Perlit

Perlit (Frans. perle — marvarid) — kontsentrik-po’stloqsimon struktu- rali nordon vulkan shishasi. Tarkibi nordon lavalarnikiga o’xshash. Unda SiO2 (65-75%), A12O3 (10-15%), oz mikdorda Fe2O3, CaO, MgO, SO3 va 1 — 9% gacha suv bo’ladi. Chizig’i bo’yicha sindirilgan- da pusti marvarid kabi yaltiraydigan kichik sharchalarga bo’li-nadi. Tekstu- rasi massivli yoki g’ovakli. P. Vulkanik shishani sovishida gidratasiya jarayoni qo’shilganda yoki vulkanik shishaga key- inchalik gidrotermal suv ta’sir etganda hosil bo’ladi. Zichligi 2300-2390 kg/m3, g’ovakligi 1,8—2% dan 70% gacha. P. 850-1200° gacha qizdirilganda yumshaydi, tarkibidagi suv bug’ga aylanadi, yumshagan jins shi- shib, 10-20 marta kattalashadi. Shish- gan P. donachalarining hajmiy og’irligi 30-40 dan 350-400 kg/m3 gacha bo’ladi. Ular qum va shag’al o’rnida, engil beton bog’lovchisi sifatida, issiklik izolyasiya materiallari tayyorlashda ishlatiladi. P.dan kimyo, neftni qayta ishlash, oziq- ovqat, dori-darmon, shisha sanoatlari va q.x.da foydalaniladi.