Petrarka (Petrarca) Franchesko

Petrarka (Petrarca) Franchesko (1304.20.7, Aresso — 1374.19.7, Ar- KUA, Paduya shaxri yaqinida) — italyan shoiri, italyan adabiy tilining asos- chilaridan biri, faylasuf. Monpe- Le (1316), Bolonya (1320) un-tlarida xuquqshunoslikdan ta’lim olgan. 1326 y. Avinonga ko’chib borib, liniy Rut- Bani qabul qilgan va oliy martabali ruhoniylar b-n yaqinlashgan. P. o’rta asr aqidalaridan mutlaqo xoli bo’lmagan esada, Uyg’onish davri- ning gumanizm g’oyalari b-n yo’g’rilgan ma- daniyatiga tamal toshini qo’ygan. P. lo- tin tilidagi “dunyoga nafrat to’g’risida” (1342-43) falsafiy risola, “Uzlatdagi hayot to’g’risida” va “ro-hiblar farog’ati to’g’risida” (1346-66) risolalari mual- lifi. P. she’riyatni o’rta asr maddoxla- ri hujumidan himoya qilar ekan, uning katta tarbiyaviy va estetik qimmatga ega ekanligini alo-hida ta’kidlaydi. P. “O’zimning va boshqa ko’plab kishilar- ning johilligi to’g’risida” (1367-70) asarida Aristotel “Etika”sida bayon qilingan mavhum fiqolarni rad etadi qamda amaldagi axloq me’yorlarini va insonni yaxlit holda o’rganish g’oyasini af-zal, deb hisoblaydi. P.ning “avlod- larga maktub” (1374) nomli muxtasar avtobiografiyasi ham muayyan axamiyatga molik. P. antik dunyoni ideallashtirgan Ev- ropa shoirlaridan biri sifatida lotin shoirlarining qo’lyozmalarini to’plab, ularga sharhlar ezdi, ayni paytda o’z asarlari b-n klassik lotin tilini ti- klashga urindi. Agar uning lotin tili- dagi “Afrika” (1339-42, tugallanma- gan) dostoni Vergiliyning “Eneida”si uslubida yozilgan bo’lsa, majoziy maz- mundagi “Bukolikalar” (1346-57) asa- ri cho’ponlar eklog (qo’shiq)lariga tatab- bu tarzida maydonga kelgan. P. italyan tilida xam ijod qilgan. Uning italyan tilidagi lirik asarlarida ishqiy va siyosiy mavzular ustuvorlik qiladi. P.ning “mening Italiyam” asarida Vatan jarohatlangan go’zal ayol qiyofasida gav- dalanadi. P. ijodida Lauraga bag’ishlangan lirik she’rlar turkumi, ayniqsa, katta badiiy qimmatga ega. Shoirning e’ti- rof etishicha, u Laurani 1327 y. Avinon sh.dagi ibodatxonalarning birida uchra- tib, uni bir umrga sevib qolgan. P.ning Lauraga bag’ishlangan she’riy turkumi “Kansonere” deb atalgan (“Madon- na Laura hayotiga” va “Madonna Laura o’limiga”, 2 qism). 317 sonet, 29 kanso- na, 9 sekstina (to’qqizlik), 7 ballada va 4 Madrigaldan tashkil toptan “Kanso- nere” o’ziga xos she’riy kundalikdir. P., salaflaridan farkdi o’laroq, sevim- li ayol ob-razini aniq-tayin va hayotiy belgilar b-n boyitgan. Shu sababdan ham uning lirikasi nafaqat italyan, balki Evropa lirikasi taraqqiyotida yangi dav- rni tashkil etadi. P., lirik she’rlari- dan tashqari, tersina (uchlik) b-n yozilgan “Tantanalar” (1354) majoziy dostonini ham Lauraga ba-g’ishlagan. P. lirikasi, ayniqsa, sonetlari Evropa shoirlari ijodiga katta ta’sir ko’rsatgan. Uzbek she’riyatida Usmon Nosir, Rauf Parfi va B. Boyqobilov singari shoirlar ijo- dida sonet janrining paydo bo’lishi va taraqqiyoti ham P. ijodining ta’siri samarasidir. P.ning bir qancha sonetla- ri uzbek tiliga tarjima qilingan. As: Lirika, M., 1981; soneti, iz- brannie kansoni, sekstini, balladi, madrigali, avtobiograficheskaya proza, M., 1984. Ad.: Xlodovskiy R. I., Franchesko Pe- trarka. Poeziya gumanizma, M., 1974. Naim Karimov.