Poydevor

Poydevor, fundament (lot. fundamentum — asos) — imorat va insho- otning ost qismi yoki mashina (kompres- sor, nasos, stanok)ning asosi. Ularning ogirligi P. orqali tabiiy yoki sun’iy zaminga tushadi. P. turlari kurilish maydonining geologik va gidrogeologik shart-sharoitlariga, kuriladigan imorat yoki inshootning vazifa-siga, tushadigan og’irlikka qarab tanlanadi. Qatlam grun- ti xususiyati, er osti suvlarining sathi, zaminga ta’sir etuvchi yuk (kuch) qiymati hamda xususiyati va b. ga qarab, P.lar sayoz yoki chukur joylashgan bo’ladi. Sayoz P.lar shakl jihatdan lentasimon (devorlar ta- giga uzluk-siz lenta tarzida quriladi), alohida US-tun yoki plita, kvadrat, to’g’ri to’rtburchak, aylanasimon (alohida ustun va tirgaklar tagiga kuriladi) bo’ladi. Tu-zilishi jihatdan yaxlit (inshoot yoki uning alohida qismi tagiga quyiladi) va yig’ma (yostiqsimon bo’laklar) xillar- ga bo’linadi. P. tosh, beton, temir-be- ton, pishiq g’isht va namga chidamli mus- tahkam boshqa materiallardan quriladi. Vaktinchalik qurilgan ba’zi imoratlar- ning P.i yogochdan bo’lishi mumkin. P. er qazilib yoki shibbalab tayyorlangan Kot- Lovan va transheyalarga quriladi. Shib- balashda ko’tarish kranlari, maxsus shib- balagichlardan foydalaniladi. Chuqur P. qoziq oyoq, kesson- lar, quduqlar, chuqur tayanchlar va b. ko’rinishida bo’ladi. Bunday P.dan bo’sh, cho’kuvchan, shishuvchan va b. xususiyatlar- ga ega bo’lgan gruntlarda, er osti suvla- ri sathi yuqori bo’lganda, ko’priklar va chuqur er osti inshootlarini kurishda foydalaniladi. Kurilishda P.ga katta ahamiyat be- riladi, chunki imorat yoki inshootning mustahkamligi, uzoq davrga chidashi, ko’rkamligi ko’p jihatdan P.ga bog’liq. Markaziy Osiyoda ham P.ga katta ahamiyat berilgan. Qad. me’morlarimiz imo- ratga ta’sir etuvchi zilzila kuchini kamaytirish maqsadida P. qurishda te- branishni so’ndiruvchi materiallar- dan foy-dalanishgan (P. tagiga qum, ustiga qamish to’shash, P. g’ishtlarini qovushqoq qorishma b-n terish va b.). Mas, Buxorodagi chuq. 5 m bo’lgan Ars- lonxon, Samarqanddagi chuq. 4 m bo’lgan Tillaqori madrasalari plari shu siraga kiradi. Bu moxdyat hozirgi zamon texno- logiyalaridan foydalanib qurilgan zilzila-bardosh imoratlar P.larida qo’llaniladigan rezina-metall tayanchlar va b. turdagi konstruktsiyalarda o’z aksini topgan. Buxoro, Xiva, Samarqand, Qo’qon, Termiz, Toshkent va b. shaharlardagi qad. me’morlik obidalari, bino va insho-ot- larning ko’p aerlardan beri buzilmay saqlanishiga sabablardan biri ularning P.i mustaxkamligidir. Mashina P.lari tarkibiga ela- stik amortizatorlar (prujina, rezina to’shama) va dempferlar (tebranishni so’ndiruvchilar) kiradi. Ular P.larga tushadigan kuchni zaminga yumshatib o’tkazadi.