Piyoda askarlar

Piyoda askarlar — quruklikdagi qo’shin turi. Umumqo’shin janglari- da dushmanga zarba berish va uning hududlarini zabt etishga mo’ljallangan. Har qanday ob-havo sharoitida, qaysi fasl bo’lishidan qat’i nazar, uzoq mud- dat davomida harbiy harakatlar olib bo- ruvchi P.a. eng qad. qo’shin turidan biri hisoblanadi. Misr, Yunoniston, Rim kabi quldorlik davlatlarida P.a. aso- siy qo’shin turi bo’lgan. Ayni chog’da qad. Sharq mamlakatlari (Ossuriya, Eron), Makedoniyada otliq askarlardan tuzil- gan qo’shin turi etakchilik qilgan. Turk xoqonligi, Somoniylar, Xorazmshohlar, Qoraxoniylar, Saljuqiylar, G’az- naviylar, Chingiziylar qo’shinida har- biy kuchlarning asosini suvoriylar tashkil etgan. Chingizxon qo’shini zabt etgan mamlakatlar aholisidan majbu- riy tartibda tuzilgan hasharnp hisobga olmaganda, P.a.ga ega bo’lmagan. Amir Te- Mur qo’shinida qal’a, qo’rg’on, hisorlarni muhofaza qilishda faoliyat ko’rsa-tuvchi P.a. mavjud bo’lgan. 6-7-a.larda G’arbiy Evropada P. a. ko’ngilli lashkarlardan tuzilgan. P.a. og’ir hamda engil turlarga bo’lingan. Og’ir P.a. erkin va mulkdor shaxslar- dan tashkil topgan. Ular nayza, qilich, qalqon, zirh (sovut), dubulg’a b-n qurollangan. Muhofaza anjomining og’irligi 30 kg atrofida bo’lgan. Engil P.a. jumlasiga yoyandozlar, nayzadorlar va palahmonchilar kiritilgan. Bu P.a. tu-riga, asosan, oddiy xalq vakillari jalb qilingan va ular yoy, palahmon, engil nayza va kalta nayza b-n ta’min- langan. 8-9-a.larda yirik davlatlar- ning tarkib topishi tufayli harbiy xizmat zodagonlarning imtiyoziga ay- langan. Natijada erkin hunarmand va dehqonlardan tuzilgan avvalgi lashkar- lar o’rnini risarlar egallagan. G’arbiy Evropada otliq askaryaarttt vujudga ke- lishi P.a.ning rolini ma’lum dara-jada pasaytirdi. Sharqiy Evropa davlatla- rida esa P.a. otliq askarlar qatori o’z mavqeini saklab qoldi. 16— 17-a.larda G’arbiy Evropa mam- lakatlarida doimiy yollanma armiyalar tashkil topgan bo’lib, P.a. qo’shinning 1,5, ba’zan 2/3 qismini tashkil etgan. Shu paytda 8-12 va undan ortiq rotalardan iborat P.a. polklari tuzilgan, so’ngra 2-4 rotadan iborat batalon vujudga kelgan. 18-a. boshlariga kelib qo’shinlar miqdorini ortishi sababli Frantsiya, Rossiya va b. Evropa davlatlarida P. a.dan tuzilgan diviziya shakllangan. 19-a. bosh- larida esa P.a. korpuslari paydo bo’lgan. Birinchi jaxrn urushi (1914-18) bosh- larida yirik davlatlarning armiyasida P.a. diviziyasi 16-21 ming askardan iborat etib tuzilgan. Diviziya tarkibi- da P.a.dan tashqari to’pchilar, otlikdar va sapyorlar bo’linmasi ham kirgan. P.a. korpusida 43-48 ming askar bo’lib, u 2-3 P.a. va otliq askarlar diviziyasi yoki briga-dasidan iborat edi. Ikkinchi jahon urushi (1939-45) da artilleriya, aviasiya va h.k. harbiy kuch- lar turlarining roli ortishiga karamay barcha armiyalarda ham P.a. ko’pchilikni tashkil qildi. Urushdan keyin yirik davlatlarning qurolli kuchlaridagi P.a.ning to’liq motorlashtirilishi va mexanizasiyalashtirilishi, shuning- dek, jangovar bronetexnika va eng yangi qurollar b-n ta’minlanishi uning Jan- govar salohiyati va yovga zarba berish qudratini yanada oshirdi. 1957 y.da sobiq sovet qurolli kuchlari tarkibidagi o’qchi va mexanizasiyalashgan diviziyalar qo’shilib, motoo’qchi divi-ziyalar yuzaga keldi. P.a. o’rniga yangi qo’shin turi — motoo’qchi qo’shinlar paydo bo’ldi. AQSh hamda Buyuk Britaniya, Frantsiya, Ispa- niya singari NATO tarkibidagi qator davlatlarning qurolli Kuchlarida P.a. muntazam, motorlashtirilgan va havo de- Santi kabi turlarga taqsimlanadi. O’zbekiston Qurolli Kuchlarida P.a. quruklikdagi qo’shinlarning asosini tashkil qiladi. Quruklikdagi qo’shinlar Qurolli kuchlarning eng ko’p sonli turi bo’lib, boshqa qo’shin turlarining birgalikdagi harakati b-n Tajo-vuz- ni qaytarish, zarur bo’lganda esa dush- manni tormor qilishni hal etish uchun mo’ljallangan. Ad.: Razin E.A., Istoriya voennogo is- kusstva, t. 1-3, M., 1955-1961. Hamidulla Dadaboev.