Pestisidlar

Pestisidlar (lot. pestis — maraz, caedo — o’ldiraman), zaharli kim-yoviy moddalar — o’simlik zarar- kunandalari va kasalliklari, begona o’tlar, shuningdek, yog’och, paxta tolasi mahsulotlari, jun, teri zararkunan- dalari, uy hayvonlarining xavfli ka- salliklari qo’zg’atuvchilariga qarshi kurashishda foydalaniladigan kimyoviy moddalar. Shuningdek, auksinlar, gib- berellinlar, defoliantlar, desikant- lar, retradantlar ham P.ga kiritiladi. P. tirik organizmlar hujayralariga ki-rib ularning fizik va kimyoviy xusu- siyatlarini o’zgartiradi. Hujayraning oqsil va b. moddalari b-n kimyoviy re-aktsiyaga kirishib, ularni cho’kmaga tushiradi, fermentlar faolligini za- iflashtiradi, modda almashinuvi ja- rayonini buzadi va hujayrani halokatga olib keladi. P. qo’llanish ob’ekti, organizm ichiga kirish yo’li, ta’sir qilish xarakteri va kimyoviy tarkibiga ko’ra tas-niflanadi. Qanday zararli organizmga qarshi ish- latilishi, ya’ni qo’llanish ob’ektiga qarab, P. quyidagi turlarga bo’linadi: insektisidla — hasharotlarni qirib tashlaydigan vositalar; antifidantlar — o’simliklar va materiallarni zarar- kunandalardan saqlaydigan moddalar; akarisidlar — o’simlikxo’r kanalarga; nematisidlar — o’simlik nematodala- riga; limasidlar — shilliqkurtlarga; Rodentisidlar — kemiruvchilarga; fungisidlar — zamburug’lar qo’zg’atuvchi kasalliklar-ga:bakterisidlar — bakte- riyalarga; gerbitsidlar — q.x. ekinlari orasidagi begona o’tlarga; arborisidlar — buta va chala buta o’simliklarga qarshi qo’llaniladigan vositalar; attraktant- lar — hasharotlarni jalb qiluvchilar, repellentlar — hasharot va qushlarni cho’chitadigan moddalar, algisidlar — suvo’tlarga qarshi qo’llaniladigan preparatlar va h.k. Kompleks ta’sir kuchiga ega bo’lgan P. ham bor. Mas, urug’likni dorilashda ishlatiladigan P. fungisid, bakteri- tsid, insektisid va b. vazifalarni baja- rishi mumkin. P.ning organizm ichiga kirish yo’li va ta’sir qilish xarakteriga ko’ra tas- niflashga zararkunandalarning ozikla- nishi asos bo’ladi. Mac, kemiruvchi og’iz apparatiga ega bo’lgan hasharotlar (chi- girtkalar, qo’ng’iz lichinkalari va etuk shakllari, kapalak qurtlari)ga modda- lar ularning og’zi orkali ichiga tushga- nida, sanchib-so’ruvchi og’iz apparatli hasharot (o’simlik bitlari, qandalar)ga esa zaharli vositalar ular tanasiga tek- kanida, ya’ni teri qoplami orqali (sir- tdan ta’sir qiluvchi P.) ta’sir kidali; bug’yo gaz holidagi zaharli kimyoviy mod- dalar nafas yo’llari orqali, shuningdek, o’simlik yoki hayvon shirasi b-n ozikla- nadigan hasharotlar to’qima-siga osongi- na singib, zaharlaydi. P. begona o’tlar, kasalliklar va za- rarkunandalarga qarshi kurashda eng sa- marali usullardan hisoblanadi. P. orga- nik va noorganik birikmalarning turli sinflariga mansub. Ularning ko’pchiligi sun’iy yo’l b-n olinadi. Eng muhim P. xlororganik va fosfororganik birik- malar, karbamin kislota hosilalari, o’simliklardan olinadigan (piretro- idlar), triazinlar ki-radi. Anorganik P.dan mis, oltingugurt va b. element- larning birikmalarini ko’rsatish mum- kin. Xlororganik P. universalligi b-n afzaldir. Ular juda ko’p tur zarar- kunandalarni yo’q qiladi, ta’sir kuchi uzoq muddat saqlanadi va issiqqonli hayvonlar uchun xavfi kam. Xlororga- nik P.ning kamchiligi ularning tashqi muhit, tuproq, o’simlik va suvda kimyo- viy jihatdan barqarorligi, ya’ni uzoq vaqtgacha parchalanmay saqlanib turi- shidir. Bu esa preparat qoldiklarining o’simlik mahsulotlari va hayvon orga- nizmi tarkibida yigilib qolishga olib kelishi mumkin. DDT kabi juda barka- ror preparatlardan foydalanish man qilingan. Fosfor organik P. yukrri biologik aktivlikka ega. Bu birikmalar o’simlik ichiga singib kirish va zahar kuchini ancha vaqt saqlab turish xususi- yati b-n boshqalardan AJ-ralib turadi. Ba’zilari barg yoki ildiz orkali sin- gib, oziq moddalari eritmasi b-n birga o’simlik tomirlari sistemasi bo’ylab tarqaladi. Bundan o’simlik shirasi b-n oziklangan zararkunandalar zaharlanib nobud bo’ladi; bu birikmalar ichdan ta’sir qiluvchi preparatlar deb ata- ladi. Boshqa guruh moddalari o’simlik to’qimalariga yuza singib, tomirlar orqali tarqalmaydi va qisman singuvchi preparatlar deb ataladi. Bular organizm ichida tana yuzasidagiga nisbatan ko’proq barqaror saqlanadi va bargning ishlov berilmagan orqa qismidagi zararkunan- dalarni ham nobud qiladi. Fosforor- ganik P.ga mansub insektisidlar, Fun- gisidlar, nematosidlar va gerbitsidlar bor. Deh-qonchilikda bunday insektisid va akarisidlardan fosfamid (bi-58), fozalon, karbofos, zolon va b.dan ko’p foydalaniladi. Sintetik piretroidlar bir necha tur o’simlik gullaridan olinadigan pire- trum moddasining analogi-dir. Keyin- gi yillarda piretroidlardan ko’pgina o’simliklarni zararkunan-dalardan himoya qilishda ko’p foydalanilmoqda. Bu birikmalar tanlab ta’sir qilish xususiyatiga ega. Ulardan juda kam (bir gektarga bir necha gramm ta’sir qiluvchi modda hisobida) sarf qilinganida ham zararkunandalarga samarali ta’sir ko’rsatadi. O’zbekistonda sintetik pire- troidlardan ambush, tsimbush, ripkord, sumisidin, desis va b.ni qo’llashga rux- sat berilgan. Ol-tingugurtli P. oddiy oltingugurt (oltingururt kukuni, kol- loidli oltingugurt, ohak-oltingugurt qaynatmasi va b.) asosida ishlab chiqariladi; bundan tashqari, oltingu- gurtli organik birikmalar ham mavjud. P. namlanadigan kukunlar, emul- siyalarning kontsentratlari, pastalar, granulalar, dustlar, aerozollar, suv- li eritmalar, eruvchan kukunlar va b. ko’rinishida ishlab chiqariladi. Shu b-n birga ularning tarkibida boshqa qo’shimcha komponentlar ham (suyulti-ra- digan, to’ldiradigan) uchraydi. P. purkash, changlatish, fumigasiya va boshqa usullarda qo’llanadi. Ayrim hollarda P.lardan noto’g’ri foydalanish flora, fauna, q. x. hayvonlari va odam- lar uchun xavfli holatlarni vujudga kel- tiradi. P.ni tanlashda ularning zaharliligi — kimyoviy moddalarning organizmni zaharlash xususiyatiga katta ahamiyat be- riladi. Zaharlilik darajasi — dozalar, ya’ni moddaning organizm hayot faoliyati- ni buzadigan yoki nobud qiladigan (taj- ribadagi hayvonlarning o’rtacha har kg vazniga to’g’ri keladigan mg hisobidagi zaharli modda) mikdori b-n belgilana- Di. P.ning zaharliligi, odatda, tajriba- dagi bir guruh hayvon (kalamush, sichqon) ma’lum qismining nobud bo’lishi b-n sarflangan dozani qiyoslab aniklanadi. P.ning bundam dozalari O’D50 (tajriba- dagi hayvonlarning 50% ni o’ldiradigan doza) belgisi b-n ifodalanadi. Qabul qilingan tasnifga ko’ra, P. zaharliligi shartli ravishda 4 guruhga bo’lingan: o’ta zaharli (O’D50 50 mg/kg gacha); zahari kuch- li (O’d5a 50-200 mg/kg); o’rtacha zaharli (UD50 200 — 1000 mg/kg), zaharlilik da- rajasi past bo’lgan P. (O’D50 1000 mg/kg dan ortiq). P.ning rasmiy tavsiya qilingan doza yoki kontsentrasiyasidan ortiq olinganda, qo’llash usuli hamda muddati noto’g’ri tan- langanda, shuningdek, iqlim sharoitlari hisobga olinmaganda ular o’simlikning kuyishiga, gulchangi hayotchanligining Pa- sayishiga, urug’chining nobud bo’lishiga va natijada hosilning kamayishiga sabab bo’ladi. O’simliklar P. b-n if- loslanishi, mevasi esa badbo’y hid va yoqimsiz mazaga ega bo’lib qolishi, shu- ningdek, o’simlik sirtida bu moddalar odam va hayvonlar uchun xavfli miqdorda to’planishi mumkin. P.ning muntazam qo’llanishi tufayli, ko’pincha zararli organizmlarda ularga nisbatan chidam- lilik vujudga keladi. Zararkunandalar- ning ma’lum P.ga chidamli irklarining vujudga kelmasligi uchun har bir zarar- kunandaga qarshi mo’ljallangan prepa- ratlar turi ko’p bo’lishi va ular almash- lab qo’llanilishi kerak. P.ning odam, hayvon, o’simlik, suv va umuman atrof muhitga salbiy ta’- si-ring oldini olish uchun ularni qo’llashda faqatgina zararkunandaga emas, balki biosenozgya ham ta’sirini, ya’ni oqibatini oldindan hisobga olish kerak. P. zararkunandalarni yo’q qilib yuborish vositasidan ular sonini tar- tibga solib turadigan vosi-talarga ay- lanishi kerak. Amalda foydalanilayotgan va i. ch. ga tavsiya etiladigan P. Respubli- ka qishloq va suv xo’jaligi vazirligi huzuridagi maxsus komissiya tomonidan o’rga-nib chiqiladi va foydalanishga tav- siya etiladi. Ad.: Sistema integrirovannoy zatshi- ti xlopchatnika, T., 1976; Melnikov N. N., Pestisidi: ximiya, texnologiya i pri- menenie, M., 1987. Abdukarim Zikiryoev.