Publisistika

Publisistika (lot. Publicus – ij-timoiy) — davrning ijtimo- iy-siyosiy va b. dolzarb masalalariga bag’ishlangan adabiy ijod turi. P.ning vazifasi ij-timoiy fikr uyg’otish va uni shakllan-tirish, ma’lum maqsadga yo’naltirish, hujjatli faktma’lumot- lar asosida voqelik manzarasini yara- tishdan ibo-rat. Hoz. zamon ijtimoiy hayoti, unga aloqador o’tmish va kelajak faktlari P.ning predmetidir. Hayotda ijtimoiy faoliyat, ongqarashlarning salmog’i ortgan sari publisistning, ya’ni ijod-korning voqelikka faol ara- lashuvi, fikrni bevosita oshkora, dangal ifo-dalash tamoyili ham oshdi. P. fan, san’at, adabiyot asarlari tarkibiga to-bora ko’proq kirib bormoqda. Publisis- tik roman, pesa, kino asarlari pay-do bo’lmoqda. Voqelik faktlarini mantiqiy va obrazli umumlashtirib ifodalovchi ma- qola va b. yirik asarlargina emas, bal- ki matbuot janrlarining hammasi ham P.ga kiradi. P. mavzu xususiyatlari Ji- hatidan falsafiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-axloqiy, adabiy, tanqidiy; uslub jihatidan bahs-munozarali, tashviqot-targ’ibot, tanqidiy-tahliliy, hajviy ko’rinishlarga ega. P. janr jihatidan voqeiy-informasion (xabar, reportaj, hisobot), tahliliy (maqola), badiiy-publisistik (ocherk, feleton, pamflet, yozuvchi maqolasi) turlarga bo’linadi. P. hayot faktlarini chuqur taxlil va tadqiq etish, ya’ni ij-timoiy- publisistik tadqiqot orqali voqelikni kashf etadi. Shu jihatdan u ijtimoiy fanga yaqinlashadi. P. il-miy-nazariy xususiyatlarga ega bo’lishi, u yoki bu fan masalalarini publisistik maqola tar- zida talqin va tashviq etishi mumkin. P.ning shakli, ichki tuzilishi mantiqiy tafakkur va obrazlilikning o’zaro biri- kuvidan iborat. P. janrida obraz o’ziga xos me’yorda qo’llanadi. Publisist shax- siyati shoir shaxsiyati singari o’zining boy ichki dunyosi, nuqtai nazari b-n na- moyon bo’ladi. O’rta Osiyo xalklari tarixida P. ancha qadimiydir. P. xususiyatlari “Qobusnoma” (P-a.)da yaqqol ko’zga tash- lanadi. Navoiyning “Majolis un-nafo- is”, “Munshaot”, “Mahbub ul-qulub” asarlarida P.ning tugal xususiyatlari uchraydi. Navoiyning Abdurahmon Jo- miy, Pahlavon Muhammad, Sayid Hasan Ardasher va b. xaqidagi adabiy por- tretlarini publisistik ocherklar, deb atash mumkin. Navoiy nasriy asarlari- ni chuqur tadqiq etish uni o’zbek badiiy P.sining asoschisi, deb atashga imkon beradi. Publisistik xususiyat o’zbek mumtoz adabiyoti asarlari tarkibiga ham singib ketgan. O’zbekistonda ijtimo- iy hayotga doir dastlabki publisistik maqolalar “Turkiston viloyatining ga- zeti” sahifalarida chop etilgan. Biroq milliy uyg’onish (jadidchilik harakati) ning kuchayishi natijasida yuzaga kelgan milliy mat-buot o’sha davrdagi jami- yatning kamchilik va illatlarini ochiq- oshkora bayon etgan, hatto xalqaro hayotga oid muammolarni tezkor sharhlaganligi b-n ham qadrlidir. Ayniqsa, bunday maqolalar “taraqqiy” gaz.dan boshlab keng ko’lamda ko’rina boshlaydi. I. Obi- diy, M. Behbudiy, Fit-rat, Cho’lpon, u. Xo’jaev, A. Avloniy, H. Muin, M. AB- durashidxonov, S. AJ-ziy va b. hurfikr jadid ziyolilari qalamiga mansub o’lka va xalqaro may-dondagi ijtimoiy-si- yosiy, fan va ta’lim, madaniyat va san’- at, milliy siyosat va b. masalalarga bag’ishlangan publisistik maqolalar “Shuhrat”, “Xurshid”, “Osiyo”, “Sadoi Turkiston”, “Sadoi Farg’ona”, “Najot”, “Turon”, “Hurriyat”, “yurt” kabi gaz. va jur. sa-hifalarida chop etilgan. Xusu- san, beh-budiyning o’zi tomonidan nashr etilgan va bosh muharrirlik qilgan “Samarqand” gaz. hamda “oyna” jur. da chop qilingan maqolalari o’sha davr jamo-atchiligi tomonidan zo’r qiziqish b-n qarshilangan (“sayohat xotiralari”, “Til masalasi”, “bizni kemirguvchi il- latlar”, “ehtiyoji millat” va b.). 90-y.lardan so’ng o’zbek milliy jur- nalistikasida ham o’ziga xos o’zgarishlar kuzatildi. An’anaviy sharhlash jur- nalistikasi o’rniga yangiliklar jurna- listikasi paydo bo’ldi. Natijada Pu- blisistik janrlar axborot janrlariga ko’proq o’rin bera boshladi. P. keyingi yillarda yuqori bosqichga ko’tarildi. Ozod Sharofiddinov, O’tkir Hoshimov, Ibrohim G’afurov, Naim Karimov, Xurshid Do’stmuhammad, Erkin A’zam, Sultonmurod olim va b. o’zlarining dolzarb publisistik maqolalari bi- lan o’zbek P.siga munosib hissa qo’shib kelmoqdalar. P.ning yozma va og’zaki shakllari- dan tashqari grafik-tasvir (plakat, ka- rikatura va b.), fotokinematografik (hujjatli kino), teatr-dramatik (AGIT- brigada va b.) shakllari ham bor. Ad.: Gazetnie janri, M., 1971; Tog’aev O., Publisistika janrlari, T., 1976; Zo- hidov V. Y., Tanlangan asarlar, 3 j.li, T., 1976-78. Norali Ochilov.