PALME (PALME) ULOF

Ma’nosi

PALME (PALME) ULOF (1927.30.1 -Stokgolm — 1986.28.2) — Shvetsiya bosh vaziri (1969-76 va 1982 yildan). 1963 yildan bir qancha vazirliklarni boshqargan. Sotsial-demokratik ishchi partiyasi raisi (1969 yildan). Xalqaro nodavlat tashkiloti — “qurolsizlanish masalalari bo’yicha mustaqil komissiya” (“Palme komissiyasi”)ga rahbarlik qilgan. Terrorchi tomonidan o’ldirilgan.

O‘xshash so‘zlar

P harfi: barcha so‘zlar