Muhammad Garay

Muhammad Garay, Geray, Girey (? – 1523) – Qrim xoni (1515— 23). Meng- li-Garaynmt katta o’g’li. Otasi davridayoq u rus davlatiga nisbatan adovat b-n qaragan. Katta qo’shinga boshchilik qilib, Rus davlatining Jan. viloyatlariga chopqun uyushtirgan (1507, 1512, 1513, 1515 y.lar). 1515 y.da taxtga o’tirib, Qrim xonligiga 8 ta rus shaharlari — Bryansk, Novgorod-Se-versk va b.ni, polyak qiroli sigiz-mundga Smolensk sh.ni berishni talab qilgan. 1516-17 y.larda rus erlariga yangi talonchilik yurishlari tashkil etishda qatnashgan. Qrimda rus davlati tarafdori bo’lgan Mirza Oppoqta’sirining ortishi qisqa muddatli rus-Qrim Ittifoqiga olib kel- gan. M. G. ruslarga qarshi Sigizmund b-n ittifoqda birlashib (1520), 1521 y.da Qozonda Shoh Alixon (Moskvaning buyuk knyazi Vasiliy III Ivanovichning gumashtasi)ga qarshi fitna uyushtirgan va ukasi Sohib-Garaynit xon bo’lishiga yordam bergan. M.G. Moskvani egallash uchun Qrim va Qozon tatarlariga bosh bo’lib yurish qilgan. M.G.ning qo’shini Moskvadan 60 km Jan.da to’xtagan, rus qo’shinlarining yaqinlashayotganidan xabardor bo’lgach, juda ko’p aholini asir olib qaytib ketgan. 1522 y. dek.da no’g’aylar b-n birga Astraxonga yurish uyushtirgan, shunda no’g’aylar mirzasi Agish tomonidan o’ldirilgan.