Musiqashunoslik

Musiqashunoslik – san’- atshu-noslik sohasi, musiqa haqidagi fan. Musiqa nazariyasi, musiqa ta- rixi, musiqiy folkloristika (etnomusiqashu-noslik), musiqiy tanqid va musiqiy jurnalistika kabi aso- siy qamda boshqa fanlarga aloqador (musiqiy akustika, musiqiy psixolo- giya, musiqiy paleografiya, musiqiy estetika, musiqiy sosiologiya, musiqiy sharqshunoslik, musiqiy bibliografiya va notografiya va b.) sohalarni o’z ichiga oladi. Nazariy M., umuman musiqa san’ati yoki muayyan davr, biror xalq, shuningdek, ba’zi yirik kompozitorlar asarlari tu- zilish qoidalari, musiqa tili va kom- pozisiya xususiyatlarini tadqiq qiladi. Musiqaning ayrim ifodaviy vositala- ri garmoniya, polifoniya, musiqa shakli tahlili, orkestrlash, cholg’ushunoslik kabi fanlarda o’rganiladi. Musiqa uquvini rivojlantirishda solfeji- onnt ahamiyati katta. Tarixiy M. musiqa madaniyati taraqqiyotiga har tomonlama ta’rif be- rishni o’z oldiga asosiy maqsad qilib qo’yib, uni tarixiy jarayon, falsafa, mafkura, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlari rivoji b-n bog’liq holda yoritadi. Musiqaning umumiy tarixi- dan tashqari yirik mintaqalar (Evropa, Osiyo kabi), bularning munosabati (G’arb- Sharq yoki Sharq-G’arb), ayrim mamlakat- lar va xalqaro yoki muayyan davr musiqa ta- rixi (klassisizm, romantizm, impressi- onizm), shuningdek, musiqiy uslub, janr va shakllar (opera, simfoniya, kontsert va h.k.), ijrochilik san’ati va b.ning yuzaga kelish tarixini o’z ichiga oladi. Musiqa ijodiyotini tadqiq qilishda tarixiy M. musiqiynazariy taxlil ma’lumotlariga tayanadi, o’z o’rnida nazariy M. xulosa- lari to’liq va ilmiy bo’lishi maqsadida o’rganilayotgan hodisalarga tari-Xan yondashadi. Nazariya va tarixiylikning chuqur, uzviy aloqadorligi M.ning aso- siy shartlaridandir. O’rta va yaqin Sharq xalqlari musiqa san’ati qonunqoidalari tizimini o’rganuvchi ilmi musiqiy (musiqa ilmi) 8-9-a.larda (Yunus al-kotib, Xalil ibn Ahmad) shakl topgan. Ilmi tpa’lif, ilmi iyqo va ilmi advorpan tarkib to- pib, musika nazariyasi, tarixi, ijodi- yoti va ijrochiligi masalalari haqida bahs yuritgan. 14-15-a.lar manbalarida «ilmi advor» deb ham atalgan. Markaziy Osiyo madaniyatida ilmi musiqiy aso- san 3 ta uslubiy yo’nalishda rivojlan- gan: 1) musiqa ijodiyoti an’analarini Yunoniston (Aristotel, Aristoksen, Ptolemey) mantiq ilmi, mat.si va Fi- zikasi qonunqoidalari negizida umum- lashtirishga asoslangan ilmiyrasi-ona- listik yo’nalish (Forobiy, Ibn Sino, Abu Abdullox, al-Xorazmiy, Umar Xay- yom, Qutbiddin ash-Sheroziy, Faxriddin ar-Roziy va b.); 2) muayyan bir ijodiy uslub, maktab yoki musiqaning ma’lum bir soxasi (ashula yoki cholg’u ijrochi- ligi va h. k.)ni amaliy o’zlashtirishga mo’ljallangan amaliy-empirik yo’nalish (Banu Muso, Yahyo al-munajjim, Safiud- din al-Urmaviy, Najmiddin Kavkabiy, Darvishali Changiy va b.); 3) Qur’on, hadislar, shariat arkonlari va tasavvuf g’oyalari nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda musiqaning ma’naviy mo-hiyati, tarbiyaviy ahamiyati masalalarini o’rganishga bag’ishlangan diniy-ma’na- viy yo’nalish (Kalobodiy Buxoriy, Abu X°Mid G’azoliy, Boqiyo Noiniy, Ziyouddin Naxshabiy, Nurasad Chishtiy, Abdulhaq Dexlaviy, Hujviriy, Abbodiy va b.). Oxirgi yo’nalishda ilmi musiqiy ko’p hollarda «samo'» deb atalgan. Temu- riylar davrida ilmiyrasionalistik va amaliy-em-pirik uslublarni o’zaro mujassamlashtirishga yo’naltirilgan ta’limotlar vujudga keldi (Abdulqodir Marog’iy, Abdurahmon Jomiy, Zaynulo- biddin al-Husayniy, Kavkabiy va b.)- Ilmi musiqiyning muammolar tizimi musiqaning kelib chiqishi, uning ijti- moiy, ma’naviy, tarbiyaviy ahamiyati, kuy turlari (alhon) va janrlari, nag’ma, bu’d, jins, jam, iyqo, intiloqot (in- tonasiya), ta’lif (ijod, kompozisiya), cholg’ushunoslik (sinoatil-olat) va b. masalalardan tarkib topib, ularni o’rganishda mat. (riyoziyot), fizika (ilmi tabiiy), geometriya (handasa), mantiq va b. fanlar krnunqoidalari, isbot vosita- lari keng tatbiq etilgan. 20-a.ning bosh- laridan ilmi musiqiy Evropa va jahon musiqashunosligining ilg’or uslubiy tamoyillari b-n boyitilib, zamonaviy musiqa sharqshunosligining tari-xiy, uslubiy negizi va tarkibiy kismi sifa- tida rivojlangan (mas, A. Fitratning «O’zbek klassik musiqasi va uning ta- rixi», 1927 — Arab alif-bosida; yangi nashri, T., 1993). O’zbekistonda keng qamrovli M. 20-a. dan rivoj topa boshladi. 1920— 30 y.larda paydo bo’lgan ilk M. asarla- ri, asosan, shu davrda to’plana boshla- gan o’zbek musiqa merosini tizimli o’rganishga (V. Uspenskiy, N. Mironov, E. Romanovskaya, Il. Akbarov va b.ning maqola va kitoblari), milliy cholg’u asboblarni tasniflashga (V. Belyaev) qaratilgan. O’zbekiston kompozitorlik musiqa madaniyatiga oid birinchi yirik tadqiqot («O’zbek musiqasining rivoj- lanish yo’llari», rus tilida) 1946 y.da yaratilgan. Keyingi davrda o’zbek musi- kashunosligi, asosan, musika merosini keng miqyosda to’plash va tadqiq qilish (mas, «O’zbek xalq musiqasi», 1-9-j.lar, T., 1955-66; «Shashmaqom», I—VI jild- lar, T., 1966-75; I. Rajabov, «Maqomlar masalasiga doyr», T., 1963; F. Karo- matov, «O’zbek xalq musiqasi merosi», 1 — 2:j., T., 1978-83; T. G’afurbekov, «O’zbek professional musiqa ijodining folklor manbalari», T., 1984″), ayrim janrlarning shakllanishi (mas, ya. Pek- ker, «O’zbek operasi», M., 1963, 2nashr, 1984; N. Yanov-Yanovskaya, «O’zbek simfo- nik musikasi», T., 1979, rus tilida; T. G’afurbekov, «Milliy monodiyaning ijo- diy resurelari va bularning zamonaviy o’zbek musiqasida saykal topishi», T., 1987, rus tilida); o’zbek musiqasining 20-a. tarixi («O’zbek sovet musikasi ta- rixi», 1-3 j., T., 1972-1991, rus ti- lida), Sharq allomalari ilmiy merosi (mas, o. Matyoqubov, «Forobiy Sharq musiqa asoslari haqida», rus tilida, T., 1986; A. Nazarov, «Forobiy va Ibn Sino musiqiy ritmika xususida», T., 1995), o’zbek sozanda va xonandalari faoliya- ti («O’zbek xalq sozandalari», 1-2-ki- tob, T., 1959-74), musika chol-g’ulari va cholg’u musiqasi (F. Karomatov, «O’zbek cholg’u musiqasi», T., 1972; T. Vizgo, «Urta Osiyo musika cholg’ulari», M., 1981, rus tilida) va b. masalalarga oid yirik asarlar, tadqiqotlar, to’plamlar yara- tildi. 20-asrning so’nggi choragida tan olingan bir qancha dareliklar o’zbek ti- liga (T. G’afur-Bekov tahririda) tarjima qilindi, ilk musiqa lug’atlari (Il. AK- barov) va yangi dareliklar (T. Qurbonov, O. Azimova) yaratildi. O’zbek musikashu- noslari xalqaro musiqa anjumanlari- da faol qatnashadi, ularning asarlari chet ellarda nashr etilgan. Uzbekiston musiqashunosligiga Il. Akbarov, Ya. Pekker, T. Vizgo, F. Karomatli, I. Raja- bov, A. Jabborov, S. Galiskaya, N. Yanov- Yanovskaya, T. G’afurbekov, R. S. Abdullaev, O. Matyoqubov, A. Nazarov, R. Yunusov va b. salmokli qissa qo’shgan. Toshkent (2002 y.dan Uzbekiston) davlat konservatoriyasida 1940-y.lar- dan e’tiboran M.ning tarixiy, nazariy, folklorshunoslik, 1972 y.dan musiqiy sharqshunoslik, musiqiy tanqid va jur- nalistika yo’nalishlari bo’yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanadi. San’atshunoslik ilmiy tadqiqot iti- da nomzodlik (1981-92), dlik hamda nomzodlik (1992 y.dan shu kunga qadar) dissertasiyalari bo’yicha ixtisoslashgan kengash faoliyati doirasida Uzbekiston, Markaziy Osiyo va Zakavkaze M.gi uchun ilmiy darajali kadrlar tadqiqotlari himoyasi o’tkaziladi. Ikkala muassasada M.ka doyr aspirantura va doktorantura ochilgan. Abdumannon Nazarov, To’xtasin G’afurbekov.