Notalarni kim ixtiro qilgan?

Uzoq zamonlar davomida musiqani yozib borishmagandi. Uni kuylashar yoki yoddan chalishardi. Musiqa bir ijrochidan boshqasiga o’tib yurdi va tabiiyki, zamonlar o’tishi bilan buzib talqin etila boshladi. Musiqani yozib borishning shunday bir yo’lini topish kerak bo’ldiki, toki u muallif tomonidan qanday to’qib yaratilgan bo’lsa — aynan o’shanday ijro etilsin. Shunday qilib, notalar ko’magida musiqani yozib borish usuli paydo bo’ldi. Bugungi kunda G’arb olamida qabul qilingan notali yorliq tizimi asrlar davomida — IX asrning oxirlaridan to 1700-yillarning boshlariga qadar yaratilgan edi. U Rim katolik cherkovning jome’ va monastirlarida vujudga keldi. Aksariyat kalisoviy ibodatlar qo’shiq tarzida kuylanar, biroq ularni yoddan kuylashardi. IX asrning oxirlariga kelib duolar va munojotlar kitoblarining matnlaridagi so’zlar ustida nuqtalar va tirnoqlar yozadigan, shuningdek jajji jimjimalar chizadigan bo’lishdi. Bu belgichalar hali notalar emas, ular faqat kuy yo’nalishini ko’rsatar va ustiga-ustak judayam noaniq edi. Milodning 900 yiliga kelib ancha muncha qulay usul o’ylab topishdi. Belgilarni sathiy-yotiq chiziqdan muayyan balandlik yoki pastlikda yoza boshladilar, bu narsa balandligiga ko’ra «FA» notasining tovushini bildirar edi. Bunday yozuv qayerda baland, qayerda past ovoz bilan kuylash kerakligiga ishora etardi. Notalar majmui rohib Gvido D’Aresso tomonidan ixtiro qilingan. U to’rt chiziqdan iborat bo’lgan. Bu usul har bir notaning davomiyligisi ko’rsatish imkonini yaratdi. U XIII—XIV asrlarda takomillashtirilgan edi. Notalar yangicha ko’rinishga ega bo’ldi, ulardan ba’zilariga o’zlarining davomiyligiga mos ravishda ilmoqchalar-tayoqchalar qo’shildi. 1600-yillarga kelib notalar dumaloq shakl kasb etdi, musiqaviy yozuv esa o’zining hozirgi ko’rinishiga ega bo’ldi.