Mutaziliylar

Mutaziliylar (Arab. — AJ- ralib chiqqanlar, uzoklashganlar) — is- lomdagi ilohiyot oqimlaridan biri. 8-a. o’rtasida Arab xalifaligida vujud – ga kelgan. Asoschilari Vosil ibn ato (699-748) va Amir ibn Ubayd (761 y. v.e.). Ular o’z guruhi b-n ustozlari Xasan al-Basriy (728 y. v.e.) maktabidan ajra- lib chiqqan. M. Qur’onni diniy haqiqatning manbai deb e’tirof etadi, uni so’zma-so’z emas, majoziy talqin qiladilar, rivo- yatlarga ko’r-ko’rona ishonishga qarshi chiqadilar. M. qadariylarning inson Iroda erkinligi haqidagi ta’limotini rivojlantirdilar va asosladilar. Ular 9-a.da o’zlarining aqidalar tizimini yaratdilar. Bungacha Islomda davlat dini va barcha uchun maj-Buriy deb e’tirof etilgan yagona aqidalar tizimi bo’lmagan. Chunki, dastlabki ikki yuz yillik davo- mida Islom turli fikr, maktab, mazhab, huquqiy firqalar yig’indisidan iborat bo’lgan. Shuningdek, xalifalar diniy, siyosiy muxolafatdagi harakat (xori- jiylar, shialar va b.)ga qarshi kurashuv- chi mafkuraviy qurolga zarurat sezayotgan edi. Shuning uchun xalifa Ma’mun (813— 833) M. ta’limotini davlat dini deb e’lon qildi. Xalifa farmoni b-n bar- cha qozilar, ilo-hiyotchilar, amaldorlar shu e’tiqoddami, yo’qmi, sinab Ko’rildi. M. aqidasi (xususan, Qur’onning yara- tilganligi)ni tan olmaganlarni ish- dan bo’shatdi, hatto o’lim jazo chorasini qo’lladi. Maxsus jazo muassasasi — “mihna” tashkil etdi. Ammo, majburiy choralarga qaramasdan M. ta’limoti xalifalikda umuman qabul qilinmadi, xalifa Mutavakkil davri (847-861)da esa M. ta’limoti “shakkoklik” deb e’- lon qilindi. M. aql-idrokni ilo-hiyot asosi deb e’tirof etgan, tasav-vufni inkor etishga uringan, o’zlarini yakkaxu- dolik (tavhid) va adolat (adl) tarafdor- lari, deb atagan. M.ning asosiy g’oyalari vaqti kelib shia ilohiyotchilari tomoni- dan o’zlashtirib olindi. M. keyinchalik Iroq va Eronda 11 — 12-a.larga, O’rta Osiyoda 13-14-a.larga kelib yo’qolib ketgan. Uning oxirgi vakillaridan biri Zamaxshariydpr. Ad.: Husniddinov 3., Islom: yo’nalishlar, mazhablar, oqimlar, T., 2000.