Parij

Parij — Frantsiyaning poytaxti. Mamlakatning eng muhim iqtisodiy, siyosiy va madaniy markazi. Dunyodagi eng katta va go’zal shaharlardan. Il-de- Frans tarixiy viloyatining bosh shahri. Sena daryosi sohilida. Ikdimi yumshoq, mo”tadil, dengiz iqlimi. Yanv.ning o’rtacha t-rasi 3,4°, iyulniki 18,8°. Yil- lik yog’in 645 mm. Aholisi 2,1 mln. Kishi (1999). Atrofidagi shaharlar b-n Kat- ta P.ni tashkil etadi (aholisi 8,7 mln. kishi). Mil. AV. 1-a.da hoz. P. o’rnida gal- lar qabilasi bo’lgan pariziylarning Lyutesiya qishlog’i bor edi; rimliklar davrida yirik savdo markazi, mil. 3-4- a.larda Pariziya deb atalgan (Parij nomi shundan olingan). 497 y.dan Frank qirollari qarorgohi. Karolinglar davrida — faflik markazi. 885-886 y.larda P. normannlar qamaliga bardosh bergan. 987 y.dan P. frantsuz qirolligi poy-taxti. 14-15-a.larda P. bir qancha xalq harakatlari maydoniga aylangan. Yuz yillik urush davrida (1337-1453) P. inglizlar tomonidan bosib olinib, 1436 y.gacha ular qo’lida bo’lgan. 16-a. dagi diniy urushlarda P.ning siyosiy mavqei kuchaydi. 17-a.ning o’rtalarida, ayniqsa, 18-a.da P. Evropaning mada-niy markaziga aylangan. Frantsiya— Prussiya urushi (1870-71) davrida P.ni nemis qo’shinlari bosib oldi. 2-jahon uru- shi davrida P. gitlerchilarga qarshilik ko’rsatishning yirik markazlaridan bi- riga aylandi. Shahar 1944 y. 19-25 avg. da ulardan ozod qilindi. P. mamlakatda ishlab chiqariladigan sanoat mahsulotining 1/4 qismini be- radi. Sanoatning etakchi tarmoklari: mashinasozlik (xususan, avtomo-bilsoz- lik, elektrotexnika va Elektropika) va metallsozlik. Samolyotsozlik, stanok- sozlik, aniq mexanika va optika buyum- lari i.ch., harbiy sanoat ham salmoqli o’rin egallagan. Kime sanoatida rezina, dori-darmon, fotomateriallar ishlab chiqariladi. P.da tayerlangan galante- Reya va parfyumeriya hamda zargarlik bu- yumlari, tayyor kiy-imlar, safar anjom- lari, turistlar uchun esdalik buyumlari dunyoga mashhur. Tikuvchilik, qog’oz, po- ligrafiya, mebel, oziq-ovqat, qurilish materiallari sanoati rivojlangan. Tu- ristlar ko’p keladi. P. — transport yo’llarining yirik tuguni, dare porti. Shahardan I tomonga radial ketgan t.y.lar 2 qator xalqa yo’l b-n birlashtirilgan. 3 ta yirik Aero- port bor. P.da 1900 y.dan metropoliten ishlamoqda. Shahar radial-halqasimon qilib planlashtirilgan. Bir-biriga bog’lanib ketgan, shaklan o’ziga xos ansambllar si- stemasi sha-har qiyofasiga alo-hida husn bag’ishlaydi. Shaharning qad. Markazi Site o. bo’lgan. Bu erda gotika uslubi- da qurilgan Bibi Maryam ibodatxonasi (Notr-Dam, 1163-1257), Sent-Shapel butxonasi (1243-48) kabi yodgorliklar saqlangan. 16-17-a.larda P. salo-BAT- li poytaxt qiyofasiga kirgan. Ko’chalar, maydonlar plan asosida qurilgan. Luvr (1546-19-a. o’rtalari), Lyuksemburg saroyi (1615-21), Sorbonna un-ti va uningcherkovi (1629-53), nogironlar uyi (1671-76), nogironlar sobori (1680-1706), Vogezlar maydoni (1606— 12), val-degras monasti-ri(1645-71) bunyod etilgan. 18-a. va 19-a. Boshlarida P. markazida ulkan may-don barpo etil- Di. U Luvr maydonini, karusel (1806) maydonidagi arkni yangi Rivoli ko’chasi, Tyuilri bog’i, Elisey maydoni, de Goll maydonidagi Zafar darvozasi (1806-37) b-n birlashtiradi. Shu r-nning g’arbida turar joy kvartallari joylashgan. U Bulon o’rmoniga borib taqaladi. Da- Ryoning chap sohilida Panteon (1758— 90), Burbonlar saroyi (18-19-a.lar), Grand-Opera teatri binosi (1860-75), Eyfel minorasi (1889) qad ko’targan. 20-a.da P.da zamonaviy me’morlik uslu- bida Mars maydoni (1908-28), Shayo sa- royi (1936), 60-y.larda va 70-y.larning boshlarida YUNESKO binosi va b. Yangi majmualar bunyod etildi. Sena daryosiga 60 dan ziyod ko’prik qurilgan. P.da mamlakatning etakchi ilmiy tadqiqot in-tlari va oliy o’quv yurtla- ri joylashgan. Parij (Sorbonna) un-ti (13-a.), Frantsiya kolleji, konservatoriya, konchilik, san’at maktablari, q.x. in-ti, Frantsiya in-ti (tarkibida 5 akademiya mavjud), muzeylar (Luvr muzeyi va b.), 60 dan ziyod teatr (jumladan, “Grand- Opera”, “Komedi Fransez”), kontsert zallari, yirik ku-tubxonalar, kosmosni tadqiq qilish markazi, telemarkaz va b. bor. Shaharda sanoat va savdo birlashma- lari, yirik mahalliy va xorijiy ban- klar, davlat ma’muriy-boshqaruv idora- lari, siyo-siy partiyalarning rahbarlik organlari va h.k. joylashgan. Har yili P.da savdo yarmarkalari o’tkaziladi. P.da 1900 va 1924 y.larda 2 – va 8-Olimpiada o’yinlari bo’lib o’tgan. Shahar atro-fida o’rmonlar saqlangan.