Pnevmotoraks

Pnevmotoraks (Yun. Pneuma — havo, nafas va thorax — ko’krak) — plevraning visseral (ichki) va parie- tal (tashqi) varaqlari oralig’iga havo to’planishi; patologik holat. P. bir to- monlama yoki ikki tomonlama, to’plangan havoning miqdoriga qarab qisman yoki to’liq (Total) bo’lishi mumkin, bunda o’pka qisman yoki to’liq puchayadi (kollaps holatiga keladi). Ochiq, yopiq va klapan- li P. ajratiladi. Agar nafas olganda havo plevra bo’shlig’iga erkin kirsa va nafas chiqarganda erkin chiqsa, ochiq P.; plevra bo’shlig’iga havo kirgan teshik berkilib qolsa va havo tashqariga chiqa olmasa, yo p i q P. de-yiladi. Nafas ol- ganda havo plevra bo’shlig’iga kirsa-yu, nafas chiqarganda biror sabab b-n chikma- sa plevra bushli-g’ida havo bosimi ortib boradi, bu klapanli yoki vintelli P. deb ataladi. Kelib chiqishiga ko’ra, travma- tik, operasion, spontan va sun’iy P. farqlanadi. Travmatik P. kukrak qafasi yoki o’pka to’qimasi shikastlani- shi natijasida, operasion P. ko’krak qafasi a’zolarida xirurgik muolajalar o’tkazilganda vujudga keladi. Spontan P. o’z-o’zidan, hech bir sa-babsiz ko’krak qafasi va o’pka to’qimalarida jarohatsiz plevra bo’shlig’ida havo to’planishi b-n kechadi. Lekin har bir holda ham o’pkada kam ifodalangan o’zgarishlar paydo bo’lishi isbotlangan. Spontan P. ko’proq20—40 yoshli erkaklarda, ayollar- ga nisbatan ko’proq uchraydi. Ko’pincha spontan P. o’tkir yoki o’rtacha o’tkir tarz- da kechadi. To’liq sog’lom vaktida fizik zo’riqish ta’sirida, yo’tal xurujidan keyin to’satdan ko’krak qafasida kuch- li og’riq, hansirash, quruq yo’tal, yurak urishi, ba’zan tsianoz paydo bo’ladi. Klapanli P. kasallikning eng ogir shak- li bo’lib, unda nafas va yurak faoliyati buzila-Di; nafas etishmasligi, og’riq va tsianoz ro’yrost ifodalanadi. Bemor tal- vasa holatiga tushadi, nafas olish tez va yuzaki bo’ladi. P. diagnozi ko’krak qafasini fizi- kal tekshirish, plevrani punktsiya qilish va rentgenoskopiya tahlillariga ko’ra aniqlanadi. Bemor, asosan, kasalxonada davolanadi. Konservativ davo naf ber- masa, xirurgik usul qo’llanadi.