Parazitizm

Parazitizm (Yun. parasitos — tekinxo’r, hamtovoq, parazit va ismos — kasallik holati) — (biologiyada) oziklanish orqali bog’langan va o’zaro moddalar almashinuviga asoslangan, genetik jihatdan turlicha bo’lgan orga- nizmlarning tarixiy shakllangan asso- tsiasiyasi. P.da bir organizm (parazit) ikkinchi organizm (xo’jayin)dan yashash muhiti va ozik, manbai sifatida foy- dalanadi: ikkala organizm ham o’zaro an- tagonistik munosabatda bo’ladi. Bundan tashqari, parazit—Xo’ja-yin munosabat- lari organizmda immunobiologik reak- tsiyalarni keltirib chiqaradi. Hayvonot dunyosining deyarli barcha tiplarida Pa- razitlik b-n hayot kechiruvchi turlar mav- jud. Ba’zi bir sinflar (so’rg’ichlilar, tasmasimonlar), hatto tiplar (sporali- lar, mikrosporidlar, tikanboshlilar) faqat parazit turlarni uz ichiga ola- Di. Bo’g’imoyoqlilar tipida parazitlar hasharotlar va o’rgimchaksimonlar sin- Fi vakillari orasida ko’p uchraydi. Umu- man er yuzida mavjud bo’lgan hayvonlar turining 60-65 mingi (4-5%) parazit hayot kechiradi. “P.”terminining kelib chiqishi Yunonistonda, Perikl davrida (mil. AV. 5-a.) mavjud qonunga asosan, ko’zga ko’ringan davlat arboblari keksa- lik yoshida davlat qaramog’iga o’tishgan. Ular uchun qurilgan maxsus pansionlar parasitariya, u erda yashovchilar esa Pa- ras(z)itlar deb atalgan. Rim imperiyasi davrida parazit so’zi o’zgalar hisobiga yashovchi ma’nosini anglatib, hoz. kun- gacha saqlanib qolgan. Bu so’z biol., ve- terinariya va tibbiyotda ham xuddi shu ma’noda kirib kelgan bo’lib, boshqa or- ganizm (xo’jayin) to’qimalari yoki hazm qilgan oziq moddalar b-n oziqlanadigan, uning ichki organlari yoki tana yuzasida vaqtincha yoki doi-miy yashaydigan orga- nizmni anglatadi. Rus olimi R. S Shul- Sning fikricha, P.ning 1 – mezoni uning yashash joyi; 2 – oziklanish usuli (meta- bolitik bog’liqligi) va 3 – xo’jayin or- ganizmiga patogen ta’siridan iborat. I. I. Mechnikov parazitizmni boshqa orga- nizmlar hisobiga yashovchi va oziqlanuvchi jonivorlardebta’riflagan. P. b-n bo- Glik hodisalar odam va hayvonlarda ancha batafsil o’rganilgan bo’lishiga karamay, uning kelib chiqishi va shakllanishi ma- salalarining ko’p jihatlari hozirgacha ma’lum emas. Bu avvalo hayvonlar EVO- lyusiyasi b-n bog’liq. Yashash joyiga ko’ra, P. tashqi — ek- toparazitizm (parazit xo’jayin tana-si- ning tashqarisida yashaydi) va ichki — endoparazitizm (parazit xo’jayin orga- nizmi ichida yashaydi), yashash mud-datiga ko’ra, vaqtinchalik (parazit hayotining ma’lum bir qismi parazitlik b-n o’tadi) va doimiy (stasionar) (parazitning hamma rivojlanish bos-qichlari para- zitlik b-n hayot kechira-Di) bo’ladi. Parazitlarni o’rganish va ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish b-n parazitologiya, gelmintologiya, mi- krobiologiya, virusologiya va fitopato- logiya shug’ullanadi. Evolyusiya jara-yoni- da organizmlar o’rtasida turli xil bio- logik, xususan, indifferent (be-taraf), simbioz (o’zaro foydali), an-tagonistik (qaramaqarshi) munosabatlar vujudga kelgan. Indifferent munosabatdagi or- ganizmlar bir xil sharoitda va bitta hududda birgalikda yashab, bir-biriga foyda yoki ziyon keltirishmaydi (mas, dengiz ostida yashovchi aktiniyalar, den- giz yulduzlari, qisqichbaqasimonlar). Simbioz munosabatda 2 yoki undan ortiq organizmlar o’zaro manfaatdorlik- da yashaydi. Bu munosabatlar asosida ija- Rada yashovchanlik (sinoykiya) va ozikla- nish orqali bog’lanish (kommensalizm) yotadi. Barcha parazitlar evolyusiya ja- rayonida erkin yashovchi orga-nizmlardan, ko’pchilik ektoparazitlar esa yirtqichlar oziklanish muddatining asta-sekin uzay- ishi natijasida kelib chiqqan. Ektopara- zitlar, ayniqsa, bo’g’imoyoqlilar orasida ko’p uchraydi. Uzok, evolyusiya jarayonida bo’g’imoyoqlilar umurtqali qayvonlar b-n oziklanish tufayli bog’lanishda bo’lishi orqali asta-sekin ektoparazitlarga aylanib borgan. Kanalar, parxo’rlar, patxo’rlar, junxo’rlar, bitlar va bur- galar xuddi shu yo’l b-n vujudga kelgan. Ko’pchilik umurtqasizlarning umurtqali hayvonlar terisi, jabra yoriklari yoki boshqa organlariga yopishib hayot kechi- rishi, ular asta-sekin botib kirib ozi- klanishga utishi tufayli ektoparazit- larga aylanib borgan. Infuzoriyalar va parazit qisqich-baqasimonlar bunga misol bo’ladi. Ba’zi hasharotlarning lichinkalari quruqlikdagi umurtqali hayvonlarning parazitlari hisoblanadi. Dastlab bu lichinkalar yaralardagi nobud bo’lgan to’qimalar yoki o’lgan hayvonlar b-n oziqlangan. Keyinchalik ular ti- rik to’qimalar b-n oziqlanishiga mos- lashib, haqiqiy parazitlarga aylangan. Endoparazitlarning kelib chiqishi ko’p jihatdan ektoparazitlarning evolyusi- yasi b-n bevosita bog’liq. Terida para- zitlik qiluvchi infuzoriyalarning bir guruhi va hasharotlar lichinkalari shu tariqa endoparazitlarga aylangan. Rus olimi V. A. Dogelning fikricha, erkin yashovchi umurtqasiz hayvonlarning TSI- stalari, tuxumlari yoki lichinkalari tasodifan ovqat hazm qilish organla- riga tushib qolib, u erda rivojlanish- ni davom ettirishi natijasida endopa- razitlarga aylanib qolgan. Ko’pchilik bir hujayralilar va nema-todalar shu yo’l b-n kelib chiqqan bo’lishi mumkin. Qon parazitlari P.ga yuksak darajada moslashgan bo’lib, dastlab ular ichakda parazitlik qilgan, keyinchalik turli yo’llar b-n qonga o’tib, u erda yashashga muvofiklashgan bo’lishi mumkin. Para- zitlarning hayot tsikli va tarqalishini o’rganish ularga qarshi kurash va, ayniqsa, kasallik-darning oldini olishda juda muhim. Bunda parazitlar, parazit ta- shuvchi va oraliq xo’jayinlar dorilar yordamida yo’qotiladi. Parazit (zararku- Nanda) o’simliklarga qarshi biologik ku- rashdan (mas, parda qanotli hasharotlar — yaydoqchilardan) keng foydalaniladi. Ad.: Abuladze K. I. i dr., Parazito- logiya i invazionnie bolezni selskoxo- zyaystvennix jivotnix, M., 1990; Akbaev M. Sh. i dr., Parazitologiya i invazion- Nie bolezni jivotnix, M., 2000. Jaloliddin Azimov, Erkinjon Sha- karboev.