Parazitologiya

Parazitologiya (parazit va … logiya) — parazit organizmlar sistema- tikasi, morfologiyasi, biol. si va eko- logiyasi, parazit va xo’jayin o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni, odam, hayvon va o’simliklarda parazitlar qo’zg’atadigan kasalliklarni va ularga karshi kurash usullarini o’rganadigan biol. Fanlari kompleksi. P. parazitning tuzilishi, hayot kechirishi, parazit yashashga mos- lashishi, rivojlanishi va geografik tarqalishini o’rganadi. P. muammolari biol.ning umumiy mu- ammolari b-n uyg’unlashib ketgan. Jum- ladan, parazitlarning morfologik va fiziologik moslashish muammolarini o’rganish “tur”ni nozologik jihatdan tushunish uchun asos bo’lib hisoblanadi. Amaliy jiqatdan P., Pa-razitar kasal- liklarga qarshi kurashning ilmiy asos- larini ishlab chiqish orqali odam va hayvonlarning salomatligini saklash- ga hamda o’simliklarni himoya qilishga qaratilgan. Hayvonot dunyosiga mansub parazit- lar zooparazitlar, ular paydo qiladigan kasalliklar invazion kasalliklar; o’simliklarga mansub parazitlar fito- parazitlar, ular keltirib chiqaradigan kasalliklar infektsion kasalliklar deyiladi. Binobarin, kasalliklarni infektsion va invazion deb tasniflash, kasallik qo’zg’atuvchisining hayvonot yoki o’simlik dunyosiga mansubligiga asos- langan. Hayvonot va o’simlik dunyosiga mansub parazitlarni lshkrobiologiya, epizzotologiya, mikologiya, fitopatolo- giya kabi fanlar o’rganadi. O’simliklar tarkibidan alohida guruh viruslar — vira ajratilgan. Xalq xo’jaligidagi ahamiyatiga ko’ra, P. umumiy P., tibbi- yot P.si, Agronomiya P.si, veterinariya P.siga ajratiladi. Umumiy P. shu fan- ning nazariy asoslari bo’lib, tirik or- ganizmlarning o’zaro munosa-batlarini, parazit organizmlar sis-tematikasi, parazitar kasalliklar Pa-togenezi, da- vosi va oldini olish tad-birlarini o’rganadi. Odamlarda kasallik paydo qiluvchi parazitlarni tibbiyot P.si, ma- Daniy o’simliklarda parazitlik qiluvchi gelmintlar va bo’g’imoyoklilarni Agro – nomiya P.si o’rga-nadi va ularga kar- shi kurash choralarini ishlab chiqadi. Q. x. hayvonlari parazitlari va ular keltirib chikaradigan kasalliklarni o’rganadigan xamda qarshi kurash usulla- rini ishlab chikadigan fan veterinariya P.si deb ataladi. Veterinariya P.si, o’z navbatida, parazit bir hujayralilarni o’rganadigan protozoologiya, parazit chu- valchanglarni o’rganadigan gelmintolo- giya, o’rgimchaksimonlar va hasharotlarni o’rganadigan Araxnoentomologiya fanla- riga ajratiladi. P. zoologiya b-n chambarchas bog’liq. Parazitlar morfologiyasi va sistema- tikasini bilish invazion kasalliklar- ga diagnoz qo’yish uchun zarur; ularning biol.si va ekologiyasini o’rganish esa uyg’unlashgan kurash choralarini ishlab chiqishning asosi hisoblanadi. P. epizo- otologiya va epidemiologiya, fiziologiya, biokimyo, farmakologiya, toksikologiya, immunologiya, patologik anatomiya va b. biol., tibbiyot, veterinariya, q. x. fan- lari b-n ham bog’langan. Zamonaviy P. biokimyo, immunologiya, elektron mikro- skopiya, molekulyar biologiya va b. fan- larning tekshirish metodlaridan foyda- lanadi. Parazit organizmlar to’g’risidagi dastlabki ma’lumotlar buyuk Vatando- shimiz Abu Ali ibn Sino asarlarida uchraydi. Olim “Tib krnunlari”da Aska- rida, ostrisa va rishta kabi parazit chu- valchanglar paydo qiladigan kasalliklar va ularni davolash to’g’risida anik, ma’- lumotlar beradi. P. 19-a.ga kelib mustaqil fan si- FA-tida shakllana boshladi. Bu mikro- Skopning takomillashuvi, ko’plab mi- Kro-skopik parazitlarning kashf eti- lishi va parazitlarning hayot tsikllari o’rganilishi b-n bog’liq. O’rta Osiyoda parazitologiyaga oid ma’lumotlar 19-a. ning 2yarmida Turkiston o’lkasi bo’ylab sayoxat qilgan rus naturalist olimi A. P. Fedchenko asarlarida uchraydi. U Bu- xoro, Samarqand va Toshkentda bo’lib, har xil hayvonlarning parazit chuval- changlarini yig’adi. Yi-g’ilgan materi- allarni Daniya va Germaniya mutaxassis- lari yordamida ishlash natijasida, ular- ning 24 turga mansub ekanligi anikla- nadi. 20-a. boshlarida O’zbekistonda P. sohasidatadqiqotlarning rivojlanishi rus olimlari K. I. Skryabin, E. N. PAV- lovskiy, V. A. Dogel, N. V. Badanin, L. M. Isaev va b.ning nomi b-n bog’liq. O’zbekistonda P. fani, yuqorida ta’- kidlaganimizdek, 4 yo’nalish bo’yicha tshakllanib, nazariy va amaliy muammo- larni xal etib kelmoqda: 1) umu-miy P.; 2) tibbiyot P.si; 3) veterinariya P.si; 4) Agronomiya P.si. Umumiy P. bo’yicha olib borilgan tadqiqotlar M. A. Sultonov, E. I. Gan, S. O. Osmanov, M. K. Qodirova, Q. S. Samadov, J. A. Azimov, T. K. Qobilov, S. Da- daeva, o. Davronov va b.ning ishlari b-n boglik. Tibbiyot P.si soxasidagi tadqiqotlarning rivojlanishiga L. M. Isaev, B. M. Sodiqov, P. M. Lerner, V. R. Le-melev, N. A. Dehqonxo’jaeva va b. hissa qo’shgan. Veterinariya P.si sohasida N. V. Badanin, E. X. Erga- shev, N. M. Matchanov, Sh. A. Azimov, R. X. Xaitov, B. S. Salimov, A. O. Ori- pov, A. Ro’zimuro-dov, M. Aminjonov, G. S. Po’latov va b. tadqiqot olib bo- rishgan. Agronomiya P.si sohasidagi tadqiqotlarni 20-a.ning 30-y.larida E. S. Kiryanova boshlab bergan. Keyincha- lik fitogel-mintologiya deb atala bosh- lagan bu fanning rivojlanishida A. T. Tulaganov va shogirdlarining xizmatla- ri katta bo’ldi. O. Mavlonov, 3. Norbo-eV, Sh. Xurramov, O. 3. Usmonova, A. I. Zem- lyanskaya, E. P. Azizova va b. fito-gel- mintologlar olib borgan tadqiqotlar tufayli eng muhim q. x. ekinlari fito- nematodalarining taksonomik tarkibi, biol.si, tarqalishi o’rganil-Di va ularga qarshi kurash choralari ishlab chiqildi. P. sohasidagi tadqi-qotlar O’zbekiston FA Zoologiya i.t. institutida, faning Qoraqalpog’iston filiali bo’limlarida, O’zbekiston veterinariya i.t. institu- tida, un-tlar, q. x. va tibbiyot in-tlari krshidagi ka-fedralarda olib boriladi. Ad.: Qulmamatov A., Umurtk,asiz Pa- razit hayvonlar, T., 1988. Jaloliddin Azimov, Erkinjon Sha- karboev.