Muzeyshunoslik

Muzeyshunoslik, muzeologiya — muzeylar tarixi, ularning ijtimo- iy vazifalari, muzey ishi nazariyasi va metodikasi masalalarini o’rganadigan fan tarmog’i. M. tizimiga muzey ishi na – zariyasi, muzey ishi tarixi (muzey tarix- shunosligi b-n), muzey manbashunosli-g i , muzeylar va muzey tadqiqotlari FA- oliyatiga doyr barcha o’ziga xos tomonlar- ni o’rganuvchi ilmiy metodika kiradi. M. muzey buyumlarini jamlash, muzeyga keluvchilarni o’rganish jarayonida dala tadqiqotlari usullari va bevosita Mun- tazam kuzatuv ishlari, ijtimoiy usul- larni qo’llaydi. M.ning boshqa fanlar b-n xar tomonlama uzviy bog’liqligi uning ob’ektiv jihatdan murakkabli- gini belgilaydi. M. xam ijtimoiy, xam tabiiy fanlar b-n birdek bog’liq, ayniqsa, muzeyning mavzuiga oid fanlar va yordamchi fan sohalari (tarix, arxeo- logiya, geologiya, etnografiya, adabiyot- shunoslik, zoologiya, san’atshunoslik va b.) b-n umumiy tomonlari ko’p. M.da mu- zeylarning tabiat va jamiyatni o’rganish b-n uzviy bog’liq bo’lgan manbalarni jamlash, muzey buyumlarini ilmiy hujjatlashtirish, o’rganish va saqlash, ekspozisiya va ko’rgazmalar tashkil etish, ilmiyma’rifiy, g’oyaviytarbiyaviy fao- liyati va b.da namoyon bo’ladigan ijtimo- iy vazifalari ustida tadqiqotlar olib boradi. Muzeylarni to’ldirish, yodgorli- klarni hisobga olish, saklash va restav- rasiya qilishning ilmiy tamoyillari ishlab chiqiladi. M, sohasidagi ishlar yirik muzey- lar, ta’mirlash ustaxonalari va i. t. in-tlarida amalga oshiriladi. Xalqaro miqyosda muzey ishini muvofiklashti- rish va tajriba almashish ishlarini ko’p mamlakatlarda millim qo’mitalari bo’lgan YUNESKO qoshidagi xalqaro mu- zeylar kengashi (IKOM) amalga oshira- Di. Jaxrndagi ko’plab mamlakatlarda M. masalalariga bag’ishlangan jur.lar chop etiladi (YUNESKO ning “Museum” jur. va b.), ilmiy tadqiqot in-tlari, ilmiy markazlar, kafe-dralar mavjud. O’zbekistondagi yirik muzeylar- da M.ka doyr i.t. ishlari olib borila- Di. Ayniqsa, “muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish to’g’risida” O’zR Prezidentining 1998 y. 12 yanv.dagi farmoni M. sohasida buri- lish yasadi. Unga ko’ra, mamlakat mada- niyat ishlari vazirligi, boshka vazirlik va idoralarga tegishli barcha turdagi mavjud muzeylar faoliyatini muvofi- klashtirish, qo’llabkuvvatlash va ularga zarur ilmiy-uslubiy yordam ko’rsatishni ta’minlash maqsadida vazirlik qoshida muzeylarni qullab-quv-vatlash Respu- blika “O’zbekmuzey” jam-g’armasi tash- kil etildi. Uning faoli-yatining aso- siy yo’nalishlari qatorida M.da umumiy siyosatni amalga oshirishni ta’minlash, M. sohasida xalqaro aloqalarni, o’zaro foydali hamkorlikni rivojlantirish, O’zbekiston va xorijda keng ko’rgazma FA- oliyati orqali mamlakatning boy tarixi, bugungi yutuqlarini dunyo jamoatchili- giga tanitish, muzeylarda saqlanayotgan noyob eks-ponatlarni jahon miqyosida targ’ib etish; M.ka zamonaviy texnika vositalarini tatbiq etish, ulardan sa- marali foydalanishga oid dasturlar i.ch. va ularni amalga oshirishga ko’maklashish belgilandi. M. sohasiga oid ilmiy-ama- liy, ma’naviyma’rifiy, rangli “mo- ziydan sado” jur. nashr etiladi. Mashhura Sharipova, Gavhar Fuzai- lova.