Naddof

Ma’nosi

Naddof (arabcha-tarovchi, tituvchi)-o’rta asrlarda paxta yoki jun tituvchi, savalovchi kishi. O’rta Osiyoning yirik shaharlarida alohida mahallalarda yashagan. Ularning mehnati, asosan, kalavachilik-ip yigiruvchilarga paxtani chigitdan ajratib, savalab berishdan iborat bo’lgan. Naddoflar shahar aholisining eng kambag’al tabaqasi hisoblanib, bosqinchilik zulmiga qarshi qo’zg’olonlarda asosiy kuchni tashkil etgan.

O‘xshash so‘zlar

N harfiga oid tarixga oid ensiklopedik atamalar: barcha so‘zlar