Poligrafiya

Poligrafiya (poli… va … gra- fiya) — gaz., jur., kitob, plakat va b. bosma mahsulotlar tayyorlash b-n bogliq texnika sohasi; matn va grafik tasvir- lardan nusxa ko’paytiradigan texnika vositalari majmui; matbaachilikning moddiy-texnika negizi (q. Poligrafiya sanoati). Ilgari kitoblar faqat dasta- ki usulda tayyorlangan. Matnlar qo’lda yozilib, muqovalash ishlari maxsus mos- lamalar b-n bajarilgan. Kitobni P. uso’lida nashr etish bir necha yuz yillar- dan beri ma’lum (q. Kitob, kitob bo- sish). Birinchi to’liq hajmli kitobni 15-a. o’rtalarida I. Guttenberg bosgan. 16-a.da rus matbaachisi I. Fyodorov chop etish texnikasini ancha takomillashtir- Di. 19-a. bosma mashina ixtiro etilishi, litografiya yaratilishi natijasida P.da tub burilish yuz berdi. 20-a. o’rtalaridan fan va texnika taraqqiyoti tufayli P. tez rivojlandi. Xususan, barcha bosma usullar uchun qoliplar tayyorlashning elektron usuliga o’tildi, yuqori tezlik- da ishlaydigan ofset bosma mashinalari qo’llanila boshladi, pardozlash tsexla- rida avtomatik potok liniyalar yaratil- Di, butun i.ch.ni kompleks mexanizasiya- lashtirish va avtomatlashtirish, gazeta sahifalarini fototelegraf texnikasi orqali uzatish va qabul qilish imkoni- yati tug’ildi. P. texnologiyasi, asosan, 3 bosqichga bo’linadi: qolip tayyorlash, matn bosish va muqovalash. Qolip tayyorlash harf terish jarayoni (matn bosma qolipini tayyorlash) va rasmlarning bosma (qolip) larini tayyorlashni o’z ichiga oladi. Matn qolipi bosmaxona shriftidan qo’lda yoki harf terish mashinasida teriladi. Mashina literaparni komplektlaydi va qolip yoki yarimfabrikat (mas, foto- nusxa) tayyorlaydi. Avtomatik harf te- rishning turli usullari keng tarqalgan. Hozir matnlar kompyuterlarda terilib sahifalanmoqda. Qo’lda bajariladigan yuqori bosma usullaridan ksilografiya, linogravyura; chuqur bosma usullaridan ofort, akvatinta; tekis bosma usullari- dan litografiya keng qo’llaniladi. Raem qoliplari fotomexanik usullar (Avto- tipiya, fotosinkografiya, fototipiya va b.) b-n, shuningdek, elektron gravyuralash mashinalari yordamida tayyorlanadi. Ko’p rangli originallarni bosishda maxsus fotografiya (rang ajratish) usullari yoki elektron rang ajratkichlar yordami- da tayyorlangan hamda ma’lum rangni aks ettiradigan bosma qoliplaridan foyda- laniladi. Bosma jarayonining quyidagi xil- lari bor: tasvirni bo’yoq rezervuarida hosil qilish (mas, gektografiya); tas- virni oraliq sirtda (qolipda) hosil qilish; tasvirni bo’yoq qolip ichidan yur- giziladi (mas, rotator) yoki qolip usti- ga surtiladi (mas, yuqori bosma, chuqur bosma usullarida). Bosish tezkor bosma mashinalarida bajariladi. Muqovalash jarayonida bosilgan mah-sulot mashina- lar yordamida sahifamasahifa buklana- Di, tikiladi, qirqila-Di, elimlanadi, bezatiladi va h.k. P. mahsulotlari Bosmaxonalar, f-kalar va kombinatlarda tayyorlanadi. P.ning taraqqiyoti yangi bosma turlari- ni yaratish, bosma qoliplarni tayyorlash- ning takomillashgan usullarini topish, bosish va pardozlash (muqovalash) ja- rayonlarini to’liq avtomatlashtirish va b. tadbirlar b-n bog’liq. O’zbekistonda P. muammolari b-n asosan, Toshkent to’qimachilik va engilsanoat in-tida, US- mon Nosir nomidagi matbaa kollejida shug’ullaniladi.