Poyabzal

Poyabzal — oyoq kiyimi. Oyoqni is-siq, sovuq, nam, loy, chang va shikast- lanishdan saqlaydi. Ibtidoiy odamlar- ni tabiat noqulayliklari (issiqsovuq, yomg’ir-qor, chang-to’zon, tikanak kirishi, chag’ir tosh botishi, ilonchayon chaqishi va b.) oyoqlarini biron-bir narsa b-n himoya qilishga majbur qilgan. Ular qaerda (issiq yoki sovuq o’lkalarda, seryog’in yoki qurg’oqchil joylarda, pasttekisliklar va tog’li joylar-da) yashashlariga qarab, yalang oyoq yurishgan, chipta kavush, choriq, yog’och, kigiz, charm yoki mo’yna P. kiyishgan. Ularni to’qish, yo’nish va tikish usullari asta-sekin takomillashtirilib boril- gan. Mas, ilgari O’rta Osiyo xalqlari, asosan, etik, maxsi, kavush kiyishgan. P., asosan, qo’lda tikilgan. Ke-yinchalik (19-a. o’rtalaridan), botinka, tufli, san- dal, shippak, piyma, kalish, sport P.i, tibbiy, harbiy va maxsus ish P.lari kiy- ish rasm bo’ddi. Erkaklar P.i — mardo- na, ayollar P.i zaifona, bolalar P.i — bachkana deb atalgan. Hozir P. tikishga oid deyarli barcha jarayonlar mexanizasi- yalashtirilgan, lekin qo’lda tikish usul- lari ham sakdanib qolgan. P., asosan, satx (yuza) va tag-charmdan iborat. Satx bo’laklari ipli chok b-n biriktirilsa, Tanovar (charm, gazlama, sun’iy charm zagotovka) hosil bo’ladi. Tagcharmga charm, rezina, plastmassacharm, yog’och ishlatiladi. Tagcharm bo’laklari po- shna, patak, naboyka va b. shaklda qo’dda (tig’b-n) yoki maxsus presslarda kesila- Di. Sun’iy charm bo’laklari P. korxona- siga tayyor holda keltiriladi. P. tikish texnologiyasi: materialni bichish, bo’laklarni biriktirishga tay- yorlash.tanovorni tikish va biriktirish, unga shakl berish, tagcharmni satxga bi- riktirish va tayyor P.ni par-dozlash. Tanovorni qolipga tortish va patak biriktirish (mixlab, elimlab va ipli chok b-n) ishlari maxsus mashinalarda bajariladi. Tagcharmni tanovorga bi- riktirishning mexanik, rantli, san- dal, yarim sandal, elimlash va b. usul- lari bor. P. mustahkamligi va tashki ko’rinishi ko’p jihatdan biriktirish sifatiga bog’liq. Tanovorga tagcharm biriktirilgandan so’ng mahkamlash ma- shinasida poshna qoqiladi. P.ga za-rur shakl berish uchun ishlatiladigan mos- Lama (press) qolip deb ataladi. Qolip, asosan, old va orqa qismlardan iborat. Tanovorni qolipga tortish paytida bu qismlarni bir-biriga yaqinlashtirib va bir-biridan uzoqlashtirib, zarur o’lchamga keltirish mumkish. Qolip yog’och, metall yoki plastmassadan yasaladi. Tayyor P.ni pardozlash ishlari xam, asosan, maxsus mashinalarda bajarila- Di. Ayrim ishlargina qo’lda qilinadi. Umuman, P. tikishda 120 ga yaqin ma- shina va moslamalar qo’llaniladi. P. o’lchami (nomeri) patakning shtixlar (1 shtix — 2/3 kiem), santimetrlar yoki dyuymlarda o’lchanadigan uzunligi- ni bildiradi. O’zbekistonda, asosan, san-timetrli sistema qo’llaniladi. P. o’lchamlari bo’yicha (santimetrlar- da o’lchanganda) chaqaloqlarga (7 — 14), bog’cha yoshidagilarga (14,5—17,5), bola- larga (18-25), ayollarga (22-28), er- kaklarga (25,5—31,5) mo’ljallangan xil- larga bo’linadi. O’zbekistonda P. tikish hunarmandchilikning muhim turi bo’lib, uni qo’lda tikish hozir ham keng ko’lamda saqdanib qolgan (q. Ko’n-poyabzal sano- ati).