning sadosi bong deb ataladi. Sado — bu, yakka musiqali tovush. Musiqa — bu, sadolarni xush taraluvchi tovushlar guruhiga birlashtiradigan san’at turi. Biz ba’zida musiqani tovushlar tili deb ham ataymiz. Ba’zida esa kuy bir-birining ortidan takrorlanuvchi tovushlardan tarkib topadi. Ba’zan esa ular birgalikda, uyg’unlikda jaranglaydi. Gohida tovushlar bir-biri bilan to’qnashadi. Shunday bo’lsa-da, aksariyat hollarda bunday to’qnashuvlar ma’no-mazmunga ega bo’lishadi. Ohang tovushlarning ko’tarilishi, pasayishi yoxud bir tekis janbushi bilan belgilanadi. U xuddi shuningdek zarblar maromi, qismlarga bo’laklanishi, jaranglash sur’ati yoki avj bilan belgilanadi: sadolarning qattiqligi va yumshoqligi ahamiyatga ega bo’ladi. Bu tovushlarning barisi mexanik, sof texnikaviy yo’sinda dunyoga keladi. Ammo biz musiqadan huzurlanayotganimizda bu xususda o’ylab ham o’tirmaymiz. Biz, musiqa jismimiz va ko’ngilimizda uyg’otgan holatni har doimo ham so’z bilan ifodalab bera olmaymiz. Biz shunchaki, musiqa quvonch, qayg’u, shodlik, mayinlik, sevgi, nadomat — hamisha ham so’z bilan ifodalab bo’lmaydigan tuyg’ularning majmua ottenkasi qo’zg’atishini his etamiz. Musiqa, bizga qandaydir fikrlarni gavdalantirib berishi bilan emas, balki o’zining latifligi bilan xush yoqadi. Biz skripka, surnay yoxud boshqa musiqa asbobining birgina musiqaviy tovushi sadosidan ham huzurlanishimiz mumkin. Kuy uzoq vaqt yoqimli bo’lib qolishi, uni juda yaxshi tanib ajratib olish mumkin, amma biz har daf’a uni birinchi marta tinglayotgandek zavqlanaveramiz. Musiqa gimndan tortib simfoniyagacha — har xil shakllarda, xalq ohanglaridan boshlab operalargacha — har xil turlarda mavjud bo’ladi.