Muhammad Voris

Muhammad Voris (17-a.) – tarixchi va adib. Avrangzeb davri- da yashagan. M. V. “Shoh Jahonnoma” (“Shohjahon davri tarixi”) va “Zubdat ul-hikoyot” (“hikoyalar sarasi”) nomli fors tilida yozilgan asarlar muallifi. “Zubdat ul-hikoyot” bir necha tarixiy asarlar (“tarixi Tabariy”, Muhammad Avfiyning “Lubob ul-albob”, “Bobur- noma”, Abulfazl Allomiyning “tari- XI Akbarshohiy” va b.) asosida yozilgan bo’lib, undagi hikoyalarning ko’pchiligi Avrangzebga bag’ishlangan. “Zubdat ul- hikoyot”ni Ogahiy o’zbek tiliga tar- jima qilgan. Bu asar O’zbekiston FA Sharqshunoslik in-tida saqlanmoqda.