Pul islohotlari

Pul islohotlari – milliy va- lyutani mustahkamlash, pul birligini barqarorlashtirish va pul muomalasini tartibga solish maqsadida davlat to- monidan mamlakat pul tizimini to’liq yoki qisman qayta tashkil etish. P.i. qog’oz pul belgilarining hammasi yoki bir qismi qadrsizlanganda va ularning hajmi ko’payib, yangisi (qog’oz yoki me- Tall) b-n almashtirish lozim bo’lganda, pulning oltin qiymati yoki valyuta kur- si o’zgarganda, pul tizimiga o’zgartish kiritish zarur bo’lganda o’tkaziladi. P.i. mamlakatdagi iqtisodiy holatga, pulning qadr-sizlanish darajasiga va davlatning siyosatiga bog’liq holda tur- li usullar-da: ortiqcha qog’oz pullarni yo’q qilish yo’li b-n pul hajmini kamay- tirish (deflyasiya); eski pul belgilarini yo’q qilib, yangi qog’oz pul belgilarini zarur mikdorda chikarish (nullifika- tsiya); eski pul belgilarini yirikroq yangi pul belgilariga almashtirish (de- nominasiya); pul birligi yoki qog’oz pul birligi kursining metall qiymati va chet el valyutasiga nisbatan kursini Pa- saytirish (devalvasiya); pul birligida- gi metall qiymati yoki qog’oz pul kursini tashki davlatlar valyutasiga nisbatan oshirish (revalvasiya) va b. shakllarda amalga oshiriladi. Sobiq Ittifoq (Rossiya)da 1922-23 y.larda eski 1 mln. rubl yangi 1 rubl- ga, Germaniyada 1-jahon urushi va un- dan so’nggi davrlarda pulning haddan tashqari qadrsizlanishi natijasida 1924 y.gi P.i. davrida yangi 1 marka eski 1 trln. markaga, Gresiyada 1944 y. noyab. da 50 mlrd. draxma yangi 1 draxmaga al- mashtirilgan edi. 2-jahon urushi yakun- lanishi arafasida va undan keyin bir qator xorijiy davlatlarda P.i. (Belgiya — 1944 y., Frantsiya, Daniya, Gollandiya va Norvegiya — 1945 y., Yaponiya — 1946 y., Avstriya — 1947 y.) amalga oshirildi. Hozirgi Markaziy Osiyo hududlarida muxim P.i. Amir Temur hukmronlik qilgan davrdan boshlangan. Uning ta- shabbusi b-n o’sha davrgacha muomalada bo’lgan mayda mis tangalar o’rniga si- Fat va hajm jihatdan bir necha marta ortiq bo’lgan, yirik qiymatga ega oltin va kumush tangalar zarb etila boshla- gan. Amir Temur tasarrufida bir necha zarbxonalar bo’lganligi va ularda zarb etilgan tangalar Evropada ham mashhur bo’lganligi haqida ko’p ma’lumotlar bor. Birgina G’arbiy Eron va Ozarbayjonda Amir Temurning nomi bitilgan 120 tur- dan ortiq oltin va kumush tangalar muo- Malaga kiritilgan. Mirzo Ulug’bek tomo- nidan 1428 y. amalga oshirilgan P.i.da ilgari zarb etilgan mis tangalarning muomalada bo’lishi taqiqlangan. Bir qator shaharlarda — Buxoro, Samarqand, Toshkent, Shohruxiya, Andijon, qarshi va Ter-mizda yangi tangalar zarb etila bosh- lagan. Eski tangalarni yangi tangalarga almashtirish tugallangandan keyin, FA- kat Buxorodagi zarbxona faoliyati sa- Klab qolinib, qolganlari yopilgan. Shayboniylar davrida ham tanga- lar zarb kilishda yangilik kiritilgan. Ol-dingi xukmdorlar tomonidan zarb etilgan tangalardagi yozuvlar ustiga yangi tamg’alar zarb qilinib, muomala- ga chiqarilgan. Bu davrda, asosan, dinor nomi b-n yuritilgan juda ko’p miqdordagi mis tangalar va vazni 3 g bo’lgan kumush tangalar muomalada bo’lgan. 19-a.ning boshlaridan Buxoro Amir- ligida vazni 4,5 g lik “tillo” nomi (oltin) b-n tangalar zarb etilgan. Ku- mushdan ishlangan tanga deb ataluvchi pul birliklari 1920 y.ga qadar muomala- da yurgan. Buxoro amirligida 1918 y.dan boshlab muomalaga nominali 20, 60, 100, 200, 300, 500, 1000, 2000, 3000, 5000 va 10000 tangalik qog’oz pullar chiqarilgan. 1921 y.da Buxoro Xalq banki muomalaga yangi, nominali rublda ko’rsatilgan qog’oz pullarni chiqara boshladi. Bu pullar 3000, 10000 va 20000 rubl nominaliga ega bo’lgan. 1922 y.da Buxoro Xalq banki tomonidan denominasiya amalga oshi- rilib, pulning nominali yuzlab marta kamay-tirilgan va 1, 5, 10, 25, 100 rub- llik yangi pullar muomalaga chiqarildi. Ammo ko’p o’tmasdan, kuchli inflyasiya natijasida past nominaldagi pul bel- gilari bozor ehtiyojlarini qondira ol- madi va 1000, 2500, 5000 rubllik pullar bosib chiqarildi. 1920-21 y.larda xo- razm Sovet Xalq Respubli-kasi (XSXR) tomonidan muomalaga 250, 500, 750, 1000, 2000, 5000 va 10000 rubl nominalida ipakdan qo’lda to’qilgan maxsus pul bel- gilari chikarilgan. Ushbu pullar XSXR tugatilganga qadar, ya’ni 1924 y.gacha muomalada bo’lgan. Yuqori inflyasiya na- tijasida 1922 — 23 y.larda XSXR to- monidan denominasiya amalga oshirilib, eski pullarning ustiga ularning yangi no-minalini ko’rsatuvchi tamgalar bo- silgan. 1921-22 va undan keyingi yil- larda P.i.ni o’tkazishga qaratilgan qator tadbirlar Turkiston ASSRda amalga oshirildi. 1923-24 y.larda Buxoro va Xorazm Xalq Respublikalarining pul belgilari RSFSR pul belgilari (rubl chervon) b-n almashtiriddi. Fuqarolar urushi davrida Turkiston frontlar halqasi ichida qolganda Toshkentda tur- kiston ASSRning puli — turkbonlar chiqarilgan. Keyinchalik 1921 y. 1 yanv. dan boshlab Turkistonda 3 oy davomi- da P.i. o’tkazilib, Turkbon RSFSR pul birligiga 10:1 nisbatda almashtirildi. 1947 y.da sobiqSSSRda P.i. o’tkazildi, mahsulotlarni taqsimlashda kartochka tizimi tugatildi va davlat kooperativ chakana savdosi nar-xida yagona tartib o’rnatildi. Muomaladagi hamma pul bel- gilari 10:1 nisbatda yangi pul belgila- riga almashtirildi. 1950 y.ga kelib ol- tin tovar za-xirasining ko’payishi, chet el valyutasiga nisbatan pul kursining oshishi, narxlar masshtabi o’zgarishi 1961 y.da muomaladagi pul belgilarini 10:1 nisbatda yangi pul belgilariga al- mashtirilishiga olib keldi. O’zbekiston Davlat mustaqilligiga erishgach, Rossiya o’z milliy valyutasini chiqargunga qadar boshqa sobiq it-tifoq respublikalari singari vaqtincha rubl zonasida qoldi va mamlakatda amalda bo’lgan iqtisodiy shart-sharoitlarni hisobga olib, o’z milliy valyutasini mu- omalaga kiritishni ikki bosqichda amal- ga oshirdi. Bi-rinchi bosqich: 1993 y.ning 15 noyab.dan ish haqi, pensiya, stipendiya, nafaqa va aholi daromadlarining o’z vaqtida to’lanishini, respublika ichki iste’mol bozorini ta’minlash maqsa- dida O’zbekiston Respublikasi hududida to’lov vositasi sifatida 1961-92 y.lardagi rubl banknotlari va Rossiya bankining 1993 y.dagi rubli b-n paral- Lel ravishda 1:1 nisbatda oraliq valyuta sifatida “so’mkupon” muomalaga kiri- tildi. O’zbekiston Respublikasi Marka- ziy banki muomalaga qiymati 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100, 200, 500, 1000, 5000, 10000 so’mkupon qog’oz pullarni chiqardi. Ik- kinchi bosqich: 1994 y. 1 iyulidan boshlab O’zbekiston Respublikasining milliy valyutasi so’m 1 so’m = 1000 so’mkupon nisbati b-n muomalaga kiritildi. Mar- kaziy bank muomalaga qiymati 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100 so’m bo’lgan bank qog’oz pulla- ri (banknotlar) va 1, 3, 5, 10, 20, 50 tiy- in bo’lgan metall tangalar chiqardi. O’zbekiston Respublikasi o’z milliy valyutasini muomalaga kiritishi, ikki bosqichli bank tizimi va musta-qil pul tizimi tashkil etilishi pul-kredit si- yosatinp erkin yuritish im-konini ber- Di. Hisobkitoblarni engillashtirish maqsadida 1997 y.dan boshlab muomalaga 200 so’mlik, 1999 y.dan 500 so’mlik va 2001 y.dan 1000 so’mlik bank qog’oz pul- lari (banknotlar) muomalaga chiqarildi. Fayzulla Mullajonov.