Pokiston

Pokiston, Pokiston Islom Re- spublikasi (Islami Jamhyriya Pakistan) — Osiyo Jan.da, Hindiston ya.o.ning shim.-g’arbidagi davlat. Mayd. 803,9 ming km2. Aholisi 147,6 mln. kishi (2002). Poytaxti — Islomobod sh. Ma’muriy jihatdan 4 provintsiya, federal poytaxt hududi va federal xukumat tomonidan boshqariladigan qabilalar hududiga bo’lingan. Davlat tuzumi. P. — Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdo’stlik tarkibiga kiruvchi Islom Respublikasi. Amaldagi Konstitusiyasi 1973 y. qabul qilingan, 1977 y. taqiklangan va 1985 y. 30 dek.da qayta tiklangan. Davlat boshlig’i — Pre- zident (2001 y.dan par-viz musharraf), u 5 y. muddatga sayla-nadi va ketma-ket 2 martadan ortiq saylanishi mumkin emas. Krnun chiqa-ruvchi hokimiyatni 2 palata- li parlament (Senat va Milliy Assam- bleya), ijrochi hokimiyatni prezident va xukumat amalga oshiradi. Bosh vazirni prezident tayinlaydi. Tabiati. P. xududining shim. va shim.- g’arbiy qismini, asosan, tog’lar va qirlar egallagan, Sharqiy va Jan.-Sharqiy qismi esa Hind tekisligi (Hindgang tekisli- gining bir qis-mi)dan iborat. P.ning Jan.-sharqini tar cho’lining g’arbiy yarmi egallagan. Hind daryosi havzasining te- kislik qismida Panjob va Sind tabi- iy, tarixiymadaniy viloyatlari bor. Mamlakat hududining katta qismini Hindukush, Himolay va Eron tog’tizma- lari egallagan (eng baland joyi Tirich- Mir cho’qqisi, 7690 m). Hind vodiysiga yaqinlashgan sayin tog’tizmalari pasay- ib boradi va tog’lararo yirik havzalar — Ko’hat, Bannu, Peshovar vodiysi- ga aylanadi. Hindukush va Himolay tog’larida muzliklar bor. P.ning Sharqiy pasttekislik qismi Hindiston plat- formasining shim.-g’arbiy chekkasida va tog’liq qismi O’rta dengiz burmali min- taqasida joylashgan. Foydali kazilma- lardan neft, gaz, kumir, temir, polime- Tall, surma, barit, oltingugurt, toshtuz, gips, magnezit, xromit, marganes, mis, qo’rg’oshin va b. bor. Iqlimi, asosan, tropik, shim.-g’ar- bida subtropik, quruq kontinental. Yanv. da o’rtacha t-ra Hind tekisligida 12-16° (Arabiston dengizi sohillarida 20° gacha), shim.dagi tog’tepaliklarida sovuq -20° gacha. Iyulning o’rtacha t-rasi Jan. va Jan.-Sharkdagi cho’llarda 35° gacha, sohilda 29° atrofida, g’ar-bdagi tog’va yassitoglarda 20-25°, 5000 m balandlik- da 0°. Yillik yog’in sohilda 150-200 mm, Sindda 100— 200 mm (tar cho’lining ba’- zi joylarida 50 mm gacha), shim.-G’arbdagi vo-diy va yassi tog’larda 250-400 mm, shim.dagi tog’larda 1000-1500 mm. Mamlakat hududining katta qismi Hind daryosi havzasiga mansub, g’arbiy kis- midagi daryolar Arabiston dengiziga yoki berk havzaga (Balujistonda) oqadi. Eng katta daryosi Hind va uning irmoqlari. Daryolari yomg’ir, qor va muzliklardan suv oladi, ezda sersuv, Su-g’orishda foy- dalaniladi. Tuproqlari — mamlakat tekislik qismida bo’z, bo’z-jigarrang, tar cho’lida qumli, tog etaklarida jigarrang va qo’ng’ir tuproq. O’simliklari, asosan, chala cho’l va cho’lga xos. Hind daryosi bo’ylari to’qayzor, deltasi va dengiz soxili mangra chakalakzorlaridan ibo-rat. Tar cho’lida kserofil buta- lar va da-g’al o’tlar o’sadi. Balujiston tog’larida archazorlar bor. P. shim.da — 1500-3000 m balandliklarda keng barg- li va igna bargli daraxtlar. O’rmonlar mamlakat hududining 3% ni tashkil eta- Di. Hayvonot dunyosi xilma-xil: tog’larda qoplon, yovvoyi qo’y va echki, gizol, te- kisliklarda sirtlon, chiyabo’ri, to’ng’iz va eshak, xar xil kemiruvchilar uchraydi. Parranda ko’p. Hind daryosida timsoxlar yashaydi. Arabiston dengizi baliqqa boy. Kirtxar va La’l Suxantra milliy bogla- ri, qo’riqxonalar bor. Aholisi, asosan, panjobilar; Push- tunlar, sindhiylar, Baluch (baluj) lar ham yashaydi. P.ning shim. qismida tog’li xalklar — kxo’va ko’histoniylar istiqomat qiladi. Rasmiy til — urdu va ingliz tillari. Aholisining 98% is- lom diniga, qolganlari zardushtiylik, hinduiylik dinlariga e’tiqod qiladi. Aholining 57% 12 ta yirik shaharda yashaydi. Yirik shaharlari — Karochi, Lohur, Faysalobod, Haydarobod, Raval- pindi, Peshovar, Mo’lton. Tarixi. P. hududida odam paleolit davri oxiridan boshlab yashab keladi. Mil. AV. 3-ming yillikning boshida Hind daryosi va irmoqiari vodiysida jaxrnning eng qad. tsivilizasiyalari- dan biri — Xarappa madaniyatita man- sub dastlabki davlatlar paydo bo’ldi. Mil. AV. 6-a. oxirida bu erlar qad. Eron- ning Axoma-niylar saltanati tarki- biga qo’shib olindi. Mil. AV. 327-326 y.larda make-doniyalik Aleksandr zabt etdi. Uning vafotidan so’ng bu erlar Mauriyalar imperiyasigi qo’shilib ketdi. Mil. AV. 2-a.ning boshida P. hududida Hind-yunon podsholigi deb ataladigan davlat vujudga keddi. Mil. 1-3-a.larda Hind daryosi xavzasi Kushon podsholigi- ga qo’shib olindi. Purushapura sh. (hoz. Peshovar) uning poytaxti bo’ddi. Kushon podsholigi parchalangandan so’ng, hoz. P.ning g’arbiy qismlari sosoniylar, Sharqiy qismlari Guptalar saltanatiga qo’shilib ketdi. 5-a.ning 2yarmida bu erda eftaliylar hokimiyati o’rnatilib (6-a. o’rtalariga kadar), Sakala sh. (hoz. Siyal- Kot) mamlakat poytaxti bo’lgan. 664 y.da arablar Hind daryosi vo- diysiga bostirib kirdilar. 711— 13 y.larda Muhammad ibn Qosim qo’mondonligidagi qo’shinlar Sind va Panjobning Jan. qismini egalladi. Shu tariqa P. hududida Islom dini tarqala boshladi. 750 y. Umaviylar xalifali- gi ag’daril-gach, Sind mustaqil davlatga aylandi. 11-a. boshlariga kelib, hind daryosi havzasini G’aznaviylar, 12-a.da G’uriylar, 13-a. boshlarida Dehli sul- tonligi egalladi. Beto’xtov urushlar, isyonlar va chet el bosqinlariga qaramay, Hind daryosi havzasidagi Lohur, Mo’lton, Peshovar, Tatta kabi yirik shaharlar muhim iqtisodiy va madaniy markazga aylanib, bir qator mamlakatlar b-n sav- do munosabatlarini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega bo’lgan. Ularning bu mavqei Boburiylar davla-ti davrida ham saqlangan. 1707 y. da shoh Avrangzeb va- fotidan so’ng Hind daryosi havzasi Eron, afg’on va mahalliy zamindorlarning ku- rash maydoniga aylandi. 18-a. o’rtalarida hoz. P. xudu-Di — afg’on shohi Ahmadshoh Durrojy tasarrufiga o’tdi. 18-a.ning 60-y.larida Panjobda bir nechta Sulton- liklar Vu-judga keldi, maharoja Ranjit Singx (1799-1839 y.larda hukmronlik qilgan) ularni yagona davlatga birlash- tirdi. Boburiylar saltanatining inqirozga yuz tutishi, ichki urushlar, Eron va afg’on hukmdorlarining bostirib ki- rishlari ingliz mustamlakachilarining bosqinchilik rejalari amalga oshishi- ga yordam berdi. Ular 1843 y. Sindni, 1845-49 y.larda Panjobni, 1854, 1876, 1879, 1893 y.da Balujiston va Sharqiy Pushtun qabila hamda sultonliklarini bosib oldi. P. xalqlarining milliy ozodlik harakati 20-a. boshlarida ayniqsa kuchay- Di (1896-1908 y.larda Sinddagi hurler qo’zg’oloni, 1919-21 y.larda che-garadagi pushtun qabilalari qo’zg’olo-ni, 1930 y.dagi Peshovar qo’zg’oloni va b.). 1947 y. 14 avg.da P. mustaqil deb e’lon qilindi. P.ning birinchi general gu-bernatori qilib musulmonlar ligasining rahbari va P. ozodligi harakatining yo’lboshchisi Muhammad Ali Jin-na (1876-1948) saylandi. Mustamlakachilik asoratidan qutulib, davlat mustaqilligini saqlash, mamlakat iktisodiyotini rivojlanti- rish va shu maqsadda islohotlar o’tkazish P. siyosiy hayotining muhim masalasi bo’lib turar edi. Hukmron Musulmonlar ligasi partiyasining rahbariyati G’arbiy P. za-mindorlari va sarmoyadorlarining ma-vqeini mustahkamlashga intildi. Bu- ning ustiga P. rivojlanishining asosiy muammolari hal etilmasligi sa-babli aholining ko’p qismi bu partiyadan yuz o’gira boshladi. Mazkur partiya ichida fraktsiyachilik kurashi kuchaydi va dast- labki muxolifotchi partiyalar vujudga keldi. Iqtisodiy qiyinchiliklarning tobora chigallashib borishi vatanparvar zobitlar ora-sida norozilikni keltirib chiqardi. Hukmron doiralar o’rtasida kurash keskin Tue ola boshladi. 1951 y. 16 okt.da P. Bosh vaziri Liyoqat Alixon (1895-1951) o’ldirildi. O’sib borayotgan siyosiy beqarorlik sharoitida P. harbiy bloklar — 1954 y. 8 sent.da SEATO, 1955 y. 23 sent.da Bag’dod pakti (1959 y. avg.dan — SENTO)ga a’zo bo’ldi. Hokimiyatni qo’lda saqlab qolish maqsadida Musul- monlar ligasi rahbarlari bir oz yon be- rishga majbur bo’ldilar. Jumladan, 1954 y. Bengal tili urdu tili b-n bir qatorda davlat tili deb tan olindi. 1955 y. Mu- sulmonlar ligasi va Birlashgan front vakillaridan iborat koalision hukumat tuzildi. 1956 y. 29 Fev.da ta’sis Majli- si P.ning yangi Konstitusiyasini qabul qildi. Unga ko’ra, P. Federativ Islom Respublikasi deb atala boshladi. 1958 y. 7-8 okt.da harbiy to’ntarish o’tka- zildi, Konstitusiya bekor qilindi, bar- cha siyosiy partiyalar taqiqlab qo’yildi. 27 okt.dan qurolli kuchlar oliy bosh qo’mondoni general M.Ayyubxon Prezi- dentlik vazifasini o’z zimmasiga oldi. 1962 y. hukumat ishlab chiqqan yangi kon- stitusiya e’lon qilindi. Unga ko’ra, P.da boshqaruvning prezidentlik shakli jo- riy etildi. 1962 va 1965 y.da M.Ayyubxon mamlakat Pre- zidenta etib saylandi. 1965 y. sent.da P. b-n Hindiston o’rtasida Kashmir masala- sida qurolli to’qnashuv bo’lib o’tdi. 1966 y. 4-10 yanv.da Toshkentda P. Pre-zidenti b-n Hindiston Bosh vaziri uchrashdi. Toshkent deklarasiyasi (1966) nomli tarixiy hujjatning har ikki mamlakat tomonidan imzolanishi na- tijasida nizolarni tinch yo’l b-n hal etishga yo’l ochildi. 1968 y. oxiri — 1969 y. boshida P.dagi vaziyat keskinlashdi. Mamlakatdagi muxolifatchilik harakati kuchaydi. 1969 y. 25 martda M. Ayyub- xon prezidentlik lavozimidan voz kech- Di va hokimiyatni P. armiyasining bosh qo’mondoni general A.M. Yahyoxonga top- shirdi. Yana harbiy xrlat e’lon qilindi, qonun chiqaruvchi Majlis, Markaziy va provintsiya hukumatlari tarqatib yubo- rildi, Konstitusiya bekor qilindi. 1970 y. dek.da P. tari-xida birinchi marta umumiy saylov o’tkazilib, Sharqiy P.da Mujibur Rahmon boshchiligidagi Avomi lig partiyasi va G’arbiy P.da Z.A.Bxutto boshchiligidagi P. xalq partiyasi golib chiqdi. Avomi lig partiyasi Sharqiy P.ga regional muxtoriyat berilishini talab qildi. P. rahbarlari buni rad etishdi. Natijada mamlakatda siyosiy tanglik ro’y berdi. P. rahbarlarining bedodliklari- ga javoban 1971 y. 26 martda Sharqiy Po- kiston P.dan ajralib chiqib, Bangladesh Xalq Respublikasi deb e’lon kilindi. Sharqiy P.dan Hin-distonga ko’plab qochoqlarning o’tib ketishi Hindiston b-n P. o’rtasida urush kelib chiqishiga sabab bo’ddi. 1971 y. 16 dek.da Dakkada P. askarlari taslim bo’ldi. 20 dek.da A.M.Yahyoxon iste’foga ketishga majbur bo’ldi va hoki-miyatni P. xalq partiya- sining raxbari Z.A.Bxuttoga topshirdi. 1974 y. martda P. Bangladesh Xalq Respu- blikasini tan oldi, SEATOdan chikdi, bularning xammasi Hindiston ya.o.dagi vaziyatning mo”tadillashuviga olib kel- Di. P. ichki hayotida ham muhim o’zgarishlar yuz berdi. 1972 y. 24 apr.da harbiy holat bekor qilindi, 1973 y. 14 martdan yangi Konstitusiya kuchga kirdi. Siyosiy partiyalar faoliyati tiklandi. 1977 y. navbatdagi parlament saylovi o’tkazilib, P. xalq partiyasi parle-ment- dagi deyarli 80% o’rinni oldi. Z.A.Bxutto boshchiligida hukumat tuzildi. Lekin 9 ta muxolifatchi partiyadan tuzilgan P. milliy alyansi saylov natijalarini tan olmadi. Qayta saylov o’tkazishni, hukumatning iste’foga chiqishini ta- lab qildi, mamlakatda tartibsizli- klar boshlandi. Siyosiy beqarorlik va iqtisodiy qiyinchiliklar ortib bora- yotgan sharoitda butun hokimiyatni armiya shtabi boshlig’i general M.Ziyoulhaq o’z qo’liga oldi. 1984 y. 19 dek.da referendum o’tkazilib, unda hukumat olib borayot- gan islomlashtirish siyosatini qo’llab- quvvatlash masalasi qo’yildi. Natija ijo-biy bo’ldi va Ziyoulhak keyingi 5 yilga mamlakat prezidenti deb e’lon qilindi. 1988 y. 29 mayda Ziyoulhaq qonun chiqaruvchi organlarni tarqa-tib yubordi, Markaziy va provintsiya hukumatlarini iste’foga chiqardi, ularni poraxo’rlik va jinoyatda aybladi. M.Ziyoulhaq yangi hukumatga shaxsan o’zi boshchilik qildi. 1988 y. 17 avg.da prezident aviasiya FA- lokatida halok bo’ldi. Konstitusiyaga muvofiq, Senat raisi G’ulom Ishoqxon prezident lavozimini egalladi. 1988 y. 16 noyab.da Milliy majlisga o’tkazilgan saylovda P. Xalq partiyasi golib keldi va uning rahbari benazir Bxutto xo- nim boshchiligidagi hukumat tuzildi. Yangi hukumat favqulodda holatni bekor qildi, kasaba va talaba uyushmalari fao- liyatiga ruxsat berdi, Ziyo-ulhaqdavrida qamalgan siyosiy mahbuslarni ozod qildi. 1990 y. 24 okt.da Milliy Assam- bleyaga o’tkazilgan navbatdan tashqari saylovda Islom demok-ratik alyan- si golib chikdi. Uning rah-bari Miyon Muhammad Navoz Sharif bosh vazir bo’ldi. 1993 y. 6 okt.da o’tka-zilgan na- vbatdan tashqari parlament saylovida P. xalq partiyasi ko’pchilik ovoz oldi. B.Bxutto xonim rahbarligidagi koalisi- on hukumat tuzildi. FA-Ruk. Ahmadxon Lag’ariy P. Prezidenta etib saylandi. 1997 y. 3 Fev.da bo’lib o’tgan navbatdan tashqari parlament saylovi natijasida yana M.M.Navoz Sharif bosh vazir bo’ldi. Hukumat mamlakat iqtisodiyotini yax- shilash tadbirlarini amalga oshirdi. Xalqaro iqtisodiy hamkorlik manfaati uchun dam olish kuni jumadan yakshanbaga o’tka-zildi. Hukumat isrofgarchilikka qarshi, mablag’larni tejash uchun kurash- Di, yuqori amaldorlarning imtiyozlari- ni chekladi. 1997 y. 2 dek.da prezident F.A.Lag’ariy o’z ixtiyori b-n lavozimidan voz kechdi. Konstitusiyaga ko’ra, davlat rahbari vazifasini vaqtincha Senat Rai- si Vasim Sajjod bajara boshladi. 1997 y. 31 dek.da mamlakat prezidenti etib Muhammad Rafik tarar saylandi. 1999 y. 12 okt.da davlat to’ntarishi bo’lib, bu- tun hoki-miyat general Parviz Mushar- raf boshliq harbiylar qo’liga o’tdi. P. Musharraf N. Sharifni qamoqqa oldi va 2001 y. 20 iyunda prezident M.R.Tararni lavozimidan chetlatdi, o’zini mamlakat prezidenti deb e’lon qildi. P. — 1947 y.dan BMT a’zosi. O’zR suvereni-teti- ni 1991 y. 20 dek.da tan olgan va 1992 y. 10 mayda diplomatiya munosa-batlari o’rnatgan. Milliy bayrami — 14 avg. — Mustakillik kuni (1947). Siyosiy partiyalari va kasaba uyushma- lari. P. Xalq partiyasi, 1967 y. asos so- lingan; P. Milliy Xalq partiyasi, 1986 y. tuzilgan; P. musulmonlar ligasi, 1906 y. tashkil etilgan; P. demok-ratik par- tiyasi, 1969 y. asos solingan; jamoati Islomiy, o’ta o’ng diniy jamoa partiyasi, 1941 y.da tuzilgan. Umumpokiston kasa- ba uyushmalari Fe-derasiyasi, 1947 y.da tuzilgan; qavmiy mazdur Mahaz (“mil- liy ishchi fron-ti”), 1961 y.datuzilgan; P. mehnatxalq byurosi, 80-y.larning o’rtalarida P. xalq partiyasining ishchi- lar harakatidagi qanoti sifatidatuzil- gan; P. milliy ishchi federasiyasi, 1968 y.da tu-zilgan; P. milliy kasaba uyush- malari federasiyasi, 1962 y. 60 ga yaqin Yi-rik f-ka kasaba uyushmalarining bir- lashishidan tashkil topgan. Xo’jaligi. P. — sanoati rivojlana- yotgan agrar mamlakat. 1947-91 y.larda mamlakat iqtisodiyoti tarkibida chu- qur o’zgarishlar sodir bo’ldi — i.ch. zamonaviy shakl va uslublarga o’tdi, yalpi ichki mahsulot 5 baravar oshdi. Iqtisodiyotdagi bu natijalarga asosan davlatning iqtisodiy siyosati — xusu- siy ishbilarmonlikni boshqarish va rag’- batlantirish xamda davlat sektorining faoliyati tufayli erishildi. Yalpi ichki mahsulotda q.x.ning ulushi — 22,3%, sa- noatning ulushi — 16%. Qishloq xo’jaligi da iqtisodiy faol axrlining 60% band. Dehqonchilik — q.x.ning asosiy tarmog’i. Mamla- kat hududining 1/4 qismi q.x. uchun yarokli, shundan 3/4 qismi sug’oriladi, ayrim joylarda yiliga 2-3 marta hosil olinadi. 50-70-y.lardagi agrar islohotlarga qaramay, an’anaviy agrar munosabatlar — zamindor er egaligi va erdan foydalanishning mayda dehqon (ko-randa) shakli saqlanib qolgan. Hind da-ryosi havzasida dunyoda eng katta sugo- rish sistemalaridan biri bunyod etil- gan. Dehqrnchilikdagi asosiy ekinlar: bug’-doy, sholi, arpa, makkajo’xori, tex- Nika ekinlaridan moyli ekinlar, paxta, shakarkamish va b. Bog’dorchilikda man- go, banan, olma, tsitrus mevalar, o’rik, uzum, anor, anjir, pista etishtiriladi. Shuningdek, kartoshka, piyoz, sarimsoq, qalampir, pomidor, karam, qovoq, tarvuz va b. ekiladi. Chorvachilik yalpi ichki maxsulotning 8,3%ni ta’minlaydi. P.da qoramol ko’proq. Buyvol, echki, qo’y, tuya, ot ham boqiladi. So’nggi yillarda shaharlar atrofida go’sht va sut chorvachiligi, par- randachilik rivojlandi. Baliqovlashdan keladigan foyda eksport tushumining taxm. 3%ni tashkil etadi. Sanoati. P.ga mustamlakachilik davridan bir necha kichik to’qimachilik f-kasi, qand z-Di, t.y. va mexanika usta- xonasi meros bo’lib qolgan. 50-y.lar- da sanoatlashtirish siyosatining aso- siy mazmuni engil sanoatni, avvalo to’qimachilik sanoatini rivojlanti- rishdan iborat bo’ldi. 1952 y.da sanoat- ni rivojlantirish davlat korporasiyasi faoliyat boshladi. 1955 y.da suyi (ba – lujiston)da Yi-rik tabiiy gaz konini o’zlashtirishga kirishildi. Kon sanoati jadal sur’atlar b-n, ba’zi yillarda 20% gacha o’sdi. Mamlakat Jan. (Sind provin- tsiyasi)da neft konlarining ochilishi va ishga tushirilishi natijasida neft qazish hajmi 4 baravar oshdi. Hoz. neft i.ch. (yiliga taxm. 2,5 mln. tonna) mamla- kat extiyojining 25-30% ni qoplaydi. 50-80-y.larda z-D va f-kalarning umu- miy soni 1,4 mingdan 5 mingga, ularda ishlovchilar soni esa — 200 mingdan 500 mingga etdi. Qayta ishlash sanoati, ayniqsa, tez rivojlandi. Sanoat markaz- lari hisoblangan Karochi va Lohur yoniga Faysalobod, Haydarobod, Mo’lton, Ra- valpindi sh.lari qo’shildi. Vah, Taksila, Daudxeyl, Naushexra kabi yangi sanoat markazlari vujudga keldi. Sanoatning asosini metallugiya va mashinasozlik tashkil etadi. Kime sanoati taxm. 300 korxonadan iborat. Klmyo-farmasevtika sanoati (100 dan ortiq korxona) alohida sohaga aylandi. Qurilish materialla- ri i.ch. sohasi tez sur’atlar b-n rivoj- landi. Oziq-ovqat sanoati yirik soha hisoblanadi. Tib-biyot asbob-uskunala- ri, sport anjomlari sanoati rivojlan- gan. Poligrafiya sanoati, asosan, o’rta va kichik bosmaxonalardan iborat. Charm- poyabzal sanoati korxonalari barpo etilgan. Kosibchilik va hunarmandchilik (mato, charm, metall, yog’och, Aqikdan bu- yumlar tayyorlash) rivojlangan. Gidro- stya, is-siklik va atom elektr styalarida yiliga o’rtacha 30 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Transportida avtomobil transporta asosiy o’rinni egallaydi. Mamlakat ich- karisida tashiladigan yukning 3/4 qismi avtomobil transportida, 1/4 kis-mi t.y.da va 0,1% — xavo transportida ta- shiladi. T.y. uzunligi — 9 ming km, AV- tomobil yo’llari — 140 ming km. Tash- ki savdo yuklari, asosan, dengiz va havo transportida, qisman avtomobil trans- portida tashiladi. Dengiz savdo floti- ning tonnaji 514 ming t dedveyt. Dengiz portlari: Karochi va Kosim. Aeroportla- ri Karochi, Ravalpindi, Lohur sh.larida. Tashqi savdosi. P. chetga guruch, paxta, ip, ip gazlama, gilam, charm, baliq va b. sotadi. O’simlik yog’i, choy, neft, kimyo mahsulotlari, o’g’it, umumiy mashinasoz- lik tovarlari, elektr anjomlari, po’lat, cho’yan, choy, qurolyarog’va h.k. sotib oladi. Asosan, Sau-diya Arabistoni, Buyuk bri- Taniya, Yaponiya, Germaniya, AQSh b-n savdo qiladi. Pul birligi — P. rupiyasi. Sog’liqni saqlash. Mustaqillik yil- larida P. sog’liqni saklash sohasida ma’lum yutuqlarga erishdi: tibbiyot mu- assasalari va xodimlari ko’paydi. Kad- rlar tayyorlash va i.t.lar olib borish ti- zimi tashkil topdi. 40-y.larning oxiri- da 1,4 ming vrach bo’lib, hamshiralar yo’q edi. 90-y.larning boshida vrachlar soni 55 mingga yaqin, o’rta malakali tibbiyot xodimlari 40 ming, hamshiralar 20 ming- ga etdi. Vrachlar va o’rta malakali tibbi- yot xodimlari tibbiyot un-tida, 6 kollej va 9 tibbiyot muassasasida tayyorlanadi. Sanitariya me’yorlariga Moe keladigan ichimlik suvning yo’kligi jiddiy mu- ammo. Kanalizasiyadan 6-7% aholi foy- dalanadi. Maorifi, madaniyma’rifiy va il- miy muassasalari. P.da umumiy ta’- lim haqida qonun qabul qilinmagan. P. umumta’lim maktablari tuzi- lishi quyidagicha: boshlang’ich MAK- Tab (1-5-sinflar); to’liqsiz o’rta (6-8-sinflar); o’rta (9— 10-sinflar); oliy (yuqori) maktab (11 —12-sinflar). Oliy (yukrri) o’rta maktabni, shuning- dek, oraliq kollejni tugatganlar oliy o’quv yurtlariga kirish xuquqiga ega. 90-y.lar o’rtalarida 168 ming maktab, 690 kollej, 23 un-t bo’lgan. Barcha turda- gi maktablarda 16,9 mln., kollej larda 610 ming, un-tlarda 76 ming kishi o’qidi. O’qituvchilar soni: barcha turdagi MAK- tablarda — salkam 550 ming, kollej- larda — 56 ming, un-tlarda — 6 ming. Maktab o’qituvchilari maxsus maktablar, in-t va kollejlarda tayyorlanadi. Yi- rik un-tlari: Karochidagi Karochi un-ti (1951), tibbiyot fanlari un-ti (1983), Lohurdagi mu-handislik-texnologiya un- ti (1961), Islomoboddagi qaid-e-A’zam un-ti (1965), xalqaro Islom un-ti (1980), Lohurdagi Panjob un-ti (1882). Fanning rivojlanishini rejalash- tirish b-n fan va texnika qo’mitasi, fan yutuqlarini joriy etish b-n fan va texnika tadqiqotlari kengashi shu- g’ullanadi. Eng yirik ilmiy muassasa- lari: P. fan taraqqiyoti assosiasiya-si, P. fanlar akademiyasi, atom energiyasi komissiyasi, atmosferaning yuqori kat- lamlari va kosmik fazoni tadqiq etish qo’mitasi, Geofizika i.t. in-ti, paxta- chilik i.t. in-ti va b. Bundan tashqari, tibbiyot, iqtisodiyot, xalqaro munosabat, adabiyot va til masalalarini o’rganuvchi ixtisoslashgan ilmiy in-t va jamiyatlar mavjud. Yirik kutubxonalari: qaid-e – A’- zam un-ti kutubxonasi, Karochi un-ti ku- tubxonasi, Panjob un-ti kutubxonasi, Hamdard fondi kutubxonasi, Markaziy kotibiyat kutubxonasi, P. milliy kutub- xonasi (Islomobod). Yirik muzeylari: Karochidagi P. milliy muzeyi, Lohur muzeyi, Peshovar muzeyi, Lohur qal’asi muzeyi, Milliy muzey (Islomobod) va b. Matbuoti, radioeshittirishi va te-leko’rsatuvi. P. hududida chiqqan dastlabki gaz. “Ko’xi nur” gaz. (1850, Lo-hur)dir. 1990-y.lar o’rtalarida 2,5 mingga yaqin gaz. va jur. chiqqan. Yirik gaz.lari — urdu tilida: “jang” (1937 y.dan), “imro’z” (“bugun”, 1948 y.dan), “Mashriq” (“Sharq”, 1963 y.dan), “Navae vaqt” (“davr ovozi”, 1940 y.dan); ingliz tilida: “Doon” (“tong”, 1942 y.dan), “Pakistan Tayms” (“Pokiston vaqti”, 1947 y.dan), “Muslim” (“musulmon”, 1979 y.dan), “Star” (“Yulduz”, 1951 y.dan) va b. Assoshieyted Press of Pa- kistan, xukumat axborot agentligi (1947 y.dan), Pokiston Press Interneshnl, xukumat ta’minotidagi xususiy axborot agentligi (1956 y.dan), Yunayted Press of Pakistan, xususiy axborot agent- ligi (1949 y.dan) faoliyat ko’rsatadi. 1947 y. Lohur va Peshovarda radiostya bo’lgan. 90-y.lar o’rtalarida 22 radiostya va o’tkazgich ishladi. Radiostyalar mam- lakatning asosiy tillarida kuniga 302 soat eshittirish beradi. Xalqaro xizmat Osiyo, Afrika va Evropaning 71 tilida ishlaydi. Ularni P. radioeshit-tirish korporasiyasi (hukumat Mahkamasi, 1947 y.dan) nazorat qiladi. Te-leko’rsatuv 1964 y.dan boshlangan, 5 telemarkaz ish- laydi. Ularning ishiga P. televidenie korporasiyasi (1967 y.dan) rahbarlik qiladi. Adabiyoti. P. adabiyoti urdu, panjo- biy, sindhiy, pushtun, Baluch, bra-guyi, shuningdek, Arab, fors, guja-ratiy, ingliz va b. tillarda yaratilgan yozma badiiy merosdan iborat. Ming yil- lar mobaynida Hindiston xalqlari yaratgan folklor va yozma adabiyot P. va Hindistonning umumiy boyligidir. P. tashkil topgan davrda P. xalklari adabi- yotining rivojlanishi turlicha bo’lgan, urdu, sindhiy va Panjob adabiyoti ri- vojlangan edi. P.ning Hindistondan ajratilishi dastlab adabiyot rivojiga ma’lum darajada sal-biy ta’sir qildi — nashriyotlar, ada-biy jur.lar yopildi, yozuvchilar tashkilotlari tarqab ketdi. 1949 y. da P. taraqqiyparvar yozuvchilari assosi-asiyasi tashkil etildi, lekin tez orada taqiqlandi. 1959 y.da P. yozuvchila- ri gildiyasi tuzildi. Hamma tillarda she’riyat ustun, urdu va sindhiy ada-bi- yotlarida Nasr birmuncha rivojlangan. Professional teatrning yo’kligi tufay- li dramaturgiya uncha rivojlanmagan. “P. badiiy akademiyasi” (Islomobod), “urdu akademiyasi” (Karochi), “Ikbol Akademi- yasi” (Lohur) va b. badiiy i.t. muassa- salari mumtoz ada-biyotni chop etish, P. xalklari tillariga tarjima qilish kabi ishlarni olib boradi. Urdu adabiyotining atokli vakilla- ri — Fayz Ahmad Fayz (1911-84), jo’sh Malihobodiy (1896-1982), Ahmad Na- dim Qosimiy (1916), forig’Buxoriy (1918-97), Ahmad Faroz (1926) va b. Realist adiblar S.H.Manto’ (1912-55), G’ulom Abbos (1909-88), Mirzo Adib (1914). Mumtoz Mufti (1905-95) hikoya janrining rivojlanishiga salmoqli hissa qo’shdi. So’nggi o’n yillarda shoi- ralar kishvar Nahid (1940), ado Ja’fa- riy (1924), Fahmida Riyoz (1946), Zuxra Nigoh, shoirlardan Habib jolib, if- tixor Orif va b. salmoqli asarlar yarat- dilar. Inti-zor Husayn, Anvar Sajjod (1935), Jamila Hoshimiy va b. adiblar oldingi safga chiqdilar. Romannavis- lardan Aziz Ahmad, Xadija Mastur, Shavkat Siddiqiy, Intizor Husaynlarning nomi mashhur. Urdu tilida “afkor”, “Sip”, “Funun”, “avroq”, “Tulu-e- afkor” adabiy jur.lari chop etiladi. Sindhiy adabiyotining vakillari — shoirlar Bevas, Ayoz Shayx, Murod Ali Kozim, Haydar baxsh Jato’y, sindhiy na- srining asoschisi Mirza Kalich beg va b. 20-a. 2yarmida mashhur adiblar safi- ga Jamiluddin Abru, Tanvir AB-bosiy, Qurbon Ali Bugtiy, Ammar Jalil, Ra- sul baxsh Palejo’, Rashid Bhattiy kelib qo’shildi. Sindhiy ada-biyotshunosligi rivojlangan. 1955 y.dan “Mexran” ada- biy jur. nashr etiladi. Pushtu (pashtu) adabiyotida hikoyana- vislar Master Abdulkarim, Vali Mu- hammad to’fon, Qalandar Mo’mand, Mir Maxdishoh Maxdi, Samandar Xon Ba- darshaviylarning asarlarida romantika alomatlari bor. Amir Hamza Shinvoriy, Samandar Xon Badarshaviy (“Shoirlar shohi” unvoniga sazovor bo’lgan), Fazl Xon Shaydo, Rasul Raso, Abdulxoliq Xoliq va b. shoirlar mashhur. “Pushtu”, “Nangialay”, “Rahbar”, “Al-Falloh” kabi adabiy jur.lar chop etiladi. Panjob she’riyatini yangilashda Sharif Kunjahiy, Ahmad Rohiy, Boqi Siddiqiy, Orif Abdul Matin, Salim Kashar, Salimur-Rahmon Kiyaniy va b.ning xizmati katta. So’nggi o’n yilli- Klarda mushtoq Safiy, Anis na-qiy, Sulton Mahmud Oshufta, Safdar Mir, Rashid Anvar, Tanvir Buxoriy kabi sho- irlar etishib chikdi. Axmad Salim, Za- Far Lashariy, Xanif Chou-dhuriy, faxr Zamon, Mustansar ta-rar, ehson Betal- viylarning nasriy asarlari mashhur. Panjob tilida “Panj Darya”, “Panjabi zaban” adabiy jur.lari nashr etiladi. Balo’ch adabiyoti 20-a.ning 60-70-y. laridan shakllandi. Tanikli shoirlari — Ozod Jamoldiniy, Zaxur Muhammad Sayd Hoshimiy, Gul Xon Nosir. Zamo- naviy she’riyat vakillari — Muxammad Ishoq Shamim, Qozi Abdulrahim, AB- dulhakim Haqgo’, Murod sahar, Malik Muhammad Taqiy va b. Tanikli adiblari — M.X.Unka, Malik Muhammad Panoh, Surat Xon Marriy, Zafar Ali Zafar, Muhammad Beg Balo’ch, Muxammad Sodiq Ozod va b. Balo’ch tilida “uman”, “na- ukin Daur”, “ulus” va b. adabiy jur.lar chop etiladi. Me’morligi va tasviriy san’ati. P. hududidan mil. AV. 4-3-ming yil- liklarga oid eneolit makonlari (tosh va xom g’ishtdan qurilgan uylar)ning qol-diklari, geometrik naqshlar va hayvonlarning sxematik tasvirlari b-n bezatilgan sopol idishlar, mis va bron- za taqinchoqlar, ayollar va hayvonlarning haykalchalari topilgan. Kushon pod- sholigi davridan qolgan yodgorliklar (stupalar, ibodatxonalar) bu erda madaniyat yuksak darajaga ko’tarilga- nini ko’rsatadi (ibodatxonalar hay- kaltaroshlik asarlari, budda haykallari, devoriy rasmlar b-n bezatilgan). 7-8-a. dan e’tiboran me’morlik Islom dini ta’sirida rivojlana boshladi. Dehli sultonligi davrida Lohur, Mo’lton, Peshovar, Tatta kabi shaharlarda xasha- matli saroylar, maqbara va masjidlar quriddi. Shaharlar mustah-kam qal’a devorlari b-n o’raldi (16— 17-a.larda- gi Lohur qal’asi, 18-a.dagi Haydarobod qal’asi). P.ning o’rta asr me’morli- giga qo’shni Markaziy Osiyo, Eron va Afg’oniston mamlakatlari me’morli- gigining ta’siri katta bo’ldi. Baland peshtoqli ayvonlar masjidlarning tarkibiy qismiga aylandi (Tat-tadagi Shox, Jahon masjidi, 17-a.), Lohur mas- jidlari Dehli va Agradagi masjidlar- ga o’xshab ketadi (Lohurdagi Badshohiy masjid, 1674 y.). Boburiylar davrida maqbaralarning bezaklari boyidi va bora-bora O’rta Osiyo usuliga o’xshab ket- Di (Tattadagi Shurfa Xon maqbarasi, 1638 y.). Boburiylar salta-natining tanazzulga uchrashi (18-a.), Eron, afg’on, Evropa bosqinchilarining hujumlari oqibatida umuman madaniy hayotda, ayniqsa, me’morlik va tasviriy san’at- da tushkunlik ro’y berdi. P. tashkil top- gandan keyin (1947) mamlakatda qurilish ishlari avj oldi, yangi shaharlar, yangi poytaxt — Islomobod (grek me’mori K.A.Doksiadis) bunyod etildi. Zamona- viy me’morlikda “xalqaro uslub” ustu- vor bo’lib, u sodda shakllardan tashkil topadi (Islom-Oboddagi yangi masjid, parlament binosi, me’mor A.Yakobson; “Shahrizo-da” mehmonxonasi, me’mor J.Ponti). P. hududidagi qad. madani- yat markazlarida o’tkazilgan qazilmalar shuni ko’rsatadiki, P.da qadimda ras- somchilik keng rivojlangan. O’rta asr- larda saroylar, masjid va ibodatxona devorlari rasmlar b-n bezatilgan. Ara- blar b-n birga xattotlik san’ati ham ki-rib keldi — masjid, makbaralarni xattotlik yozuvi b-n bezay boshladilar. Tatta va Haydarobod sh. lari o’rta asr- larda qo’lyozma va miniatyura yaratish markaziga aylandi. Boburiylar davri- da, ayniqsa Akbarshoh va Jahongir-shoh davrida “Boburiylar miniatyura makta- bi” tashkil topdi. Mustaqillik davri- da tasviriy san’at rivojlanishi yangi bosqichga o’tdi. Keksa rassomlar minia- tyura an’analarini davom et-tirdilar — A.R.Chug’tay, Alloh Baxsh, S.F.Rahamin ijodida Evropa rassomchiligi va o’rta asr miniatyurasi qo’shilib ketgan; X-M. Sharif — miniatyura, X.Yusuf — xat- totlikda, G’.Ali — grafika sohasida ijod qilmoqda. Z.Og’a, Sadiqayn, Sh.Ali, Guljiy, D.Naqsh, A.Parviz kabi rassom- lar zamonaviy modernizm oqimining va- killaridir. Musiqasi. 1947 y.gacha bevosita hind musiqa san’ati b-n birgalikda (jumla- dan, shim. Hindistonning “hindusto- niy” uslubida) rivojlanib kelgan. Hozirda P. mumtoz musiqasida “raga”, qahramonlik dostonlari, “Naat”, “hamd” va “so’fiyona” (diniy ashula yo’llari), ishqiy mavzudagi “g’azal”, “qavvali” (ishqiy-diniy mavzudagi badihaviy vo-kal-cholg’u janri), panjobliklarda “ma-hiyya” (to’y marosim qo’shiqlari), “tap-Pa” (lirik aytishuvlar) mashhur. Musiqa cholg’ularidan tabla, nog’ora, pakhavaj (urma cholg’ular), torli-chertma sarud, ra-bab, Setar, tampura, svaraman- dal, kamonli sarangi, puflama nay, ban- suri, shexnay kabilar keng tarqalgan. Basta-korlarning kinofilmlar uchun urdu va Panjob tillarida yaratgan kuy va qo’shiqlari ham xalq orasida alohida e’zozga ega. Zamonaviy san’atkorlardan Amanat Ali Xon, Bare G’ulom Ali Xon, Xoji G’ulom Farid sabri (bastakor va xonan-dalar), Ravshan ara Begum, Mehdi Hasan, Nusrat Fateh Ali Xon, Malikaye Ta-rannum Nurjahon, obida Parvin, Farida Xonim, Iqbol Bonu, Neyyara Hyp (mumtoz musika ijrochilari), estrada xonandalaridan Adnan Sami, Hasan ja- hongir, Mehnaz va b. mashhur. Islomo- boddagi “lok Birsa” (Xalq musiqa mero- si) in-ti, Lohurdagi “Al-Hamra” san’at markazi, P. musiqa jamg’armasi va b. mu- assasalar milliy musiqa san’a-tining rivojlanishida katta ahamiyatga egadir. Kinosi. P. kinematografiyasining tarixi mamlakat mustakillikka eri- shishidan avval Hindistonda yaratil- gan musulmoncha ruxdagi filmlardan boshlanadi. P.ning birinchi hujjatli filmi 1948 y.da yaratildi. Birinchi ba- diiy film 1948 y.da ishlab chiqarilgan (“Teriy yad”, rej. D.Sardoriy La’l). “Shunday kun keladi” (1958, rej. A.Qardar), “nido”, “Sima” (1967, rej. Sh.Malik) kabi filmlarda xalq hayoti, orzu-umidlari haqkrniy aks ettirildi. Keyingi yillarda “muhab-BAT yozi” (rej. M.Parviz), “raqqosa” (rej. X.Tariq), “Tuyg’u” (rej. N.Salom) kabi filmlar yaratildi. 90-y.larning o’rtalarida Yi-liga 200 tagacha hujjatli film ishlab chiqarildi. P.ning o’nlab filmlari xalqaro mukofotlar olgan (“Hind da- ryosi”, “Lohur shahri”, “bir akr er” va b.). P.da 10 dan ortiq kinostudiya mav- jud. Yiliga urdu, Pan-jobiy, sindhiy, pushtu, gujaratiy va siraykiy tillarida 90-120 film ishlab chiqariladi. Mam- lakatda 800 dan ortik, kinoteatr bor. Tanikli rej.lar — N.Islom. P.Malik. X.Askariy. Yu. Malik; tanikli aktyor va aktrisalar — Badari Munir, Babra sha- rif, Shabnam, Nadim, M.Qurayshiy. P. turli xalkaro, shu jumladan, tosh- kentda o’tkazilgan xalqaro kinofesti- vallarda qatnashgan. Uzbekistan—P. munosabatlari. O’zR b-n P. o’rtasida 2003 y.gacha savdo- iqtisodiy hamkorlik soxasida 23 ta davlatlararo, hukumatlararo, idorala- raro shartnoma va bitimlar imzolangan. O’zbekiston tashqi iqtisodiy faoli- yat milliy banki b-n P. Milliy ban- ki o’rtasida vakolat hisob raqamlari haqida, suv xo’jaligi, energetika, ir- rigasiya soxdlaridagi hamkorlikka oid hujjatlar shu jumlaga kiradi. 1995 y. mayda P. Bosh vazirining O’zbekistonga rasmiy tashrifi chog’ida Toshkentda P.da ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko’rgazmasi bo’lib o’tdi. Unda P.ning 100 dan ortiq firmasi ishtirok etdi. 2000 y.da ikkala mamlakat o’rtasidagi tovar aylanmasi 8,5 mln. AQSh dollariga etdi. O’zbekiston P.ga teri, pilla chiqindisi, shoyi gazlama, shisha, xrustal, engil sa- noat uchun mashina va asbob-uskunalar, ayrim oziq-ovqat mahsulotlari eksport qiladi. P.dan esa tayyor kiyim, poyab- zal, charm mahsulotlari, tamaki, kakao, shakar oladi. O’zbekistonda bir necha O’zbekiston — P. qo’shma korxonasi ish- lab turibdi. O’zbekiston — P. do’stlik jami- yati (1991 y.dan) ikkala mamlakat o’rtasidagi aloqalarni rivojlanti- rishda salmokli o’rin egallaydi. Ish- bilarmonlar, aellar va shoir-ezuvchi- larning delegasiyalari ayirboshlandi. Madaniyat sohasida hamkorlik davom etmoqda: E.Vohidovning “Oltin devor” asari urdu tiliga tarjima qilinib (tarjimon A.Ibrohimov), Lohurda sahnalashtirildi (1996), N.Aminovning “Bir asr hikoyati” P.da urdu tilida chop qilindi (1996), A.Ibrohimovning “Urducha-O’zbekcha mushtarak so’zlar lug’ati” (1998), T.Xolmirzaevning “Urducha-O’zbekcha lug’ati” (2003) va h.k. ada-biy hamkorlik natijasidir. Ansoriddin Ibrohimov.