Poykend, Poykand

Poykend, Poykand — qad. Karvon yo’li ustida qad ko’targan shahar xaro- basi (mil. AV. 4-3—mil. 11-a.lar). Bu- xorodan 44 km Jan.-g’arbda, Jondor va Qorako’l tumanlari tutashgan xududda joylashgan. O’rta asr yozma manbalarida shahar Boykand, Xitoy solnomalarida esa Bi nomlari b-n tilga olinadi. Uning nomlari “quyi shahar” ma’nosini angla- tadi. P. tashqi devorlarining nihoyatda mustahkamligidan sha-har ilk o’rta asr- larda “shahristoni ro’in”, ya’ni “jez- dan qurilgan shah-riston” (jez shahar) nomi b-n shuh-rat topgan. P. o’tmishda 4 qism: 1) darvoza- li Ark (mayd. 1 ga); 2) darvozali ichki Shahriston (mayd. 11 ga); 3) darvoza- li tashki Shaxriston (mayd. 6 ga); 4) Sharq, G’arb hamda Jan. tomonlarida qad ko’targan (mayd. 100 ga dan oshiqroq) ul- Kan ra-bodlardan iborat bo’lgan. Arqsa qad. ibo-datxona, podshoh saroyi, 9-10- a.larda qad ko’targan koshinkor mehrobli jome maejidi, ichki va tashki shaxri- stonlarda savdogar va hunarmandlarning turar joy, mahalla-ko’ylari, ichki bozor, US-taxona, nonvoyxona va dorixonalar kabi bino va inshootu korxonalar joy- lashgan. Shaharning rabod qismida esa 50 dan ortiq naus (ostodonlar xilxona- si)lardan iborat otashparastlarning qabristoni (nekropol), tashki bozor va bir necha (Narshaxiyning ko’rsatishicha, mingdan ortiq) rabotlar, ya’ni karvon- saroylar qad ko’targan. Manbalarda qayd etilishicha, islomiyat davrida xam P. na- Uslari ochiqbo’lgan. Otashparastlar o’z marhumlari ustuxonlarini hatto, Buxo- ro sh.dan P. nauslariga eltib dafn etgan- lar. Ayrim ma’lumotlarning guvohlik be- rishicha, P. qad. Buxoro hukmdorlarining qarorgohi bo’lgan. Har bir pod-sho o’zi uchun bu shaharda o’rdugoh barpo etgan. Eftaliylar davlati hukmronligi davri- da (5-a.ning 2yarmi va 6-a. boshlari) u poy- taxtga aylantirilgan. Nar-shaxiyning yozishicha, shahar aholisining aksariyati savdogar bo’lib, ular Xitoy va dengiz bo’yi mamlakatlari b-n savdo qilganlar va juda davlatmand bo’lgan. Shu boisdan Arab geograflari Ibn Hurdodbeh va Ibn al-faqihlar P.ni “Madina at-tujjor”, ya’ni “savdogarlar shaxri” nomi b-n ta’- rif etadilar. P. o’z tarixi jarayonida Buxoro voha-sining nafaqat yirik savdo Mar- kazlaridan biri sifatida, balki tut- gan geografik o’rni jihatidan G’arbiy Sug’dning siyosiy hayotida strategik to- mondan muhim ahamiyatga ega bo’lgan. Vo- haning Jan.-g’arbiy chegarasida harbiy istehkom sifatida bino qilingan P. ilk o’rta asrlarda Buxoro viloyatining atro- Fi yagona mudofaa inshooti — Kan-pir devor b-n o’rab olingunga qadar u Jan.- G’arb, dasht hududlaridan mutta-sil so- dir bo’ladigan ko’chmanchi qabilalarning chopkunlarini qaytarish va tashqi dush- man hujumlarining yo’lini to’sib, ularga dastlabki zarbalarni berishda mustahkam harbiy qaror-goh vazifasi- ni o’tagan. Uning mudofaa inshootlari nihoyatda mustahkam qurilgan bo’lib, za- monasining har qanday qamaliga bardosh bera olgan. P. arki, ichki va tashqi shahristonlarining har biri alohida qalin (3,5— 5 m) va baland devorlar halqasi b-n o’ralgan. Devor bo’ylab har 60 m masofada va tashqi burchaklarda baland (11,5—12,5 m ) 2 qavatli Burjlar o’rna- tilib, darvoza atrofi mudofaa insho- otlari (labirint) b-n mustahkamlangan. Shahar devorlari va burjlari har 1,6 m oralig’i bo’ylab shaxmat uslubida 3 qator nishon tuynuklari (Tirkash) o’rnatilgan. 674 y.da P. Arab xalifaligi lash- kar-boshisi Ubaydulloh ibn ziyod to- mo-nidan fath etiladi. 707 y.da esa P. xalifalikning Xuroson voliysi Kutay-ba ibn Muslim tomonidan qamal qili-nadi. P.liklar qattiqturib ara- blarga qarshilik ko’rsatadilar. Qamal 50 kun davom etadi. Kuch b-n P.ni qo’lga kiri-ta olmagan arablar shahar devori OS-tidan lahim (tunnel) qazib ichkari- ga bostirib kiradilar. P. arablar kuli- ga o’tadi. P.liklar kattagina boj to’lab Qutayba b-n sulh tuzadilar. Biroq sha- harliklarning qo’zg’oloni oqibatida P. qayta egallanib, vayron etiladi. Juda katta mikdorda oltin va kumushdan yasal-gan but va jomlar b-n bir qatorda ko’plab qurolyarog’hamda harbiy an-jomlar o’lja tarzida olinadi. Qutayba askarlari bu qurol-aslahalarning bir qismi b-n qurollanib oladilar. Tabariynyant yozi- shicha, shaharning boyligidan arablar hayratga tushganlar. Xat-to, eritil- gan oltinkumush anjomlar va butlar- ning tosh qolipidan 150 mingmisqol miqdorda yombi ajratib olingan. 9-a.ning oxirgi choragi va 10-a. mo- baynida P. va uning dehqonchilik vo- hasi ravnaq topadi. Ichki va tashqi sav- do munosabatlari kengayib kulollik, shishasozlik, koshinkorlik, misgarlik va binokorlik taraqqiy etadi. Ilm-fan, ayniqsa, fiqhshunoslik rivojlanib, bir guruh P.lik fiqhshunos olimlar etishib chiqadi. Ammo Somoniylar hukmronligi barham topgach, 11-a.da P.ning sug’orish tarmoklari suvsizlikdan qurib qoladi. Oqibatda shahar bo’shab, xarobaga ayla- nadi. 12-a.ning 1-choragida Arslonxon Mu-hammad ibn Sulaymon hukmronligi davrida P. qayta tiklanib va uning atro- Fi qayta obodonlashtiriladi. Sha-har aholisi yana gavjumlashib, kurkam turar joylar, podshoh uchun esa muhta-sham sa- Roy quriladi. P.ning suv ta’minotini yaxshilash maqsadida qo-rako’l daryosidan uz. 1 farsaxli kanal qazib chiqarish uchun harakat qili-nadi. Biroq, kanal qazilib tugatilmay qoladi. P. suvsizlikdan 12-a.ning 2yarmida butunlay qurib yana vayro-naga aylanadi. P. shahri xarobalari arxeologik Ji- hatdan dastlab 1903 y.da R.Pampelli, 1913-14 y.larda L.A.Ziminlar to- monidan o’rganilgan. Buxoro vohasi shaharsozlik madaniyatining yuza- ga kelishi va rivojlanish tarixini o’rganish munosabati b-n o’tgan asrning 80-90 y.larida P. xarobalarida keng ko’lamda mut-tasil arxeologik qazish ishlari amalga oshirildi. Arxeologik tadqiqotlarni tashkil etish maqsadida 1980 y.da O’zbekiston FA Arxeologiya in-ti va Rossiya Davlat Ermitajining maxsus qo’shma arxeologik ekspedisiya- si (A.Muhammadjonov rahbarligida) tashkil etildi. Bu ekspedisiya a’zo- lari (g.L.Semenov, J.Mirzaahmedov, Sh.Odilov va b.) ko’p yillarga reja- lashtirgan arxeologik qazishlarni to hoz. kunga qadar davom ettirmoqdalar . I.tlar va arxeologik qazishlar natija- sida P. yodgorligining umumiy tarixiy topografiyasi o’rganilib, rejalari chiz- malarga tushirildi. Unda qad. ko’targan ilk chegara istehkomi, so’ngra shahar qiyofasini shakllantirgan baland va qalin mustahkam mudofaa devorlar b-n o’ralgan Ark, 4 tomonida bir nechta dar- vozalar (eni 3,5 m) o’rnatilgan va qator burjli devorlar qad ko’targan ichki va tashqi Shahriston hamda saxn bo’ylab ko’plab karvonsaroy va nausli nekropol joylashgan ulkan rabodlarning yuzaga kelishini tarixiy bosqichlari va mada- niy qatlamlarining qalinligi belgi- landi. P.ning qad. qismi — arkning OS-tida madaniy qatlam qariyb 18 m ga borsa, ichki va tashqi shahristonlari ostida esa uning qalinligi 4-4,5 m dan oshmaydi. Arkning quyi qatlamida qavd etilgan topilmalar mil.AV. 4-3-a. lar, ichki shahristonning ostki qatlami topilmalari mil. 3-4-a.lar va tashqi shah-ristonning quyi qatlami va to- pilmalari esa 4-5-a.lar b-n sanaladi. Arxeologik topilmalarning guvohlik berishicha, P.da hayot mil. AV. 4-a.dan to mil. 11-a.gacha, ya’ni 1500 y. davomida kechgani ma’lum bo’ldi. Arkda qad. ibodatxona, jome mas- jid va podshoh saroyi xarobalari, ichki shahristonda dorixona (8-a.), bir qancha ulkan tandirlar o’rnatilgan shahar non- voyxonasi, tashqi shahristonda kulol- lik, shishasozlik kabi hunarmandlarning mahalla-ko’ylari, 4 tomoni supali Mar- kazida sandali bor yotoqxo-na, oshxona, omborxona va tashnobli tahoratxonali mo”jazgina bir qavatli hovli- joylarning xarobalari qazib ochildi. P.ning rabod qismida kulollik, shisha- sozlik va temirchilik US-taxonalari-yu xumdon va qo’ralari hamda 50 dan ortiq nauslarning qol-dikdari b-n bir qatorda P.dan Buxoroga tomon yo’nalgan karvon yo’li (kengligi 20 m)ning 2 yoqasi bo’ylab joylashgan 20 dan ortiq karvon- saroylarning vayronalari qayd etilib, ulardan bir nechtasi qazib ochildi. 8— 10-a.larga mansub bunday mehmonxona va qo’noqxonalar murabaa (75x75m) shak- dda xomg’ishtlardan bino qilingan. Tashqi devorning 4 burchagi doira sha- klida Burjlar b-n mustahkamlangan. Hovlisining markazida tuyalarga or- tilgan yuklar tushiriladigan 1 yoki 2 uzun supa ishlangan. Karvonsaroy qaramaqarshi tomonlarida 2 darvoza (3-5 m) o’rna-tilgan. Mehmonxonaning 4 tomoni bo’ylab 60 dan ortiq supali, sandalli 1 yoki 2 xonali yotoqxonalar, O’chokli yoki tandirli ovqatxona, tashnob- li tahorat yoki g’uslxona va omborxona- lar joylashgan. Saroyning shim.-g’arbiy burchagida otashparastlarning otashkada- li ibo-datxonasi bino qilingan. Xona- larning tomi ravoqsimon shaklda yopi- lib, markaz qismida sopol quvurlardan mo’rkonlar o’rnatilgan. Arxeologik qazishlar jarayonida P. yodgorligidan turli xil topilmalar: sirli va sirsiz sopol ko’za va tovoqlar, shisha idishlar, jez va temir bu-yumlar, qurolyarog’lar, shuningdek, turli sanalar- da zarb etilgan chaqa tan-galar (Xitoy, Sosoniy, Umaviy va AB-bosiylarning fuluslari; Buxoro, Samarqand, Marv, Farg’ona, Axsikat va Isfijob zarb- xonalarida zarb etilgan Somoniy va Qoraxoniylarning tangalari hamda Hirotda zarb etilgan g’az-naviylarning 1 dona oltin dinori) topildi. Topilma- larning kattagina qismi hoz. vaqtda P. yodgorligi yaqinida tashkil etilgan “Ar- xeologiya mu-zeyi” zallarida namoyish etilgan. Ad.: Abu Bakr Muhammad ibn Ja’- Far Narshaxiy, Buxoro tarixi, T., 1966, 1993; Muxammadjonov A. R., Odilov Sh. T., Mirzaxmedov J.K., Semenov G.L., Go- rodishe Paykend. K probleme izucheniya srednevekovogo goroda Sredney Azii, T., 1988; Raskopki v Paykende v 2001 godu, Sankt-Peterburg, 2002. Abdulahad Muhammadjonov.