Poligonometriya

Poligonometriya (Yun. polygonos — ko’pburchakli va …metriya) — Er sir-tidagi nuqtalarning o’zaro vaziyatini aniqlash usullaridan biri. Serdaraxt va ko’p binoli joylarda tri- angulyasiya o’rniga qo’llaniladi. Geode- zik tayanch shoxobchalarini (q. Geodezik punkt) yasashda qo’l keladi. Poligonome- trik tarmoklar va yurishlarning anik- digi hamda navbatiga qarab, P. Trian- gulyasiya talablariga javob beradigan 4 sinfga bo’linadi. Geodezik tayanch sho- xobchalari yordamida topografik s’yom- kalardagi tayanch punktlari tizimi tuzi- ladi va qurilish loyihalari chi-ziladi. P.ning tayanch punktlari shu punktlarni birlashtiruvchi to’g’ri chi-ziklar (po- ligonometrik yurishlar)ni va ular ora- sidagi gorizontal burchaklarni o’lchash yo’li b-n aniqlanadi. Biror joyda 1, 2, 3,… p, p+h nuqtalarini tanlab olib, ular orasidagi masofa S, S2,… Sn lar, burchak r,, R2,…r” lar o’lchanadi. Tan- langan nuqtalar koordi-natalari biror nuqtaning ma’lum Di-rektsion burchagi an asosida hisobla-nadi. Amalda poli- gonometrik yurish ma’lum ri nuqtadan boshlanadi. Ko’pincha, nazorat nuqtasi sifatida koordi-natalari aniqlangan oxirgi poligonometrik nuqta olinadi. Burchaklar, asosan, teodolit yordamida 1″-10″ aniklikda, masofa Sj lar in- var yoki po’lat sim (lenta) b-n o’lchanadi (yoki bazis usulida ham hisoblab to- pish mumkin), uzunlik va burchak o’lchash ishlarini katta hajmda olib borish- ni talab etishi, ish tamomlangunga qadar o’lchash aniqligini nazorat qilib bo’lmasligi P.ning kamchiligi-dir. Le- kin bu usulda bir punktdan faqat ik- kita yo’nalishining ko’rinishi etarli bo’lgani uchun tayanch punktlari zichligini ixtiyoriy ravishda oshirish mumkin. P. usulining bu qulayligi ayniqsa shahar va qishloklarda katta masshtabli s’yom- kalar o’tkazish ishlarida qo’l keladi.