Muz

Muz — qattiq holatdagi suv. M. asli shaffof, rangsiz, faqat katta xajmda- gisi moviyroq rangda. Qor va qirov ham aslida M. dan iborat. Erish t-rasi — 0°. M.ning 0°dagi zichligi 0,9168 g/sm3, ya’ni suvnikidan kamroq, shuning uchun suvda cho’kmaydi. M.ning molekulyar tu- zilishi bo’shliqlarni vujudga keltira- Di va shu tufayli uning zichligi kam. 0° dagi M.ning erish issikligi 79,4 kal/g, sublimasiya issikligi (qattiq holatdan to’g’ridan-to’g’ri bug’ga aylanishi) 677 kal/g, issiklik sig’imi 0,487 kal/g. Toza M. elektr o’tkazmaydi. M. plastik mas- sa, t-ra pasaygan sari PLA-stikligi ka- mayadi. Yuqori bosim ta’sirida (2000 ATM dan boshlab) M.ning yangi krisgalli xillari vujudga keladi. Tabiatdagi M. suvga nisbatan ancha toza bo’ladi, chunki M.da moddalar (1mn4g’dan tashqari) juda yomon eriydi. M. tarkibida mexa- nik aralashmalar — qattiq zarralar, kontsentrasiyalashgan eritmalarning tomchilari, gaz Pu-fakchalari bo’lishi mumkin. Tuz kristallchalari va namakob tomchilari tufayli dengiz muzi sho’rroq bo’ladi. Er sharida M.ning umumiy zaxi- rasi 30 mln. km3 chamasida. Quyosh siste- masidagi sayyoralar va kometalarda ham M. borligi to’g’risida ma’lumotlar mav- jud. Er sharidagi M.ning aksari qismi qutbiy o’lkalarda, asosan, Antarktidada to’plangan (bu erda M.ning qalinligi 4 km ga etadi). O’rta Osiyo tog’larining den- giz sathidan 3000 m dan baland joyla- rida muzliklar bor. Tekisliklarda esa qish sovuq kelgan paytlarda Daryo va b. suv havzalarida paydo bo’ladi. Ana shun- Day paytlarda, mas, Sirdaryo quyilish joyidan boshlab 2000 km masofada M. b-n qoplanadi. M.ning ba’zi xossalari boshqa mod- dalar xossalaridan keskin farq qiladi: bu esa tabiat jarayonlarida muhim rol o’ynaydi. M. suvga nisbatan engil bo’lganidan suv yuzidagi M.lar daryolar- ni va b. suv havzalarini tubigacha muzlab qolishdan saqlaydi. M. (0,45) va xusu- san qorning (0,95) yorug’likni qaytarish xossasi katta bo’lganidan M. va qor b-n qoplangan hudud (har ikkala yarim shar-dagi yuqori va o’rta kengliklarda yiliga o’rta hisobda 72 mln. km2 maydonni M. va qor qoplab yotadi) quyoshdan me’yordagi- dan 65% kam issik,lik oladi va er shari yuzasini sovitib turadigan kuchli manba hisoblanadi: hoz. iqlim zonalari ko’p jihatdan ana shu manbaga bog’liq. Atmosfera, suv ichi va ustidagi, er yuzasidagi va er po’stidagi M. o’simlik hamda hayvonlarning yashash sharoiti va xayot faoliyatiga ta’sir qiladi. M. bir qancha tabiiy ofatlarni keltirib chiqaradi (uchuvchi apparatlar, kemalar, inshootlar, t.y. va tuproqning muzla- shi, do’l urish, qor bo’ronlari, qor bo- sishi, dare o’zaniga muz tiqilib qolib toshqin bo’lishi, ekinlarni sovuq uri- shi va h.k.). Bunday zararli hodisalarni oldindan aytib berish, ularga qarshi kurashish va M.dan turli maqsadlarda foydalanish (dalalarda qorni tutib qolish, muzdan kechuvlar, izotermik om- borxonalar yasash, omborlarning yuzi- ni qoplash va h.k.), gidrometeorologik va muhandisliktexnik bilimlarning, maxsus xizmatlar (muz razvedkasi, qor ko’chkilarini ko’chirish, do’lga qarshi ku- rash ishlari)ning vazifasidir. Sport musobaqalari o’tkazish maqsadida sun’- iy yaxmalaklar ishlanadi. Tabiiy M.dan oziq-ovqat mahsulotlarini, biologik va tibbiy preparatlarini saklash hamda muzlatishda foydalaniladi.M.larning yig’indisi erning uzlukli po’sti — kri- osferani xrsil qiladi, ularning eng ko’p soni muzliklar shaklida mavjud. M.ni o’rganish b-n glyasiologiya, geokriolo- giya, qisman gidrologiya, meteorologiya va iqlimshunoslik fanlari shu-g’ullanadi.